Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


Missurili qizning Alabama"



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə25/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

Missurili qizning Alabama"5 bilan xayrlashuvi
Alvido Alabama! Sevgan makonim,
Noiloj ketaman scndan yiroqqa.
Qayg'uli o'ylarga cho'mdirding, jonim,
Qalbinidan joy berdirn hasrat-firoqqa.
Gulzor, o'rmonlaringda bo'ldim sargardon.
Tallapuzang17 oqimlaridan bo'ldim sargardon.
Kuza yonbag'irlarida yostanib oldim
Hayajon-la Tallasga men quloq soldim.
Xayrlashganimda, ho'ngrayman bot-bot,
Chunki g'am-g'ussa cmasdir uyat.
Taqdir demaydi yot yerni tashla,
Sen qadrdon, menga oshna.
Shu shtatda turdim, qadrlanardim,
Alabama, mening qadrdonim!
Agar seni men sevmasam edim,
Tyotcm1*' uquvsiz ekan-ku derdim.
"Alabam'a — Shimoliy Amerika shtatlaridan bin. " Tallaptiza va Kuza — Alabama daryosining jilg'alari. 18 T y o t e — Fransuzcba bosh (odamning boshi).
Tyotem nima ekanligi tinglovchilarning hammasiga ma'lum bo'lmasa-da, harholda bu doston yoqdi.
Uning ketidan bug'doyrang, qorako'z, qora soch bir qiz chiqdi-da, ta'sirli bir tin olgandan keyin, yuziga fojiali bir ifoda berib, sekin-asta o'qiy boshladi:
X 1
Ko'zlarimga ko'ringani - qorong'i va bo'ronli bir kecha edi. Keng osmon qo'ynida, birorta ham miltil-lagan yulduz ko'rinmaydi. Lekin shunday bo'lsa ham kishining qulog'ida havoning gungurt tovush bilan guldurashi doim jaranglab turar, dahshatli yashin bo'lsa g'azab bilan osmondagi bulut gumbazlarining u yog'idan-bu yog'iga yorib o'tgandek, shuning bilan mashhur Franklin'9 tomonidan vujudga chiqarilib, ularning dahshatli quwatlari ustidan yurgizib qo'ygan hukmronligiga nafrat bildirgandek bo'lar edi. Hatto dahshatli shamollar ham hamjihatlik bilan o'zlarining yashirin makonlarini tashlab va vahshiy manzaraga yana ortig'roq dahshat berishni istagandek to'polon qilmoqdalar.
«Shunday zulmat va dahshat ichida mening ruhim kishilik ruhi ishtirokini istar edi, mana mening hu-zurimga: Yaqin do'stim, ovunchog'im, rahbarim, qayg'u-hasratimga yo'ldosh hamrohim, keldi.
U dunyo jannatining nurli yo'llarida yosh va roman-tik qalblarning shirin xayolida bo'lgan, hech bir qimmatbaho narsalar bilan bezalmagan, faqat o'z husni bilan go'zallar go'zali bo'lgan ko'k maxluqlaridan biridek namoyishkorona kular edi. U nozik qadamlarini


19 Venyamin Franklin — XVIII asrda yashab o'tgan Amerikaning mashhur olimi. O'sha vaqtlarda kamdan-kam ma'lum bo'lgan elektrik ustida tajriba qilib, gromootvod (uylarga zarar keltirmay chaqmoqni o'ziga tortadigan asbob, ya'ni yashin qaytarqich) kashf etgan.

shunday ohista va sekin tashlar ediki, agar uning tegib ketishidan qaltirainasang, yoningdan sezdirmay o'tib ketgan bo'lardi. U bir-biriga dushman ikki ofat urushishini barmog'i bilan ko'rsatganda va sbu yerda o'tirgan ikki kishiga diqqat qilishinini buyurganda, uning yuzi muzdek sovuq edi va unda becb bir qon asari qolmagan edi».


Asarning hammasi o'n bet bo'lib, oxiri juda dabshatli va'z-nasibatlar bilan tamoinlanar edi. Bu asar juda inaqbul bo'lib, buyuk mukofotlarga sazovor bo'ldi. Sbabar boshlig'i bu asarning yozuvchisiga mukofot bera turib, yoqimli bir nutq so'zladi va unda . men hech vaqt bunday go'zal nutqni eshitmagan edim», - dedi.
Bu yerda sbuni bam aytib o'tish kerakki, maftun etuvchi» so'zi gavdalangan va turinushga oid xarxashalar «turmusb sahifalari» deb atalgan asarlar soni ham kam emas edi.
O'qituvchi ichkilikning kayfi bilan nihoyat dara-jada xursand bo'lib, o'rnidan turdi va kursisini nari-roq surib qo'ydi-da, xalqqa orqasini o'girib, jug'-rofiyadan imtihon o'tkazmoqchi bo'ldi, taxtaga Amerikaning xaritasini chiza boshladi. Biroq uning qo'li kelishmas edi. Bolalar orasida qiqirlab kulgan tovushlar ham eshitildi. U nima gap ekanini bil-gandek, o'z aybini tuzatmoqchi bo'lar edi. U chizgan narsalarini o'chirib, qaytadan chizdi, lekin bu gal chizgani avvalgisidan ham battarroq chiqdi, shu bilan maktab ichidagilarning qiqirlashlari yana avj oldi. O'qituvchi bunday o'rinsiz vaqtixushlikka xotima berish ilinjida o'zining butun diqqatini to'plab, yana chiza boshladi. U hammaning ikki ko'zi o'zida ekanini bilar va o'z ishini endi o'nglanib kelayot-gandek sezar edi. Biroq bolalarning qiqirlab kulish-lari bosilmay, aksincha kuchayib borar edi. Buning ajablanarlik yeri ham yo'q. Xuddi o'qituvchi turgan yerning tepasida - shipda havo kirib-chiqib turadigan bir teshik bo'lib, shu teshikdan bir ipga bog'langan mushuk tushib kelar edi. Mushuk miyovlamasin uchun uning bosbi latta bilan mabkam bog'lab qo'yilgan edi. Mushuk butun tanasi bilan egilib-bukilib sekin-asta pastga tushar va arqonni ushiab olmoqchi bo'lib, qo'llarini yuqoriga cho'zar, biroq faqat havoni changallar edi. Bolalarning qiqirlashlari borgan sari kuchaya bordi. O'z ishiga berilib ketgan o'qituvchining boshiga mushuk kelib tegishiga nihoyat olti vershok chamasi masofa qolgan... Yana pastroq, yana pastroq tushdi... Yana bir lahzadan so'ng mushuk kelib o'qituvchining boshiga yopishdi-da, uning yasama sochini boshidan yulib olib, bir nafasda yuqoriga ko'tarilib ketdi. Hamma hayron bo'lib qarab o'tirar edi. Shundan keyin mister Dobbinsning sochsiz boshi to'satdan yarqirab ketdi, chunki bo'yoqchining o'g'li uning sochsiz boshini oltin hal bilan bo'yab qo'ygan edi.
Shundan keyin majlis tarqaldi. Bolalardan qasos onndi. Ta'til kunlari. ham ketib qolgan edi.
YIGIRMAIKKINCHI BOB

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə