Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə34/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

O'TTIZINCHI BOB
TOM BILAN BEKKI G'ORDA

Yakshanba kuni ertalab, tongyoriy boshlashi bilanoq, Gek kelib fermer cholning eshigini taqillatdi. Uydagilarning hainmasi hali uxlab yotishgan bo'lsalai-bam, kechasi tortgan tashvishlari tufayli tiq etgan tovushga ham uyg'onadigan darajada busbyor yotar edilar. Derazadan qarab:


- Kim? - deb baqirdilar.
Gek qo'rqqaii tovusb bilan:

  • Xudo xayr bersin, meni icbkariga kirgizinglar, men Gek Finnman, - deb javob berdi.

  • Bu ism oldida bizning eshigimiz har doim - kechasi bo'lsin, kunduzi bo'lsin, ochiq turadi. Marhamat qilsinlar! - dedi.

Haminavaqt har qayerda daydib yuruvchi bolaga bu so'zlai- juda ajoyib ohangda eshitildi. Bunday yoqimli so'zlarni u umrida hech eshitmagan, hatto qachon bo'lsa

ham biror kishining unga «marhamat qilsinlar!» deb aytganini eslayolmasdi.


Tezda eshik ochilib, Gek ichkariga kirdi. Unga joy ko'rsatdilar. Choi bilan uning ikki o'g'li bo'lsa shosbi-linch ravishda kiyinishda davom etardiJar.
- Xo'sh, bolam, sen juda och qolganga o'xshaysan, ammo bizning nonushtamiz birozdan keyin, quyosh chiqishi bilan tayyor bo'ladi, bundan xotirjam bo'l. Bolalarim bilan men bo'lsam, sen qaytib kehb, shu yerda yotib qolarsan deb o'ylagan edik.
- Men juda qo'rqib ketdim, - deb so'zlay boshladi Gek.
- Sizlar o'q ota boshlaganlaringizdan keyin men kuchim boricha chopdim, uch mil yergacha orqamga qaramay qochdim. Endi men sizlardan shu ishlarning qanday
bo'lganini bilish uchun, atayin yana shu la'natilarning garchi o'ligiga bo'lsa ham duch kelib qolmayin, deb juda erta keldim.
- Shunday bolam, bildim. Sening basharangdan butunlay uxlamaganing bilinib turibdi. Lekin buning zarari yo'q. Ana, o'rin tayyor, ovqatni yegandan keyin yotib uxlayverasan. Kechagi hodisaning natijasi bo'lsa, uncha yaxshi emas, bolam, ular o'lganlari yo'q, bizga shunisi alam qilib turibdi. Bilasanmi, ish mana shunday
bo'ldi: sening tushuntirishing bo'yicha biz ularning qayerda ekanliklarini bihb olgan edik. Bizlar ohistalik bilan bitta-bitta qadam qo'yib, ular turgan yerga juda yaqin bordik. O'sha yolg'iz so'qmoq yo'l, butalarning orasi yerto'ladek qorong'i emasmi? Biz borib to'xtadik, aftidan, ular bilan bizning oramizda ko'p bo'lsa besh qadamcha bo'lsa kerak. Birdan aksirib yuborsam bo'ladimi? Juda ham noqulay ish bo'ldi-da! O'zimni bir
iloj qihb to'xtataman, desam ham bo'lmadi, aksirganim - aksirgan, to'pponchamni o'qtalib hammadan oldinda borar edim. Aksirib yuborishim bilanoq o'g'rilar o'rinlaridan turib, qocha boshladilar. Men bolalarimga otinglar, bolalar!» - deb baqirdim-da, o'zim ham o'q uzdim, bolalarim ham otdilar. Lekin uchovimizning ham o'qimiz tegmay o'tib ketgan bo'lsa kerak. O'g'rilar qochib ketdilar. Ular o'rmon oralab qochdilar, biz orqalaridan quva boshladik. Keyin ular to'xtab, bizga qarab o'q otdilar, lekin ularning o'qlari bizga zarar yetkazmay, yonimizdan vizillab o'tib ketdi. Keyin ularning oyoq tovushlari ham eshitilmay qoldi. Biz ham ularni quvish-dan to'xtab. tepalikdan pastga tushib politsiyalarni ishga soldik. Ular bir necha kishini yuborib suv bo'yini po}'latib qo'ydilar; ertalab tong otgandan keyin sherif o'rmonchini tintishga buyurdi. Shunda mening bolalarim ham birga bordilar. Sen bizga ularning qay tusda ekanliklarini tasvirlab bersang yaxshi bo'lar edi. Bu bizga ancha yordam berardi. Ammo sen qorong'ida ularning tuslarini ham aniqlab ololmagandirsan?

  • Yo'q, men ularni oldin shaharda ko'rib, keyin orqalaridan tushgan edim.

  • Juda yaxshi! Qani, aytib ber bo'lmasa, ularning tuslari qanday?

  • Ulardan biri so'nggi vaqtlarda shaharni oralab yuruvchi jingalak ispaniyalik chol. ikkinchisi bo'lsa ust-boshlari uvada, chirkin ko'rinishli bh' kishi...

- Bo'ldi, bo'ldi, azizim, shu aytganlaringning o'zi kifoya... Biz ularning kimlar ekanini bilamiz. Biz kecha ularni o'rmonda ko'rgan edik, ular beva xotinning uyi
oldida tentirab yurar edilar, bizni ko'rishlari bilan qochib ketdilar. Qani. bolalar, endi tezr'oq sherifning oldiga boringlar, ovqatni bo'lsa keyin yersizlar.
Cholning bolalari o'sha ondaj'oq chiqib ketdilar. Ular eshikning oldiga qarab jo'naganlarida Gek ularning orqalaridan yugurib borib:
- Xudo xayr bersin, bularni sizlarga xabar beruvchi men ekammni ularga bildirmanglar. Xudo xayr bersin. Sizlardan o'tinchim shu! - dedi.
- Durust, agar sen buni istamas ekansan, biz bu gapni ularga bildirmaymiz. ammo sen hech qanday yomon ish qilganing yo'q-ku.
- Yo'q, yo'q, Xudo xayr bersin, sira ayta ko'rmanglar.
Bolalari chiqib ketganlaridan keyin chol Gekka qarab:
- Ular aytmaydilar, men ham aytmayman. Lekin nima uchun buning oshkora bo'lishini istamaysan?
Gek: «Agar buni aytib berganimni bilsalar, ular meni albatta o'ldiradilar», dedi.
Choi bu sirni hech kimga bildirmaslikka yana bir marta va'da berib, Gekdan yana:
- Bolam deyman, ularning orqasidan poylab ynrish sening xayolingga qayoqdan keldi? Nima bo'ldi, ular senga juda shubhah bo'lib ko'rindilarmi? - deb so'radi.
Gek o'z sirini sezdirib qo'ymaslik yo'lida turli baho-nalar qidirib, ancha vaqt indamay turgandan keyin:
- Bilasizmi. mening turniushim juda yomon, o’zim ham juda xarob bo'lib qolgan bir bolaman. Harholda mana shunday ahvollarim hammasi bunga qarshilik qilmasligi uchun dalil bo'la oladi. Ana shuning uchun men ba'zida kechalari uxlamay, qanday qilib bo'lsa ham boshqacha turmush kechirsam ekan deb, o'ylab yotaman. O'tgan kecha ham xuddi shunday bo'ldi. Uyqim kelmadi. Butunlay bu haqda o"ylab, yarim kechagacha ko'chada aylanib yurdim, qovoqxona yonidagi eski g'ishtin saroy oldidan o'tib borar edim, devor yonida o'ylanib turib qoldim. Birdan ikki kishi chiqib o'tib qoldi. bittasining qo'ltig'ida bir narsa bordek kohndi. Men buni, albatta biror yerdan o'g'irlab olib ketayotgandirlar, deb o'yladim. Ulardan biri papiros chekib borar edi.
Ikkinchisi ham mendan ikki qadam yerda to'xtab papiros chekdi, papirosdan chiqqan yorug'lik tufayli men ulardan biri o'sha novcha, ispaniyalik kishi ekanligini bildim, -
men uni faqat chekkalariga qo'yilgan oq soqollaridan tanidim. Ikkinchisi esa o'sha usti-boshi uvada, iflos kishi edi.
- Shu papirosning yorug'ida sen uning uvada- larigacha ko"rib oldingmi?
Gek bir nafas uyalib, iiidamay turdi.

  • Qanday boiganini bilmadim. harholda shuni anglab olgan bo'lsain kerak.

  • Xo'sh, shunday qilib ular ketdilar, sen ninia qilding?

- Men ularning orqalaridan ketdim. Hammasi shunday bo'lib ehiqdi. Men ularning nima ish qilib yurganlarini bilmoqchi bo'ldim. Ular borgan sari yuqoriga chiqib borar edilar, men ham ular beva xotin- ning devori yoniga yetib borgunlaricha orqalaridan
chiqib bordim. Kevin o'sha yerda, qorong'ilikda quloq solib tura boshladhn. Usti-boshi uvada kishi beva xotinni yoqlar edi. Ispaniyalik esa uni burdalab tashlayman, deb
qasam ichar edi. Buyog'ini men sizlarga aytib bergan edim...
- Nechuk! Shularning hammasini o'sha jingalak so'zladimi?
Gek har narsa qihb bo'lsa-da, ispaniyalikning kini ekanini chol xayoliga ham keltirmasligi uchun harakat qilar. U bir necha marta o'zini o'nglab olishga urinsa ham, chol undan ko'zini ohnay turar va u damba-dam so'zida yanglishar edi. Nihoyat, chol:
- Bolam, mendan qo'rqmay so'zlayver. Men hech vaqt seni tutib berib, sharmanda qilmoqchi emasman. Aksincha, men seni hunoya qilmoqchimau. Bu ispaniya­lik emas, sen bilmay so'zlab qo'yding-da, endi so'zingni qaytib ololmay turibsan. Sen shu ispaniyalik to'g'risida biror narsa biisang ham, aytniay turibsan, shundaymi?
Kel, endi menga ishonaqol, hammasini aytib ber, men hech kimga og'zimdan chiqarmayman.
Gek cholning adl ko'zlariga tikilib turdi-da, keyin engashib, uning qulog'iga shivirlab:
- U - ispaniyalik emas, u kislii - hindi Jo! - dedi.
Choi o'tirgan kursisidan ag'darilib tushayozdi.
- Bo'ldi, endi hamma gap ina'lum bo'ldi, endi tushundim, - dedi u. - Sen quloqlarini va burunlarini kesish to’g’risida so'zlaganingda, bu gaplarni o'zing
to'qigandirsan deb o’ylagan ediui. Lekiii hindi Jo bo"lsa, albatta, taniom boshqa gap.
Nonushta ustida ulaming suhbatlari davom etdi. Shu bilan birga chol o'shalarning orqasidan chiqib ketayotgan vaqtda fonus yoqib, devorning ustini va qo'shnining yerlarini qon izi yo'qmi ekan, deb qarab chiqqanini so'zladi. Qon izlari yo'q edi, ular bir katta tugun topib oldilar...
- ICHIDA NIMASI BOR EKAN?
Bu so'zlar bolaning oqarib ketgan lablaridan o'qdek otilib chiqqan edi. U o'zini yo'qotib qo'yib, ko'zlarini javdiratgan holda zo'rg'a nafas olar va javob kutib, cholning og'ziga tikilib qarab turar edi. Choi ham o'z navbati bilan javob berishdan oldin uch, besh, o'n soniya chamasi unga tikilib qarab turdi-da, keyiri:
- Tugun ichida o'g'rdarning asboblari bor edi. Lekhi senga nuna bo'ldi?
Gek shu so’zlardan ancha yengil tortib, o'zini kursining orqa suyanchig'iga tashlab, yengil nafas ola boshladi. Choi unga jiddiy ravishda va qiziqib qarab turar edi.
- Ana shunday, bir boylam o'g'rilar asbobi ekan. Bu gap, aftidan, seni ancha tinchlantiradiganga o'xshaydi. Lekhi sen nuna uchun bunday qo'rqib ketding? Ularnuig
topib olgan narsalarini nhna deb o'ylagan eding?
Gek nuna deb javob berishini bilmay, juda xijolatda qoldi. Bola shu vaqt birorta o'rinli javob topish uchun, bor-yo'g'ini berishga rozi, lekhi unmg o'yiga hech narsa kelmas edi. Cholnmg sinovchan o'tkir ko"zlari bo'lsa, borgan saii uning yuragiga kirib borayotgiindek sezilai-edi. Eng bo'linag'ur bir javob to'g'ri kelib qoldi, lekin u ni o'ylab o'tirishga vaqt bo'lmaganidan, Gek o'ylab turmay:
- Men sizni... yakshanba kungi maktabda o'qiladigan kitoblarni topib olgandirsiz, deb o'ylagan ediin, - dedi. Bola bechora juda xafa bo'lganidan, yuzida jilmayish alomati ham sezilmadi, chol bo'lsa shodlik bilan qattiq xoxolab kulib yuborganidan, uning butun og'ir gavdasi tebrandi. Nihoyat, to'ygnncha kulib bo'lganidan keyin, bunday kulgi, kishiga ancha iqtisodiy jihatdan foydali bo'lib, kishini doktor va dorivorlarga bo'ladigan chiqimlardan qutqazadi», - dedi.
- Bola bechora-ey! - der edi u, - sen juda charchab qolgansan, ranglaring oqarib ketgan, anchagina tobing yo'q bo'lsa kerak. So'zingdan biroz yanglisha-yotganingning sababi hain shu. Ha, bular hech gap emas, yaxshi bo'lib qolasan. Uxlab dam olsang, hushyor bo'lib qolasan.
Gek o'zining alnnoqligi va o'zini-o'zi tuta bilma-ganligi uchun o'kinar edi, - axir u yovuz-o'g'ri odam-larning gaplaridan, o'sha joyda, ya'ni tepalikdagi so'qmoq yo'l oldida ular beva xotinni uchratganliklarini va qovoqxonadan keltirgan tugunlarida hech qanday xazhia bo'lmaganligini fahmlagan edi-ku! Ammo u faqat bir gumon bo'lib, buni Gek tushunmay o'sha san-diqchadir, deb o'ylab, hovliqib ketgan edi.
Harholda u endi tugundagi narsaning nima ekanini bilib, juda tinchlandi. Aftidan, hamma ish ham joyida edi. Sandiqchalar hozirgacha ham ikkinchi nomerda bo'lsa kerak, o'g'rilarning bo'lsa, bugun ikkovlarini ham ushlab oladilar, shu bugun kechasi bo'lsa u bilan Tom birga borishib, bemalol va qo'rqishmasdan sandiqchani ko'tarib kelaveradilar.
Ular endigina nonushta qilib bo'lgan edilar, eshikni birov qoqdi. Gek tezlikda biror yerga yashirinmoqchi bo'ldi, chunki kechasi yuz bergan voqeaga qanday bo'lsada aloqasi borligidan biror kishining ham gumon-siramasligini xohlar edi. Choi eshikni ochganidan keyin, uyga beva Duglas bilan bir necha yosh erkak va xotinlar kirib keldilar. Beva Duglasning hovlisiga qarash uchun bir to'da bolalar tepalikka tirmashayotganliklarini ko'rdilar. Bu voqea hammaga oshkor boigan edi.
Choi kelgan kishilarga kechasi yuz bergan voqeani so'zlab berdi. Beva xotin o'zining o'limdan qutulib qolgani uchun unga minnatdorlik bildirar edi.
- Xonim, bu to'g'rida menga biror so'z ham aytmang! Boshqa bir kishi bor, mendan ham, mening o'g"illarimdan ham, hammamizdan ham o'shanga ko'proq minnat-dorchilik izhor qilgaysiz. Biroq u menga o'zini bildiri-shimga ijozat bermadi. Agarda o'sha bo'lmaganida, siznikiga borish bizning xayolimizda ham yo'q edi.
Albatta, o'z-o'zidan ma'lum, uning bu so'zlari kampirni shunday qiziqtirdiki, uning so'zlaridagi eng asosiy voqealar ham orqaga surilib qoldi va ko'p o'tmay bu gapni bilish yo'lidagi qiziqish butun shaharga yoyildi. Lekin o'z mehmonlarining sabrsizliklariga cholning rahmi kelmadi va bu sirai oshkora qilmadi. Bundan boshqa xabarlarning hammasini bilib olgandan keyin, beva xotin:

  • Men karavotda kitob o'qib yotib, uxlab qolibman va butun kecha bemalol, juda tinch uyquda yotgan ekanman. Nima sababdan kirib meni uyg'otmadingiz?

  • Buni sizga aytib yurmaylik, dedim. Bu la'natilar endi yo qaytib kelar, yo kelmas, deb o'yladim. TJlar o'zlarining butun asboblarini eslaridan chiqarib qoldirib ketganlar, bir narsa qilmoqchi bo'lganlarida ham asbobsiz hech ish qilolmas edilar. Shunday bo'lgandan keyin sizni uyg'otish nimaga kerak? Sizni qo'rqitish uchunmi? Bundan tashqari mening uchta negrim tunning butun qolgan qismini sizning uyingiz atrofini poylab o'tkazdilar, ular hozirgina qaytib keldilar.

  • Bu mehmonlar ketib, yana boshqa kishilar keldi. Shu zayilda cliol uch soat davomida o'z hikoyasini qayta-qayta takrorlash bilan mashg'ul bo'ldi.

Shu kuni ertalab maktabda odatdagidek, yakshanba kungi mashg'ulotlar bo'lmadi, lekin shunday bo'lsa ham bu voqeani yaxshilab sozlashib olish uchun cherkovga yig'ilishdilar. O'g'rilarni topa olmaganlarini hamma bilib qolgan, xalq o'rtasidagi so'zlar tamom bo'lganidan keyin Techerning xotini xalq o'rtasidan oralab missis Garperning oldiga o'tib borib:

  • Nima gap, qiziui Bekki bugun kuni bo'yi uxlaydiiiii deyman? O'zim ham uni juda charchab qolar, deb o'ylagan edim.

  • Sizning Bekkingizmi?

  • Ha, mening qizim-da! - u ajablanib qaraydi.- Bugun siznikida yotib qolgani yo'qmi?

  • Yo'q-a!

Missis Techerning rangi o'chib, cherkov kursisiga o'tirib qoldi. Xuddi shu vaqt Polli xola o'zining o'rtog'i bilan nhnalar to'g'risidadh' so’zlashib, o'tib borar edi.
- Esonniisiz, missis Techer! - dedi Polli xola -Salomatmisiz, missis Garper. Mening bolam tag'in yo’qolib qoldi-ya. Men Tomni sizlarning birortan-giznikida yotib qolgan bo'lsa, mendan qo'rqqanidan endi cherkovga bormay o'tirgandir, deb o'ylagan edim.
Missis Techer sekingina boshini chayqab qo"ydi-da, rangi awalgidan ham ortiqroq o'chib ketdi.
- U biznikida yotgani yo'q. - dedi missis Garper. Endi u ham tashvishlana boshladi.
Polli xolaning chehrasida ham tashvish alomatlari sezildi.

  • Jo Garper, bugun ertalab bolam Tomni ko'rgan edingmi? - deb so'radi u.

  • Yo'q, ko'rganim yo'q.

  • Sen uni so'nggi daf a qayerda ko'rgan eding.

Jo buni esiga tushirish uchun urinsa ham hech narsa deb javob bera olmadi. Cherkovdan chiqib kelayotganlar to'xtab, bularning so'zlariga quloq sola boshladilar. Xalq o'zaro shivirlashar, ularda tug'ilayotgan bezovtalik alomatlari basharalaridan sezilib turar edi. Bolalarga har tomondan har xil savollar tushar edi. Sayildan qaytib kelayotganlarida kemada Tom bilan Bekkining bor-yo'qligini ulardan hech kim bilmas ekan. Qorong'ida ularni hech kim ko'rmagan va bolalarning hammasi tugalmi, deb hech kim surishtirib ko'rmagan ham. Bolalardan biri chidab turolmasdan:
- Demak, ular g'orning ichida qolgandirlar! - dedi. Missis Techer hushidan ketib yiqildi. Polii xola bo'lsa o'zining qo'llarini qayirib, faiyod sohb yig'lar edi.
Bu vahimali xabar og'izdan-og'izga, bir to'dadan ikkinchi to'daga, bir ko'chadan ikkinchi ko'chaga o'tib yura boshladi. Oradan besh daqiqa o'tgandan keyin butim qo'ng'iroqlarni jaranglatib, xalqni chaqira boshladilar. O'g'rilar butunlay esdaii chiqib ketdi. Otlarni egarlab qayiqlarni yecha boshladilar. Katta kemani olib kelish uchun kishilar yubordilar, yarim soatdan keyin ikki yuzga yaqin kishi daryo va quruq yo'l bilan g'or tomonga qarab jo'nadilar.
Shahar ichi kun bo'yi o'lik bir tus oldi, - u tamoman huvillab qolgan edi. Missis Techer bilan Polli xolaning oldiga kun bo'yi qo'ni-qo'shnilar kirishib, ularni yupatmoqchi bo'lishar va ular bilan birgalashib yig'lashar edilar, bu esa har qanday yupotuvchi so'zdan ham yaxshiroq bo'hb chiqar edi.
Shahar ichidagilar butun tun entikib, xabar kutdilar. lekin ertalab tong yorishishi bilanoq g'ordan yurgan kishilarga ovqat va sham olib ketish uchun kishi keldi. Missis Techer bilan Polli xolaning tashvishlari son-sanoqsiz edi. Sudya Techer bularga aucha dadillik beradigan xat yuborsa ham, bu xatlar tinchlantirmas edi. Ertasi kuni, g'ira-shira tong paytida fermer chol butun ust-boshlari yog' va loyga bo'yalgau holda uyiga qaytib keldi. U, Gekni o'zlari yotqizib ketgan o'rindan topdi. Bola isitmalab va dovdirab yotar edi. Doktorlarning hammasi xalq bilan birga g'orda yurganliklari uchun kasalga beva xotin Duglasning o'zi qaray boshladi. U xoh yaxshi bo'lsin, xoh yomon bo'lsin, qarovsiz qoldirib bo'ladimi, uning uchun kuchim yetganicha harakat qilamau, der edi. Choi esa Gekni yaxshi bola dedi. Beva xotin buni ma'qulladi: - Siz judayam to'g'ri aytasiz. Xudo tomonidan yaratilgan har bir maxluqqa tamg'a qo'yilgan. Xudo tomonidan yaratilgan har bir jon egasi uning ne'matiga sazovor bo'lmasdan qolmaydi.
Kun tushga yaqinlashganda, yo'qolgan bolalarni izlashib ketgan kishilar ularni topishdan uinidlarini uzib, nilioyat charchab, birin-ketin qaytib kelar edilar; ularning orasidagi ba'zi bir g'ayratliroqlari hamon qidirishda davom etardilar. Qaytib kelganlardan qoniqarli javob eshitmadilar, ular faqat g'orning har bir burchaklarigacha borib qaraganlarini, uzoqlarda o't alangasi ko'rganliklarini, kishilarning baqirishganlarini va miltiq tovushlari eshitganliklarini so"zlar edilar. Bir yerda, odatda sayohatchilar boradigan yerlardan nariroqda, bir toshga sham tutuni bilan iz solinib: «Bekki va m» degan ikki so'z yozilganini ko'rgan emishlar va xuddi o'sha yerdan yog' tomchilariga belanib yotgan bir bo'lak lenta topib olib kelganlar. Missis Techer lentani tanib yig'lab yuborgan. Ba'zilarining aytish-laricha, kishilar ba'zan uzoqda miltillab yongan chiroqni ko'rishib, hammalari shodlanishib o'sha tomonga yugurib borishar, u yerda bolalar o'rniga o'z sherik-laridan biror kishining yurganini bilishib, xafa holda qaytib kelishar ekanlar.
Shu ravishda uch kecha va uch kunduz dahshat bilan o tdi. Soatlar ham birin-ketin salmoqli va qayg'uli bo'hb o'tib borar, nihoyat, butun shahar xalqi qandaydir bir nmidsiz xayolga g'arq bo'hb yotar edi. Hech kimning qo'h ishga bormas, qilayotgan ishlari qo'Uaridau tushib ketar edi. «Hushyorlik jamiyati» oshxonalaridan birining egasi o'z nomerlaridan bittasida yashirincha araq saqlaganligi to'g'risidagi yangigina tarqatgan xabari ham hech kimni ajablantirmas edi. Gek o'zining ahvoli durustroq bo'lgan vaqtlarda oshxona to'g'risida so'z ochdi va biror yomon xabar eshitishdan qo'rqa-qo'rqa: «Men kasal bo'lib yotgan vaqtimda, jamiyatning oshxonasidan biror narsa topdilarmi, - deb so'radi.
- Ha, topgan emishlar, - deb javob berdi beva xotin.
Gek beva xotin Duglasga ko'zlarini chaqchaytirib, o'rnidan irg'ib turib o'tirdi.
- Nima? Nima topgan enhshlar?
- O'tkir ichkiliklar. Araq topgan emishlar... Oshxona ham berk ekan... Yot bolam. Sen meni juda qo'rqitib yubording!
- Men faqat shuni aytib beringlar, faqat shunigina aytsalaring bas. Ularni kim topgan? Tom Soyer topganmi?
Beva xotin o'zini tutolmay yig'lab yubordi.
- Qo'y endi, bolam, ko'p urinaverma: men senga aytdim-ku, senga ko'p so'zlashish yaramaydi. Sen juda kasal san.
«Demak, araqdan boshqa hech narsa topmaganlar, basharti pullarni topib olganlarida, butun shahar ichi ostin-ustun bo'hb ketar edi. Demakki, o'sha boylik qo'ldan ketgan, abadiy yo'qolgan... Ammo u nima uchun yig'laydi? Juda qiziq! Uni yig'latadigan hech bir sabab yo'q-ku?».
Gekning xayolida mana shunday fikrlar aylanib yurar edi; u shunday fikrlardan charchab, nihoyat uxlab qoldi.
- Bola bechora endi uxladi-ya, - dedi o'z-o'zicha beva xotin. - « m Soyer topib olgan emish!» Qani endi, Tom Soyerni borib topib ol-chi! Tom Soyeringni axtarish uchun jasorati va kuchi yetadiganlar endi kamdan-kam qoldi.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə