Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


QAROQCHILAR O'ZLARINING KO'MISH MAROSIMLARIGA ISHTIROK ETADILAR



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə20/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

O'N YETTINCHI BOB
QAROQCHILAR O'ZLARINING KO'MISH MAROSIMLARIGA ISHTIROK ETADILAR

Shanba kunlarining tinchgina kechki paytlari... Polli xola, Meri, Sid va missis Garperning barcha oilasi qayg'u-hasrat va ko'z yoshlariga ko'milib, motam kiyimlari kiyib olganlar. Bu yer avvaldan ham uncha to'polon joy bo'lmagani uchun, hozir ayniqsa jimjit bo'lib qolgan. Bu yerda yashovchilar xayollari parishon holda o'zlarining odatdagi ishlarini bajarib yurar va dam-badam xo'rsinib qo'yar edilar. Bolalar bo'lsa, shanba kungi dam olishni ham o'zlari uchun og'ir bir narsa deb sanaydilar. O'yinlar ham odatdagidek qovushmay, kam-kam bo'lib, nihoyat ular o'ynashni ham batamom yig'ishtirib qo'ydilar.


Kechga yaqin Bekki Techer yolg'iz edi, maktab hovlisida o'zini hech narsa bilan ovuntirolmay, o'z-o'zicha so'zlab o'tirar edi:
- Hech bo'lmasa, u menga hadya qilgan mis soqqa bo'lsa-chi! Hozir qo'limda xotirlaydigan hech narsa yo'q.
Bekki bir o'ksib qo'ydi-yu, yana davom etdi:
- O'sha uchrashuvimiz xuddi mana shu yerda bo'lgan edi. Oh, qani o'sha uchrashuvimiz yana takrorlansa, men endi unga hech bir yomon so'z aytmagan bo'lar edim. Biroq u endi yo'q va men uni endi hech vaqt ko'rolmayman.
Shunday fikrlar lining yuraklarini ezar edi. Ko'zlari jiqqa yoshga to'lib ketdi.
Keyin bir to'da o'g'il va qiz bolalar - Tomning maktabdoshlari kelib, hammalari devor yonida to'xtab, halok bo'lganlarga hurmat yuzasidan tovushlarini sekin cfaiqarlb, Tomning qilgan ishlarini va Joning aytgan so'zlarini yodlashardi. Ularni eslovchilardan har silari yo'qolgan bolalarning turgan yerlarini aniq ko'rsatib: «Men hozir qanday turgan bo'lsam, o'sha vaqtda ham xuddi shunday turar edim. u mana bunday qilib kulimsirab qo'ygan edi, o'shanda men buning ma'nosini bihnagan edim, hozir tushunib turibman», -der edi.
Ularni eng so'nggi va tirik vaqtlarida ko'rganlar kimlar degan mavzuda suhbatlashib ketdilar. Qachonki, o'sha halok bo'lgan o'rtoqlarini hammadan keyin ko'rib, so'zlashib qolganlar kimlar ekani aniqlanganda, ular g'ururlanar, boshqalari esa bularga rashk nazari bilan qarab turar edilar. Bolalardan biri boshqa durustroq so'z topolmay, sezilarlik bir kibr bilan:
- Tom Soyer meni bir kuni o'lgidek do'pposlagan edi, - dedi.
Biroq lining bu tariqa shuhrat qozonishi o'rinli bo'lib chiqmadi. Bolalar halok bo'lgan qahramonlarni ehtirom bilan yodlay-yodlay tarqalishdilar.
Ertasi kuni ertalab maktabda mashg'ulotlar tamom bo'lgandan keyin, odatdagi shoshilish va jaranglagan tovush o'rniga, qong'iroq sekin asta og'ir va uzoq tovush bera boshladi. O'tgan-ketganlar birin-ketin cherkov eshigiga to'planishib, bu qayg'uli voqea to'g'risida shivirlashib so'zlashar edilar. Bu kichkinagina cherkovning qachon bo'lsa ham shunchalik to'la bo'lganini hech kim eslayolmaydi. Birdan hamnia yoq jimib qoldi. Cherkovga Sid bilan Meriiii ergaslitirib, Polli xola, uning orqasidan Garperlar oilasi kirib keldi. Hammalari qop-qora motain kiyimiga o'ralgan. Cherkovdagilarning hammalari bir kishidek, shu jumladan keksa domla ham hurmat bilan o'rnidan turib, halok bo'lganlarning qarindoshlari oldingi qatordagi kursilarga borib o'tirgunlaricha tikka turdilar. Keyin yana tinchlik hukm surdi va bu tinchlikni bo'g'iq ho'ngragan yig'i tovushlarigina buzib turar edi. Nihoyat, domla qo'llarini yozib ta'ziya marosimiiii boshladi. Kishiga qattiq ta'sir qiladigan va'z va ancha duolar o'qildi.
Domla halok bo'lgaii bolalarning xususiyatlari, kam uchraydigan qobiliyatlari va boshqachaliklarini shunday ocliiq va ravshan tasvirlab berdiki, cherkovda o'tirganlar ichida halok bo'lgan bechora bolalarning yaxshiliklaridan ko'z yumib, faqal ularning kamchdik va nuqsonlarinigina ko'rib kelganlari uchun vijdonan azoblanib o'z ichida o'kimnagan biror kishi ham qol-madi.
Donilaning so'zlari borgan sari ta'sir eta bordi. Yig'indagilarning ko'ngdlari tobora yumshab, hamma­lari bolalarning qarindoshlariga qo'shilib birdan ho'ngrab yig'lay boshladilar. Hatto domlaning o'zi ham chidab turohnay, yig'lab yiibordi.
Xalq ichidan qandaydir bir shovqin chiqdi, lekin bunga hech kim e'tibor qilmadi. Oradan biror daqiqa o'tishi bilan, tashqari eshik g'ijirladi.
Domla, yoshga to'lgan ko'zlaridan ro'molchasini olib, boshini ko'tarib qaragan edi, hayratidan surat bo'lib qotib qoldi.
Buni ko'rib o'tirgan kishilardan bh'i, keyin ikkinchisi, so'ngra uchinchisi, to'rtinchisi qaradi va bir damda cherkov ichida o'tirgan butnn xalq o'rnidan turib qaray boshladi. Ko'rsalarki, o'ldi deb hisoblangan bolalarning uchalasi ham domla turgan mehrobga tomon yurib kelrnoqda edilar. Oldinda Tom, undan keyin Jo, eng orqada o'zining uvada bo'lib ketgan kiyimlariga qaray-qaray Gek kelar edi. Bular ko'p vaqtlardan beri o'z-larining inotanilarini eshitib o'tirgan edi.
Polli xola, Meri va Garpei-lar o'zlarming tirilib kelgan sevikli bolalari oldiga yugurib borib. ularni o'pib quchoqlay boshladilar. Biroq bechora Gek shuncha tikilgan ko'zdaii qayoqqa qochishini va o'zini qayoqqa urishni bilmay, uyalib qarab turar edi. U atrofga qaray-qaray endi qochmoqchi bo'lib turganida Tom uning qo'lidan ushlab olib:
- Polli xola, bunday qilish yaramaydi. Gek uchun ham kirn bo'lmasin birov shodlanishi zarur-ku! - dedi.
- Ha, albatta, bolam. Meu shu yetim bechoi-ani ko'rganim uchun butun vujudim bilan sevmchlarga to'laman.
Shu so'zlar bilan Polli xola Gekka qarab, uni awal-gidan ham ortiqroq uyaltiruvchi, erkalovchi so'zlar yog'dira boshladi.
Keyiii hammalari birdan ashula aytib yubordilar. Qadim zamonlardan qolgan tashakkur duosining ashulasi bu choqqacha eahitilmagan darajada g'oyat jaranglab eshitilar, dengiz qai'oqchisi Tom Soyer bo'lsa o'ziga rashk bilan tikilib turuvchi o'rtoqlariga qarar ekan, ko'nglida umrining eng yaxshi daqiqalarini kechirayotgandek his qilar edi. Kelgan kishilar uy-uylariga tarqalishai- ekanlar, bii--birlai*i bilan so'zlashib, garchi o'zlarini uyatsizlarcha aldatgan bo'lsalar ham, ammo bunday ajoyib bajarilgan tai-ixiy munojotni yana eshitish uchun tag'in bir karra ahmoq bo'lishga rozi edilar.
Shu kuni Tom Polli xolaning kayfiyatiga qarab shuncha o'pish va shuncha chertmoqlar oldiki, agar hisoblasa, ular bir yilga yetarlik edi.
O'N SAKK1ZINCHI BOB

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə