Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


GEK BEVA XOTINNI QUTQARADI



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə33/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

GEK BEVA XOTINNI QUTQARADI

Tom juma kuni ertalab o'rnidan turishi bilanoq juda sevinchli xabar eshitdi: sudya Techerning kanikul munosabati bilan Istambulga jo'nagan oilasi shaharga qaytib kelibdir! Bu bilan hindi Jo ham, xazinalar ham Tomning xayolidan vaqtincha ko'tarilib, endi uning butun es-hushi Bekkida bo'lib qoldi.


Bularning ikkalasi bir-birlari bilan ko'rishib, boshqa maktab bolalari bilan birgalikda har xil o'yinlar o'ynadilar va «juda shodlik- bilan vaqtlarini o'tkazdilar. Kechga yaqin Tom yana bir hush xabar eshitdi. Bekki shu vaqtgacha har kuni deyarlik onasiga osilar, onasi allaqachon va'da qilgan, lekin hamisha orqaga surib kelgan sayilni, ya'ni bolalar bilan dala sayili tashkil qilishni onasidan so'rab yurar edi. Nihoyat onasi Bekkining bu talabini ham qabul qildi. Qiz shodligidan o'zini unutgan, Tom ham o'zini yettinchi osmonda yurgandek his qilar edi. Kun botmasdanoq butun taklif qog'ozlari tarqatilib, yoshlar shoshilinch tayyorlik ko'rishar va bu dala saylida ko'rinib turgan, boshqa vaqtlarda juda siyrak uchraydigan rohat va erkinliklarni avvaldan sezib yurar edilar. Torn o'zidagi shodlik va yuragining hovliqishidan uzoq vaqt uxlayolmay yotdi. lining xayolida hozir Gek kelib"miyovlar-da, ertasiga u o'zining boyligi bilan Bekkini va dala sayilida qatnashuvchi boshqa kishilarning hammasini ham xayron qoldiradigandek bo'lib turar edi. Lekin u yanglishdi, bu kecha uning derazasi yonida hech qanday sharpa bo'lmadi.
Ertalab tong otdi, soat o'n birlarga yaqin Budya Techerning uyida quvnoq va sho'x bolalar yig'ilisha boshladilar. Yo'lga tayyorgarlik ishlari tamom bo'lib, hanimasi safarga shaylanib turai- edilar.
Kattalar, bolalar uyalib-tortinib yurmasinlar, deb uylarda qoladigan bo'ldilar. Bolalar o'zlari bilan birga borayotgan uch-to'rtta o'n sakkiz yoshlardagi bo'yi yetgan qizlar va yigirina yashar yigitlar qo'l ostida yursalar, tamom xavfsiz borib keladilar, deb o'ylanilgan edi. Daryoning narigi tomoniga olib o'tib qo'yish uchun bir katta eski, bug' bilan yuradigan kemani yolladilar-da, ko'p o'tmay bir to'da bolalar qo'llariga savatlai' va boshqa oziq-ovqatlarni ko'tarishib, shovqm-to'polonlar bilan ko'cha bo'ylab yurib ketdilar. Sid kasal bo'lib qolgani uchun, uyda qolishga inajbur bo'ldi. U, uyda yolg'iz o'zi diqqat bo'hb qolmasin deb Meri ham uning yonida qoldi. Missis Teener bolalar bilan xayrlashar ekan Bekkiga qarab:

  • Sen juda kech qaytarsan. Daryo bo'yiga yaqinroq yerda turuvchi birorta o'rtog'ingning uyida yotib qolganing ma'qul, - dedi.

  • Oyijon, unday bo'lsa men Syuzi Gaiperlarning uyida yotib qolaman.

- Yaxshi, qizim aqlli bo'l, o'zingni yaxshi tut!
Ular tashqariga chiqqanlaridan keyin, Tom Bekkiga qarab:
- Menga qara, Bekki! Bilasanmi, biz qanday qilarniz Garperlarning uyiga borib yurgandan ko'ra, tog' ustiga chiqib Duglas beva xotinning uyida yotib qolamiz. Unda morojniy yeymiz. Uning uyida har doim juda ko'p morojniysi bo'ladi, borganimizga o'zi ham sevinadi va biz uchun ham juda ko'ngilli bo'ladi!
Bekki biroz 0'3'lanib turdi-da, keyin:

  • Oyim nima der ekan? - dedi.

  • Oying qayoqdan bilar edi?

Qiz yana biroz o'ylanib turdi-da, keyin qat'iy bir qarorga kelmay turib:

  • Bunday qilishimiz aslida yaxshi emas-ku, biroq...

  • Xo'sh, nima «biroq»? Bo'lmagan so'zlarni qilasan-da. Oyhigbuni bilmaydi ham, bilgandaham nima? Bunda bir yomon ish yo'q-ku! U sening xavotirsiz, tinch yerda ekaningni bilsa bas. Agar oyingning esiga tushib qolganda, u o'zi ham o'sha yerga boraqol deb aytar edi. To'g'ri aytayapman senga!

Beva xotm Duglasning mehmon kutish yo'lida qozongan shuhrati hammaga ayon edi. Morojniyning lazzati va Tomning ishontirishlariqizning fikiridagi ikkilanishni yengib chiqdi. Bu ishni ular hech kimga bildirmaydigan bo'ldiJar.
Shu vaqt Tomningxayoliga: «Bordi-yu Gekxuddi shu kecha chaqirib qolsa-chi!» - degan fikr kelib qolib, bu fikr uning shodliklariga soya soldi. Lekin shunday bo'lsa ham u Duglas bevanikiga borib, uning morojnisini yeb, lazzatlanish fikridan qaytmadi. «Nega endi men o'zimni-o'zim shunday lazzatli narsadan mahrum qilayin? O'tgan kecha hech qanday chaqiriq nishonasi bo'lmadi-ku, bugun ham bo'lmas!» - der edi u o'zicha.
Bu kechani shodlik va lazzat bilan o'tkazish yo'lida oldiga kelib, tayyor bo'lib turgan paj't, mol-dunyoga bo'lgan umidini yengib chiqdi. Har qanday bola uchun ham odat bo'lganidek, u ham o'z istagiga berilib, pul bilan to'la sandiq to'g'risidagi hamma fikrini ertangi kungacha yig'ishtirib qo'ymoqchi bo'ldi.
Shaharchadan uch mil nari yurib borganlaridan keyin. ular tushgan kema daryo oqimi pastidagi bir keng chakalakzor yerga borib to'xtadi. Bolalar qirg'oqqa irg'ib-irg'ib tushib oldilar-da, ko'p o'tmay butun tog' va o'rmon ichlari bolalarning tovushlari va kulgilari bilan toiib ketdi. Bolalar qizishib o'z-o'zlarini charchatdilar-da, nihoyat qorinlari ochib, lagerga qaytib keldilar. Keyin hammalari bir yerga o'tirib olib, o'zlari olib kelgan liar xil shirin ovqatlarni yemoqqa kirishdilar. Ovqat tamom bo'lgandan keyin hammalari daraxt ko'lankalarida o'tirib olib, dam olib, o'zaro har bir masalada suh-batlasha boshladilar. Birozdan keyin bolalardan biri:
- Kim g'orga kirishni istaydi! - deb baqirdi. Bolalarning hammalari ham kirmoqchi bo'ldilar. Bir necha boylam sham topib olib, toqqa qarab tirmasha boshladilar. Corning og'zi bir balandlik tepa ustida bo'lib. uning shakli «A» harfiga o'xshar. Uning dub taxtasidan qilingan og'ir eshigi qulflanmagan edi.
Ichkari tomonda bir kemtik yeri bo'lib, uning ichi go'yo muzxonaga o'xshash sovuq edi. Atrofiga qattiq tabiiy ohak toshlari terilgan va ohak toshlari orasidan shudring kabi nam chiqib turar edi. Bu g'or ichida qandaydir bir sirli narsa bor. bu zimiston qorong'ilik ichidan quyosh nurlari bilan qoplangan dalalarga qarab turish, kishini juda sirli xayollarga cho'mdirar edi. Biroq, ko'p o'tmay bunday taassuratlar tarqab bolalar yana qaytadan g'uvurlasha boshladilar. Ulardan birovi sham yoqdi deguncha boshqa bolalar hammasi uning tepasiga yopirilar, sham ushlagan bola ulardan o'zini qutqarmoqchi bo'lar, shu ravishda kurash boshlanar, keyin bolaJardan birontasi uning qo'lidan sbamni yo o'chirar, yoki qoqib tusbirib yuborar edi-da, qorong'ilik ichida bolalar shodlanib qah-qah urishib kulishar va yana g'ovur-g'uvur boshlanar edi. Biroq har narsaning cheki bo'ladi. Bolalar sekin-asta tinchlandilar-da, katta yo'lak bilan birin-ketin tusha boshladilar. Miltillagan chiroq-larning xiragina shu'lasida tepasi oltmish fut chamasi balandlikda bir-biriga qo'sbilisbib ketgan tosh devorlar ko'rinib turar edi. G'or ichiga kiriladigan bu bosh yo'lning kengligi sakson futdan ortiq kelmas edi. Har bir qadam sayin uning ikki tomonidan yana boshqa torroq yo'llar kelib qo'shilib turar, chunki Mak-Dugal g'ori deb ataladigan bu g'or har tomonga tarmoqlanib ketgan va yana qaytadan qo'shiladigan, lekin chiqib ketadigan yo'li yo'q, qing'ir-qiyshiq, ilon izi kabi bo'lib ketgan, kishini adashtiradigan juda ko'p tor yo'lchalardan iborat edi. Kishilarning aytish-laricha, bu son-sanoqsiz kovaklar va tor yer osti yo'llari ichida kecha-kunduz yurib g'or ichidan chiqib ketishga yo'l topolmay yuraverish mumkin ekan. Chunki u yo'llar borgan sari pastgatushib borar va har bir joyda ustma-ust, kishi adashadigan poyonsiz yo'llar joylashgan; bu g'orning ichki yo'llarini yaxshi bilaman, deb biror kishi ham maqtana ohnas va uni bilib olish mumkin ham emas edi. Odat bo'yicha yoshlar uning kichikroq bir qismi bilangina tanishib chiqar edilar-da, o'zlariga tanish bo'lgan shu yerdan nariga o'tmas edilar. G'orni boshqalar qanday bilsalar, Tom Soyer ham shunchalik bilar edi.
Bolalar to'dalashib bosh yo'lak bo'ylab chorakam bir milga yaqin yo'l yui*dilar, keyin to'da-to'da va juft-juft bo'hb bo'lindilar-da, ikki tomondagi tor yo'laklarga kirib keta boshladilar. Shu tor yo'laklar ichida aylanib yurib, yo'laklarning qo'shilishgan yerlarida bular ham bir-birlariga duch kelishib qolar edilarda, yana ajralishib ketar edilar. Bunda g'orning hammaga «ma'lum» qismidan nariga chiqmay turib ham yarim soatlab bir-birlarini ko'rolmay yurish mumkin edi.
Bolalar sekin-asta to'da-to'da bo'lishib, hansirashib, charchagan va shodlangau holda boshlaridan oyoq-larigacha mo'm tomchilari bilan qoplanib va ust-boshlari tuproq bo'lib, sayohatlarining muvaffaqiyatli bo'l-ganidan quvonishib, birin-ketin g'ordan chiqib ketar edilar. Tashqarida kun endi kech bo'lib qolgauini ko'rgan bolalar, vaqtning qanday tez o'tib ketgaiiiga hayron qolar edilar. Kemadagilar orqaga qaytishga tayyorlaiiib, bularni yarim soatdan beri qo'ng'iroq chalib chaqirib yotar edilar. Kema bu quvnoq bolalarni olib, daryo qirg'og'idan jo'nab yo'lga tushar ekan, kema kapitanidan boshqa hech kim yo'qotgaii vaqtlari uchun zarracha achinmas edi.
Kemaning chiroqlari pristan yonidan ko'rinib o'tib borayotganda Gek allaqachon o'zinirig poyloqchiligiga chiqib turgan edi. Kemadan tovush eshitilmadi, bolalarning hammasi charchaganliklaridan jim bo'lishib, so'zlashmasdan ketib borar edilar. Gek bu kema kimniki ekan va nima uchun pristanda to'xtamay o'tib ketdi, deb biroz hayron bo'hb turdi-da, keyin uni esidan chiqarib yuborib, butun diqqatini o'z vazifasiga qaratdi. Soat o'nga borib zang urdi, ko'chada shaldirab o'tayotgan arava tovushlari ham bosildi: har yer-har yerda tarqoq holda ko'ringan chiroqlar ham bora-bora ko'zdan g'oyib bo'ldi. Shaharcha ham mudrab, kichkina soqchimizning yolg'iz o'zi qoldi. Soat o'n birda qovoqxonaning ham chirog'i o'chdi. Endi butun atrof qorong'ilik qo'yniga kirdi. Gek o'z nazarida juda ham uzoq vaqtlar kutib turgandek bo'ldi, lekin hech qanday hodisa yuz bermadi. Uning ishga bo'lgan ishonchi susaya boshlagan edi. Bu ishlar o'zi nimaga kerak? Poylab o'tirishga arziydimi? Bochka ichiga kirib olib uxlay berish yaxshi emasmi?
Uning qulog'iga qo'qqisdan yengilgina sharpa eshitildi. U o'zini hushyor tutib, diqqat bilan tinglay boshladi. Eshik sekingina yopildi. Gek g'ishtiii devorli saroy oldiga yugurib o'tib oldi. Oradan biror daqiqa o'tar-o'tmas, uning oldidan ikki kishi o'tdi. Ulardan binningqo'ltig'ida bir narsa borga o'xshab ko'rindi, o'sha sandiqcha bo'lsa kerak. Bular endi o'sha boylikni olib ketayotgan ekanlar-da! Endi nima qilish kerak. Tomni chaqiraymi? Men Tomni chaqirib kelgunimcha bular sandiqchani olib ketib qoladilar, keyin qayerdan axtarib topib bo'ladi? Yo'q, u shularning orqasidan poylaydi. Gek o'zicha shunday mulohazalarga borib, joyidan sekin-asta chiqdi-da, sichqonni poylagan mushukdek haligilarning orqalaridan bitta-bitta yurib ketdi. U oyoq yalang holda ulardan biroz uzoqroq, lekin ularning qorasini yo'qot-may yurib borar edi.
Ular daryo yoqalab borib, keyin chap tomonidagi bir ko'ndalang ko'chaga burildilar-da, tepalikka chiqib ketadigan so'qmoqyo'lgayetguncha to'ppa-to'g'ri yurib bordilar. Ular o'ylanib turmasdan, tepa yon-bag'ridagi uyni ham bosib o'tib, yarim yo'lda yuqoriga qarab chiqishda davom etdilar. «Ha, ha!» - deb o'yladi Gek o'zicha, «bular pullarni eski tosh qaziydigan yerga ko'mmoqchi ekanlar-da». Biroq ular tosh qaziydigan yerning oldida ham to'xtamadilar, undan nariga yuqo-rilab yurib borar edilar, keyin yana bir torgina egri-bugri yo'lga tushib olib, biroz yurganlaridan keyin tor, quyuq chakalakzorlar orasiga kirib ko'zdan yo'qoldilar. Gek qadamlarini ildamroq tashladi, chunki ular buni ko'rmas edilar. U ba'zan yugurib chopib ketar edi-da, keyin sekinroq yurar edi. Yana bir necha qadam yurgandan keyin butunlay to'xtab quloq sola boshladi. Hech bir tovush chiqmadi. Gek faqat o'z yuragining urganinigina eshitar edi. Tepaning ustidan bir boyo'g'lining mash'um tovushi keldi. Biroq ularning oyoq tovushlari eshitilmas edi. Nahotki mehnatlarim bekor ketgan bo'lsa? Gek endigina qaytib ketmoqchi bo'lib turgan edi, birdan o'zidan ikki qadam cbamasi yerda birov yo'taldi. Gekning nazarida, joni go'yo halqumiga irg'ib chiqqandek bo'ldi. Biroq u o'zini bosib olib, o'rnidan qo'zg'almay turaverdi. Hozir u o'ziga go'yo birdaniga isitma bezgak kelib yopishgandek, butun tanasi bilan qaltirar edi va shunday bo'shashib ketdiki, o'zini hozir xuddi yiqilib tushadigandek sezar edi. U hozir turgan yerini tanib oldi; hozir u beva xotin Duglasning hovlisi atrofidagi devordan besh qadam narida turar edi.
«Yaxshi, - dedi u, - shu yerga ko'mib qo'yaversinlar, harholda qidirib yiirishga to'g'ri kehnaydi».
Keyin hindi Joning tovushi eshitildi:
- Arvoh urgurning mehmoni bor shekilh, uyida shu vaqtgacha chiroq yonib turibdi, - dedi.
- Qayerda chiroq ko'rding? Menga ko'rinmaydi-ku!
Ikkinchi tovush - hindning o'rtog'iniki edi. Bolalar
uni sihrh uy yonida ko'rgan edilar. Geklberri Finning butun tanasini qaltiroq bosib ketdi. Bularning o'ch ohnoqchi bo'lgan kishilari shu ekan-da! Uning birinchi rejasi shu ondayoq qochib ketish edi, keyin u beva xotin Duglasning unga ko'p yaxshiliklar qilgani esiga tushdi. Bu kishilar balki uni o'ldirish maqsadidadirlar? U beva xotinning oldiga borib, uni bu to'g'rida ogohlantirib qo'yolmasligi uchun achinar, o'zining bu ishga botinohnasUgidan jahh chiqardi. Hindi o'rtog'iga javob berib ulgurmaguncha Gekning xayolidan mana shular va boshqa ko'p narsalar o'tib ketdi, keyin hindi o'rtog'ining so'ziga javob berib:
- Senga butazorlar yorug'ni pana qilayotgandir, beriroqqa kel, mana bu yerga, ha, ana endi ko'rdingmi?



  • Ha, endi ko'rdim. Uyida mehmonlari borga o'xshaydi: shu ishni qo'yaqolsak bo'bnaydimi?

  • Men bu yerlardan butunlay ketmoqchi bo'lib turibman. Bundan keyin shunday qulay fursat to'g'ri kela-dimi, yo'qrni, bu ishni qoldirib bo'ladimi?Men senga awal aytganimdek, yana takrorlayman: nienga uningpuli kerak emas, agar kerak bo'lsa, pulni sen olaqol. Lekin uning eri meni juda ko'p xafa qilgan, u xalq sudyasi bo'lib turib, meni bir necha marta qamoqxonaga qamagan. Baxti bor ekan, u mening qo'limga tushmay o'lib ketdi, biroq men endi alamini uning xotinidan olaman.

  • O'ldirish deysanmi? Men senga uni o'ldiraman dedimmi? Agar u bo'lganda edi, men uning o'zini o'ldirar edim, lekin uning xotinini o'ldirmayman. Xotin kishidan o'ch olmoqchi bo'lgan kishi uni o'ldirmaydi. O'ldirish nimaga kerak? Uning basharasini buzib, burnini majaqlab, cho'chqanikidek quloqlarini kesib qo'ysang bo'lgani...

  • Azbaroyi xudo, bu ishing...

  • Sen ko'p menga aql o'rgataverma, joningdan umiding bo'lsa tinch o'tiraver! Men uni karavotga bog'lab qo'yaman, agar u shunda qonsirab o'lsa, bu mening aybim bo'ladimi? Agar u o'lib qolsa, mening parvoyimga ham kelmaydi. Sen bo'lsang, menga yordam berasan, bu yerga kelishingning sababi ham shu. Men yolg'iz udda qilolmay qolarman. Agar qo'rqoqlik qilsang, awal boshlab seni biryoqlik qilaman, bildingmi? Agar men seni o'ldiradigan bo'lsam, u vaqtda u xotinni ham o'ldiraman, shunday qilsam, keyin bu ishning kim qilganini hech kim bilolmaydi.

  • Sen shuni xohlasang men nima ham der edim, qilsak qilamiz-da, qancha tez bo'lsa shuncha yaxshi. Badanlarimni titroq bosib ketdi.

  • Nima deysan? Hozir qilamiz deysanmi? Mehmonlar-chi? Yo'q, biz chiroq o'chguncha kutib turamiz, shoshi-lish kerak emas.

Gek endi bu qonxo'rlarning o'zaro suhbatlaridan nafasini ichiga yutib, bir qadam orqaga tisarildi. Buning uchun bir oyog'ini yerga qo'yib turib, ikkinchi oyog'i bilan oldin o'sha oyoq qo'yadigan yerni paypaslab-mo'ljallab oldi. Shunday ehtiyotlik bilan orqasiga qarab ikkinchi, uchinchi qadamni qo'ydi. Keyin yana va yana qo'ya boshlagan edi, birdan uning oyog'i ostida bir shoxcha qirsillab ketdi. Gekning nafasi ichiga tushib ketgan edi. Hech tovush yo'q, jimjitlik. U sevingandan nihollar orasidagi tor yo'ldan orqasiga burildi-da, tovush chiqarmay oyoqlarini ehtiyotlik bilan qo'yib tez-tez yurib ketdi. Tosh qaziydigan yerga yetib olgandan keyin, endi qo'rquv yo'qligiga ishonib, kuchining boricha chopib ketdi. Tepalikdan pastga qarab yeldek uchib borardi. Yo'ldagi fermer cholning uyiga yetib ohb, uning eshigini mushti bilan ura boshladi. Choi bilan uning ikkita azamat o'g'illari derazadan boshlarini chiqarib:

  • Nima shovqin? Kim u, taqillatgan? Nima kerak senga? - deb baqirdilar.

  • Meni tezroq ichkariga kirgizinglar, men hammasini aytib beraman.

  • O'zing kimsan?

  • Geklberri Finnman, tezroq kirgizinglar.

  • Geklberri Finn emish, uning so'zini qaranglar. Geklberri Finn bo'lsa, uning oldida hamma eshiklar ochila berishi shart emas. Shunday bo'lsa ham bolalar, sizlar eshikni ochib uni ichkariga olinglar, qani ko'ray-lik, unga nima bo'lgan.

  • Xudo xayr bersin, mening aytajak so'zlarimni hech kimga so'zlamanglar, bo'lmasa mening holim xarob bo'ladi. Lekin beva xotin menga har doim yaxbhilik qilar edi, shuning uchun men sizlarga so'zlab herayin. Shu so'zlarni meni aytdi, deb aytmaslikka so'z bersalaringiz, men sizlarga aytib beraman...

- Bolalar, buning so'zlari bejiz einas, bir narsani biladiganga o'xshaydi, - dedi cbol. - Qani, bolam, so'zlayver, biz hech kunga og'zhnizdan chiqarinayiniz. Oradan uch daqiqa vaqt o'tisbi bilan cbol va uning o'g'illari yaxshi qurollanganlari holda tepaJikning ustiga chiqib va to'pponchalarini o'qtalib, chakalakzor orasidagi yo'ldan bitta-bitta yurib borar edilar. Gek ularni o'sha tor yo'lakka olib borib qo'ydi-da, o'zi bormadi. O'zi bir katta toshning orqasiga o'tib olib, kuta bosbladi. Uzoq va entiktiruvcbi jimlik hukru surdi. Keyiii birdan ustuia-ust o'q ovozlari va kishilarning shovqinlari esbitildi. Gek buniiig davomini kutib turmadi. O'rnidan irg'ib turib va tepalikdan pastga qarab, oyoqlari yerga goh tegib, goh tegmay bor kuchi bilan chopib ketdi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə