Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


BIRINCHI TRUBKALAR. – “MEN PICHOG'IMNI YO'QOTDIM”



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə19/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

BIRINCHI TRUBKALAR. – “MEN PICHOG'IMNI YO'QOTDIM”.

Tushlik ovqatdan keyin qaroqchilar to'planishih toshbaqa tuxumlarini qidirib suv bo'yiga ketdilar. Bolalar qo'llarini qumga tiqib ko'rdilar, qumning bo’sh yeri uchrasa darhol tizzalari bilan cho'kkalab o'tirib, o'sha yerni qo'llari bilan chuqulay boshlardilar. Shunday chuqurchalarning ba'zdaridan ellik-oltmishtalab tuxum topib olardilar. Toshbaqa tuxumi yum-yumaloq, oppoq, yong'oqdan sal kichikroq bo'lar ekan. Qaroqchilarning shu kungi kechki ovqatlari - juda yaxshi va mazali bo'ldi. Ertalabki ovqatdan keyin bolalar suv bo'yida yugurishib, sakrashib, o'ynashib, bir-birlarini quvlashib, yurgan yo’larida kiyimlarini yechib o'yin va sho’xliklarini suv ichida ham davom etdirar, suv oqimi esa ba'zida ularni ag'darib yiqitar va shu bilan shodliklarini yana ortdirar, qo'llariga suv olishib bir-birlarining yuzlariga sepishar, yuzlarini chetga burar edilar.


Ularning bu o'yinlari kurash bilan tamom bo'lar, ya'ni bir-birlariga o'ralishib, bitta yum-yumaloq koptokdek bo'lishar, g'olib mag'lubning boshini suvga tiqib, sho'ng'ishga majbur etar, baqirishib kulishar, og'izlari bilan suv purkishib, qichqirishar, entikib zo'rg'a nafas olar edilar.
Uzoq o'ynashganlaridan keyin butunlay madorlari qurigan holda suvdan chiqib, qizib yotgan qum ustiga o'zlarini tashlardilar; unda cho'zilishib yotib, qumga o'zlarini ko'mar, keyin yana suvga tushar, yana qum ustiga chiqib yotar edilai. Bu o'yin shu tartibda uzoq davom etardi. Nihoyat, ular o'z tanlarining rangini bir xil triko rangiga o'xshatardilar, qum ustida doira chizib, ot o'yini qilardilar. Bu ot o'yinida birdaniga uchta masxaraboz bo'lardi, chunki bulardan birortasi ham bu qiziq rolni birovga berishni xohlamas edi.
Keyin ular marmar soqqalarini topib olib, to zerikkunlaricha soqqa o'ynay boshlardilar. Shundan so'ng Gek bilan Jo yana cho'milishga ketishdi, Tom bo'lsa quruqlikda qolaverdi, negaki u chalvorini yechgan chog'da bog'ichi qochib ketgan, unga bog'langan tumori yo'qolgan edi. Bu sehrli tumorsiz qolib, o'zining changak dardiga uchramaganiga ajablandi. Tumorini topmaguncha cho'milishga bormaydigan bo'ldi. Bechoraning o'rtoqlari cho'milishdan juda horib-charchab, yastanib yotish uchun qirg'oqqa chiqqan edilar. Ular sekin-asta har qaysisi har tomonga tarqalishib, xayolga cho'mgan holda tug'ilib o'sgan yerlari, uzoqdan ko'rinib va quyosh nurlariga ko'milib yotgan shaharcha tomonga xafalik bilan qarardilar. Tom o'zi ham sezmagani holda qum ustiga katta-katta harflar bilan «Bekki» deb yozar edi. U o'zini jinoyat ustida tutib olib, darhol qum ustiga yozilgan yozuvni o'chirib tashladi va o'zining bo'shligi uchun xafa bo'ldi. Biroq, chidab turolmay o'sha ismni yana qaytadan yozdi. Yana o'chirib tashladi. Keyin yana shunday vasvasalarga berilib ketmaslik uchun o'rtoqlariga borib qo'shildi.
Ammo Jo umidsizlanib, ruhi butunlay tushib ketgan edi. U uyini sog'inib shunday qayg'urar ediki, ko'z yoshlarini zo'rg'a to'xtatib turardi.
Gek ham juda ma'yus edi. Tom tetiklashgan, uning ko'nglida bir sir bor edi, bu sirni vaqti soati kelmaguncha o'rtoqlariga aytmaslikka qaror qilgan edi. Biroq endi o'rtoqlariga hozirdanoq aytib bermoqchi bo'ldi va yuzaki qaraganda o'zini g'amsiz ko'rsatib, o'rtoqlarini alday boshladi:
- Bilasizlarmi o'rtoqlar, men garov o'ynaymanki bu orolda bizlardan ilgari ham qaroqchilar bo'lgan. Qani yuringlar, uni yana bir marta aylanib chiqaylik.
Shunda biror yerda yashirib qo'yilgan dunyo bo'lsa topib olamiz. Ha, biz oltin-kumush bilan to'la chirigan bir sandiq topib olsak nima deysizlar?
Biroq uning bu taklifi unchalik shodlik tug'dirmadi.
Tom yana bir-ikki xil qiziqtiruvchi gap qilib ko'rgan edi, lekin bularning hech qaysisi ham ularga kor qilmadi. Kevin u juda bo'shashib tushdi.
Jo ma'yus holda qo'lidagi tayog'ini qumga tiqib turar. ko'rinishidan juda xafa edi. Nihoyat u so'z ochib:

  • Oh, o'rtoqlar, shu ishlarimizni tashlasak bo'lar edi! Uyga ketgim kelayapti. Bu yer meni juda ham zeriktirdi.

  • Qo'ysang-chi, Jo, unday dema, bora-bora o'rganib qolasan, - der edi Tom. - Bu yerning baliq ovi qanday yaxshi, ko'rayapsanmi?

  • Menga hech qanday balig'ing kerak emas. Men uyga ketishnigina istayman.

  • Cho'milish-chi, cho'milish uchun shunday yaxshi yerni qayerdan topasan?

  • Menga cho'milish ham yordam bermaydi. Meni cho'inilishdan hech kim qaytarmas ekan, cho'milishni ham xohlamay qoldim. Uyga ketishni xohlayman!

  • Ana bemazachilik! Yosh bola onasining oldiga borishni istar emish!

  • Albatta, onamnmg oldiga borishni istayman, agar sening ham onang bo'lsa, sen ham onangning oldiga borishni istar eding. Men kichkina bola emasman. Ikkalamizning yoshimiz teng.

Shu so'zlar bilan Jo ho'ngrab yig'lay boshladi.

  • Ha yaxshi, bo'hnasa qo'yaver, bu yigioqi bola uyga onasining oldiga ketaversin, biz uni jo'natib yuboramiz, shundaymi, Gek? Bechora, onasini sog'inib qolgan ekan. Ketsa ketaversin. Senga bu yer ma'qul-a Gek? Ikkovimiz shu yerda qolamiz, a?

  • Ha, - dedi Gek beparvolik bilan.

- Endi sen bilan o'rtoq emasinan, umr bo'yi sen bilan g'ijillashib o'taman, shuni bilib qo'y, - dedi Jo va o'rnidan qo'zg'alib, nariroqqa borib kiyina boshladi.
- O'rtoq bo'lmasang, g'am yermidim! - dedi Tom. - O'rtoq bo'lmasang, bo'lmay qo'yaqol, sening bu yerda hech kimga keraging yo’q. Bor, uyingga jo'na, hanmiaga kulgi bo'l. Juda yaxshi qaroqchi ekan, desinlar. Gek bilan men senga o'xshash yig'loqi emasmiz. Ikkalamiz shu yerda qolamiz, shundaymi, Gek? Ketsa ketaversin, usiz ham tirikchilik qila olamiz.
Jo uning so'zlariga javob bermay, qovoqlari solingan holda kiyinar, Tom bo'lsa o'zining yuzaki vazminligiga qaramay, ichidan juda xafa, buning ustiga Joning yig'ishtirinayotganini ko'rib, qovoqlarini solib turgan Gekning qiyofasi uni yanada tashvishga solar edi. Jo kiyinib bo'ldi-yu, xayrlashmay va biror so’z ham aytmay, Illinoys qirg'og'iga qarab ketdi. Tom ko'ngli juda g'ash tortib Gekka qarab qo'ydi. U buning qarashiga chidab turolmay yerga qaradi-da, keyin:

  • Men ham ketay deyman, Tom. Kishi juda zerikib qoldi, bundan keyin yana zerikamiz, yur Tom, biz ham ketaqolaylik, - dedi.

  • Ketsang ketaver, men ketmayman, shu yerda qolaman.

- Bo'lmasa men keta qolayin, Tom.
- Boraver dedim-ku, seni birov ushlayaptimi?
Gek sochilib yotgan narsalarini yig'ishtira boshlar ekan:

  • Tom, yo'q dema birga keta qolaylik, o'ylab ko'r! Biz seni suv bo'yida kutib turamiz, - dedi.

  • Uzoq kutib qolasizlar-da!

Gek xafachilik bilan yo'lga tushdi. Tom uning orqasidan qarab turar ekan, o'zining kibr-havosini yig'ishtirib qo'yib, o'shnalarning orqasidan ketishni orzu qilar edi. U bolalarni to'xtar, deb umid qilar, bolalar bo'lsa sekin-asta uzoqlashib borardi. Tom birdan o'zining izzat-nafsini yengib, o'rtoqlari orqasidan yugurib borar ekan:
- To'xtanglar! To'xtanglar! Sizlarga aytadigan so'zim bor! - dedi.
Ular to'xtab, orqalariga burildilar. Tom ularga yetib olib, o'z sirin so'zlay boshladi; ular qiyofalarini o'zgartirmay uning so'zlarini tingladilar. Tomning aytadigan so'zining ma'nosini tushunib olgunlaricha ular shu holda turdilar, ao'zlariga yaxshi tushunib olganlaridan keyin, shunday shodlandilarki, agar shu so'zlarni burunroq aytganingda, biz ketmagan bo'lar edik, dedilar.
Bolalar shodlanishib va yana qaytib kelishib, avvalgidek o'yinlari bilan shug'ullana boshladilar. Bular hammavaqt Tomning o'ylab topgan ajoyib o'yinlari haqida so'zlab, uning aqliga qoyil qolar edilar. Tuxum bilan baliq go'shtidan tayyorlangan shirin ovqatdan keyin, Tom endi tamaki chekishni o'rganmoqchi bo'lganini bildirdi. Jo ham bu fikrni ma'qul topib, men ham chekib ko'raman, dedi. Gek trubkalarni tayyorlab, ularni tamakiga to'ldirdi. Bu ikkala yangi kashanda hozirgacha tok bargidan qilingan sigaralarni chekishar, biroq bunday sigaralar tilni achitar va umuman erkak kishilar uchun arzimaydigan bir narsa edi.
Ular yerga cho'zilishib va tirsaklariga tayanib yotib, uncha ishonmaganliklari holda, sekin-asta tutunni ichlariga torta boshladilar. Tutunning mazasi yomon bo'lib, ularni biroz bo'g'ar edi. Shunda Tom:

  • Bu juda oson ekan-ku! Bundayligini bilganimda, allaqachonlar tamaki chekkan bo'lar edim, - dedi.

  • Men ham, - dedi Jo. - Buni chekish hech gap emas ekan!

  • Men hammavaqt boshqalarning tamaki chekkanlarini ko'rib: «Men ham o'rganib olsam», deb yurar edim, lekin uddasidan chiqa olmasman deb o'ylardim. Men hammavaqt shundayman, to’g'rimi, Gek? Sen buni mendan eshitgansan-ku! Mana Gek aytib bersin.

  • Ha, ko'p aytgansan, - deb tasdiqladi Gek.

  • Shunday, yuz marta aytganman. Esingda bormi, shu bir marta qushxona yonida bo'lgan edi, unda Bob Tanner, Jonni, Miller va Jeff Techer ham bor edi. Esingda bormi, Gek, men o'sha mahalda nima degan edim?

  • Ha, esimda bor. Sen buni men koptogimni yo'qotgan kunim aytgan eding. Yo'q, undan bir kun burun ekan.

  • Ana, Gekning esida bor ekan.

  • Meningcha, shunday trubkani men kuni bo'yi cheksam ham ko'nglimni behuzur qilmas edi, - dedi Jo.

  • Meni ham! - dedi Tom. - Men kuni bo'yi bo'lsa ham chekib o'tiraverar edim. Biroq, garov bog'lashamanki, Jeff Techer shunday chekolmas edi.

  • Jeff Techer deysanmi? Unga yo'l bo'lsin! U aqalli ikki marta ham tortolmaydi. Qani chekib ko'rsin-chi!

  • Albatta tortolmaydi, Jonni Miller ham shunday. Jonni Miller qanday chekar ekan, shuni ko'rsam edim.

  • Jonni Millering nimaga yarar edi, u hech narsaning uddasidan chiqolmaydi. U birinchi tortishidayoq bo'lganicha bo'lib qoladi.

  • Sening gaping to'g'ri Jo, menga qara: mana, o'rtoqlarimiz bizlarni hozir bir ko'rishsa edi.

  • Oh, koshki edi! Menga qaranglar o'rtoqlar, hech kimga og'izlaringdan chiqarmanglar. Keyinroq, bolalarning hammasi yig'ilishib turganlarida, sening oldingga boraman-da: Jo, trubkang bormi? Tamaki chekkim kelayotir, - deyman. Sen bo'lsang, parvo qilmay, go'yo oddiygina bir narsa to'g'risida so'zlayotgandek: «Ha, bor, mening eski trubkam ham bor, yana boshqa bitta trubkam ham bor, faqat tamaki

unchalik yaxshi emas», - deysan. Men esam: «Ha, baribir, ish qilib kuchli bo'lsa bo'ldi-, - deyman. Shunda sen trubkani yoningdan chiqarasan-da, ikkalamiz ham tamaki chekamiz, ana shunda ular ko'rib, havaslari kelsin.

  • Juda qiziq bo'ladi-da Tom! Men shu ishning hozir bo'lishini xohlar edim.

  • Men ham! Biz ularga: "Tamaki chekishni shunday qaroqchilik qilib yurgan vaqtimizda o'rganganmiz-desak toza hayron bo'ladilar-da.

- Albatta, hayron qoladilar! Bunga hech shubha yo'q!
Bularning suhbatlari shu xilda davom etardi. Lekin sekin-asta suhbat susayib, bo'linib-bo'linib, oradagi jimlik borgan sari kuchayardi.
Tamakiga yangi o'rgangan bu ikkala kashandaning ranglari oqarib, qiyofalari achinarli tus oldi. Joning bo'shashgan qo'llaridan trubkasi tushib ketdi. Tomniki ham xuddi shunday bo'ldi. Nihoyat, Jo zaif tovush bian:
- Men pichog'imni yo'qotdim. borib qidirishim kerak, - dedi.
Tom lablari qaltirab, tovushi bo'linib-bo'linib chiqqan holda:
- Men senga yordamlashayin. Sen mana bu tomonga bor, men ana u yoqqa borayin. Yo'q, Gek, sen orqamizdan yurma, o'zimiz topib olamiz, - der edi.
Gek ularni bir soatdan ortiq kutdi. Keyin zerikib, o'rtoqlarini izlab ketdi. U o'rtoqlarini o'rmon ichidan, bir-birlaridan uzoq ikki joydan topdi: ularning ikkovlari ham ranglari o'chgan va qattiq uyquda edilar.
Shu kuni kechki ovqat vaqtida ikkovlari ham so'zlashmay, ko'z qarashlari ham go'yo biror narsadan qo'rqib turgandek bo'lib o'tirishdi. Kechki ovqatdan keyin Gek o'zi uchun trubkaga tamaki joylab, ularga ham taklif qilganda, ular buni mutlaqo qabul qilmadilar. Tushki ovqatda biror yoqmagan narsa yeb zaharlangan bo'lsak kerak, tobimiz yo'qroq, deb bahona qildilar.
Yarim kechaga yaqinlashganda Jo uyg'onib, o'rtoqlarini ham uyg'otdi. Havo judayam dim edi. Kechaning issiq bo'lishiga qaramay, bolalar olov yoniga yaqin kelib, bir-birlariga tiqilishib o'tirdilar. Ular atrofga quloq solib o'tirardilar. Gulxanning orqa tomoni ko'z ilg'amas qorong'ilik.
Birdaniga bir narsa yilt etib, yaproqlarni xiragina yoritib, yo'q bo'ldi. Keyin yana avvalgidan yorug'roq yarqirab, yana yo'q bo'ldi va yaiia takrorlandi. Keyin daraxt butoqlaridan eshitilar-eshitilmas ingrash tovushi keldi, bolalar yuzlariga kimningdir nafas olgandek yengilgina hovri tekkanini payqab qoldilar. Birozdan keyin birdan yana haligidek mash'um, yarqiragan chaqmoq chaqnab, odatdan tashqari ravshanligi bilan yerdagi o'tlarni va gulxan yonida o'tirgan uch bolaning yuzlarini yoritdi. Osmon bo'ylab momaqaldiroq guldurab, uzoqlarga borib yanada yangrab ketdi.
Sovuq shamol esib daraxt yaproqlarining hammasini birdaniga shildiratib, gulxan atrofidagi kullarni sovurib yubordi.
Yana chaqmoq chaqib, xuddi shu onning o'zida osmon gulduradi. Bu guldurashdan go'yo daraxtlar ag'darilib, boshlariga ustiga tushib kelayotgandek ular bir-birlariga mahkam tiqilishib oldilar. Yomg'irning birinchi katta-katta tomchilari daraxt yaproqlari ustida shatirlay boshladi.
- Tezroq bo'linglar, chodirga qarab yuguringlar! - deb baqirdi Tom.
Ular har yoqqa sochilgan holda yovvoyi toklarning tomirlariga qoqilib-qoqilib yugura boshladilar. O'rmon ichida dahshatli bo'ron ko'tarilib, uning zarbidan tevarak-atrofdagi butun narsalar qasirlar va egilardi. Ko'zni olarlik darajada yorqin chaqmoqlar birin-ketin uzluksiz yarqirab o'tar, har qaysisining ketidan osmon quloqni kar qilguday guldurab turardi. Yomg'ir ham chelaklab quygandek yog'a boshladi.
Bolalar qichqirishib bir-birlarini chaqiradilar. Biroq qattiq shamolning bo'kirishi va havo guldurashining zo'ridan ularning tovushlari bo'g'ilib, yo’q bo'lib ketar edi. Bolalarning usti boshlari ivib, o'zlari sovuq yeb, yuz-qo'llari timdalangan holda birin-ketin chodirga yetib keldilar-da, o'zlarini panaga oldilar. Bolalar bunday baxtsizlikka duchor bo'lganliklaridan shodlanar edi. So'zlashishning iloji yo'q, chunki tepalaridagi eski yelkanning shatirlashi shu darajada dahshatli ediki, birovga gap uqtirib bo'lmas edi.
Bo'ron borgan sayin kuchaymoqda. Nihoyat, qattiq shamol yelkanni ham yulqib olib, pirpirak qilib uzoqlarga olib ketdi. Bolalar bir-birlarining qo’laridan ushlashib dam-badam turtinib-surtinib, hamma yerlarini ko'kartirishib, panoh izlab qirg'oqdagi katta qayin daraxtining tagiga qarab yugurib ketdilar. Endi bo’ronning dahshati tamom kuchaygan. To'xtovsiz yarqirab turgan yashin engashgan daraxtlar, ko'pirib yotgan daryo, narigi qirg'oqdagi mo'ralab turgan baland jarlar qo'rqinch bilan ko'zga tashlanardi. O'rmon ichidagi zo'r-bahaybat keksa daraxtlar, atrofdagi yosh daraxtlaini yer bilan yakson qilib, dam-badam vahima bilan qulab tushmoqda, havoning guldurashi ham dalishatlar, uzuq-uzuq portlashlar bilan bo'linib eshitilar edi. Pirovordida bo'ron quturib shunday kuch oldiki, go'yo orolni parcha-parcha qilib, yondirib, daraxtlarni tomiri bilan yulib, yer yuzidan supurib tashlaydiganday ko'rinar edi. Boshpanasi yo'q bu uch bola uchun o'sha kecha eng dahshatli kecha bo'ldi.
Nihoyat bu ola-g'ovur pasayib, tabiat kuchlari tinchlana boshladi. Havoning gulduraslilari ham sekin-sekin pasayib, o'rmon ichida yana jimjithk hukm surdi.
Bolalar anchagina qo'rqqan holda o'z lagerlariga qaytdilar. Ularni Xudo bir saqlagan edi, chunki har doim yotadigan yerlari katta anjir daraxtini yashin urgan, shu kecha o'sha daraxt ostida yotgan bo'lsalar, albatta yashin tegib hammalari o'lar edi.
Lagerda hamma narsa butunlay ivib qolgan. O't o'chgan. Bolalar o’tni o'chirmay, saqlab qolish yo'lida hech qanday chora ko’rmagan edilar. Bu juda ko'ngilsiz bir hol edi, chunki ular uchovlari ham butunlay ivib, sovuq yeb qaltirashardi. Keyin qarasalar, o't yoqilgan yerdagi katta to'ngakning kavagida uch-to'rtta cho'qqa nam tegmay qolgan edi. Bolalar darhol ishga kirishib. daraxt shoxlarini va to'ngaklarning kovaklari orasidagi nam tegmay qolgan po'stloqlarni topib olib, zo'r chidam bilan harakat qilishlari natijasida o'tni yondirib yubordilar. Uning ustiga katta-katta shoxlardan qalab, katta gulxan qilib, yana ruhlari ko'tarilib ketdi. Ivib qolgan go'shtlarni olovda pishirib, ovqatlanxb olganlaridan keyin gulxan yoniga davra qurib, boyagi dahshatlarni ertalabgacha so'zlashib o'tirdilar. Baribir uxlashga imkoniyat yo'q, chunki atrofda bir parcha ham quruq yer qolmagan edi.
Quyoshning birinchi nurlari bilan bolalar mudray boshladilar; ular suv bo'yida, ho'l qum ustida yotib qoldilar. Quyosh bularni yetarli darajada qizdira boshlagandan keyin ular o'rinlaridan turib, ma'yuslik bilan o'zlariga ovqat tayyorlay boshladi. Biroq ertalabki ovqatni yeb bo'lganlaridan keyin ham ularning charchog'i tarqalmagan, butun a'zolari zirqirab og'rib turar, dillarida yana xafachilik, uylarini sog'inish hissiyoti paydo bo'lgan edi. Tom buni payqab, o'rtoqlarining xafachiliklarini yozish uchun qo'lidan kelgan ishlarning hammasini qilib ko'rdi. Biroq bularni endi soqqalar ham, ot o'yini ham, cho'milish ham ovuntira olmas edi Tom o'zining katta sirini ularning esiga tushirgan edi.
Shundan keyin ular biroz quvondilar. Tom bundan foydalanib, ularni yangi bir narsa bilan qiziqtirishga shoshildi va yangilik tariqasida qaroqchilikni vaqtincha yig'ishtirib qo'yib, bir necha vaqtgacha hindi bo'lishni taklif qildi. Bu fikr ularni qiziqtiradiganday bo'lib ko'rindi. Ular bir damda yechinib, boshlaridan oyoqlarigacha qora balchiqqa belanib, yovvoyi otdek chovkar bo'lib oldilar. Har qaysilari ham o'zlarini yo'lboshchi deb sanadilar, keyin hammalari birga ingliz qishlog'ini bosish uchun o'rmonga qarab jo'nadilar.
Ular bir-birlariga dushman bo'lgan uncha-muncha uchta qabilaga ajralib, jangovar shovqinlar bilan pistirmalar orqasidan chiqib, bir-birlariga hujum qilishar, minglab dushmanlarini o'ldirib, bosb terilarini shilib olar edilar. Urush juda qizg'in bo'lib, bundan bolalar mamnun bo'lishdi.
Kechki ovqat vaqtida ular och bo'lsalar ham, o'zlarini baxtli sezganlari holda lagerga yig'ilishdi. Biroq bunda bir qiyinchilik tug'ildi. Dushmanlik qilgan hindilar awal o'z o'rtalarida sulh tuzmay turib, birga o'tirib non usha-tolmas va uning uchun esa bir trubka chekishmasalai-sira iloji bo'lmas edi. Ular busiz sulh tuzilganini hech bir eshitgan emaslar. Ulardan ikkitasi qaroqchi holicha qolmaganlariga qariyb pushaymon edilar. Biroq boshqa iloj yo'q edi, o'zlarini mumkin qadar xursand qilib, navbat bilan trubkani tortishar edilar. Nihoyat ular o'zlarining hindi bo'lganlariga sevindilar, chunki ular biroz foyda ko'rar edilar: ular endi pichog'imni yo'qotdim, topib kelay deyishga ham ehtiyoj qoldirmay trubkani uncha-muncha chekadigan bo'lib oldilar. Garchi ular uchun bu narsa biroz behuzurlik keltirsa ham, buni hech bir o'ng'aysizlik deb bo'lmas edi. O'z-o'zidan ma'lumki, idar bunday qulay sharoitdan foydalanishga shoshilib, kechki ovqatdan keyin tajriba uchun bu ishlarini ancha muvaffaqiyat bilan yana takrorladilar. Shuning natijasida o'sha kechasi ham juda ko'ngilli bo'lib o'tdi. Ular shodlanib, g'ururlanar va bu yangi o'ylab topgan hunarlari bilan o'zlarini shunday baxtli sanar edilarki, go'yo bular birdaniga hindi qabilalaridan oltitasining kalla terilarini shilib olgandek bo'lar edilar. Endi biz hozircha ularni tinch qo'yib turaylik. Bular trubkalarini chekib: vaqillashib, maqtanib o'tiraversinlar. Vaqti kelguncha, biz ularsiz ham ish ko'ra olamiz.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə