Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


«MEN BUNI O'YLAMASDAN QILGANMAN»



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə22/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

O'N TO'QQIZINCHl BOB
«MEN BUNI O'YLAMASDAN QILGANMAN»

Tom qovoqlari solingan holda uyga qaytib keldi va xolasining birinchi so'zlaridanoq, xafachiligiga yupanch topolmasligini tushundi.



  • Tom, endi teringga somon tiqaman-da!

  • Xolajon, nima gunoh qildim?

  • Bo'ldi. Tag'in meni qarri ahmoq, missis Garperning oldiga borib, tush to'g'risidagi bu bemaza gaplarni unga ma'qullamoq va uni ishontirmoq umidida yuribman. Natijada nima bo'ldi? Bildim sening qilgan ishlaringni. Jondan aldab so'ragan ekan, u sening bu yerga kelib ketganingni aytib beribdi. Shunday uyatsizlarcha yolg'on so'zlagazi boladan nima kutib bo'ladi? Sen menga bu to'g'rida bir og'iz ham so'zlamay, meni missis Garperning oldiga yuborib, hammaga masxara qilding va ular oldida kulgi qilding.

Bularning hammasi Tom uchun yangi voqea bo'lib chiqdi. Ertalab uning qilgan ishlari ortiq darajada o'ylab qiziqchilik bo'lib ko'ringan bo'lsa, hozir yaramas ish qilganini bildi. U boshini yerga egib, dafatan nima deb javob berishini bilmay turdi-da, keyin:

  • Xolajon, bu qilgan ishim uchun juda achinaman... men buni o'ylamasdan qilganman, - dedi.

  • Oh, bolarn, sen har vaqt o'ylamaysan. Sen har qachon vaqtichog'ligingdan boshqa hech narsani o'yla­maysan. Jekson orolidan kechasi kelib, g'am-kulfat-larimizni ko'rib, kulib ketishga aqling yetgan, bo'l-mag'ur ishlaring bilan boshimni qotirib o'tirishga aqling yetgan, biroq bizlarga achinib shu g'am-g'ussalardan bizni qutqarishga aqling yetmagan.

- Xolajon, bvi mening tomonimdan qilingan juda yomon ish ekanligini endi angladim. Lekin men qasddan yomonlik qilmoqchi emas edim. O'sha kechasi ham men
mutlaqo sizlardan kulib masxara qilish uchun kelgan emasman.

  • Bo'lmasa, nima uchun kelgan eding?

  • Men sizga: «Bizni suvga cho'kishdi, deb tashvish-lanmasinlar», deb aytgani kelgan edim.

  • Tom, agarda miyangga shunday yaxshi bir fikr kelganiga ishona olsam, jon-dilim bilan shodlanar edim, biroq o'zing bilasanki, bunday fikrlar senda bo'lmaydi, men buni yaxshi bilaman.

  • Rost xolajon, rostini aytaman, xuddi shunday maqsad bilan kelgan edim. Agar yolg'on so'zlasam, shu turgan yerimda o'lib qolay.

- Qo'ysang-chi, Tom yolg'on so'zlama... Bu yolg'oning
yana yuz marta yomonroq.

  • Bu so'zim yolg'on emas, xolajon, bu so'zlarim rost. sizning g'am-kulfatlar chekib yotganingiz uchun rahmim keldi-da, shuning uchun kelgan edim.

  • Agarda sening shu so'zlaringga ishona olsam, butun bor-yo'g'imni berishga ham rozi edim va buning natijasida sening ko'p gunohlaring kechirilgan bo'lar edi. Hatto

sening qochib ketib, shunday yomoii ishlarni qilganing uchuii hani shodlanishga tayyor edim. Biroq, men bunga ishonishdan ojizman. Jon bolani, agar shunday ekan, ninia uchun o'sha vaqtda buni menga bildirmading?

  • Mana bunday-da, xola. Siz ta'ziyamiz to'g'risida so'zlayotganingizda, miyamga shu cherkovga kirib yashirinib yotish fikri keldi va bu narsa men uchun juda qiziq tuyuldi. Shuning uchun xat yozilgan anjir po'st-log'ini ham qaytarib yonhnga solib qo'ydim.

  • Qanday po'stloq?

  • O'sha, bizlar qaroqchilikka ketdik, deb sizga xat yozgan po'stloqni-da! O'sha vaqtda sizni o'pganimda, uyg'onmaganingiz uchun endi achinayapman. Rost aytaman, juda achinaman.

Xolasining yuzidagi g'azab ifodasi yo'qolib, ko'zlarida muloyimlik belgilari sezila boshladi.

  • O'sha kuni meni chhidan o'pdingmi, Tom?

  • Chhidan o'pdim, xola.

  • Aldainayapsanini?

  • Yo'q.

  • O'shanda meni nima uchun o'pgan eding, Tom?

  • Men sizni juda yaxshi ko'raman-da, xola, shuning uchun o'pdim. Undan tashqari o'sha kuni uyqingizda uigrab yotgan edingiz, sizga juda rahmim kelgan edi.

Tomning bu so'zlaridan samimiyat sezilib turardi. Kampirnhig tovushi ixtiyorsiz qaltirab:
- Kel, meni bu- o'p, Tom! - dedi. - Endi maktabmgga bor, menga ko'p xarxasha qilaverma.
Oradan biror daqiqa o'tgandan keyin Tom maktabiga ketdi. Polli xola bo'lsa uy yonidagi qaznoqqa bordi, -u yerda Tomning qaroqchilik qilgan vaqtida kiyib yurgan nimchasining uvadalari osilib turar edi. Nimchani qo'liga olar ekan, Polli xola o'ylanib qoldi:
- Yo'q, bunday qilmaganim yaxshi! Bechora bolam! Men ishonamanki, u yolg'on sozlagan... biroq bunday y olg'on so'zlash gunoh emas. Uning so'zlari meni ancha yupatdi. Men ishonaman, xudo uning gunohlarini kechiradi, u buni yomon niyat bilan qilgan emas, buning yolg'onligiga ishonghn kelrnaydi, - deb qo'ydi o'zicha.
U nimchasini qo'yib, bir daqiqa unga qarab turdi-da, ilgarigi fikridan qaytdi. Keyin yana unga qo'lini cbo'zib, yana tortib oldi, nihoyat: «Bu chin ko'ngildan chiqarilib, yaxshi maqsad bilan to'qilgan yolg'on, buning uchun o'zimni xafa qilmayin», degan fikrda mustahkam turish qaroriga keldi. Oradan biror daqiqa o'tgandan keyin u Tomning anjir po'stlog'iga yozgan so'zlarini o'qir ekan, ko'zlari yoshga to'lib:
- Men bu bolaning yuz niinglab gunohi bo'lsa ham kechira olar edim! - der edi.
YIGIRMANCHI BOB

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə