Tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish



Yüklə 36,98 Kb.
səhifə1/14
tarix22.03.2024
ölçüsü36,98 Kb.
#181046
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Korxona resurslari

Korxona resurslaridan oqilona foydalanish yo`llari

Reja:

  • Tabiiy sharoit va «Tabiiy resurs» tushunchalarining mazmuni va mohiyati.
  • O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy - geografik o’rni hamda tabiiy sharoitining bahosi.
  • Mamlakatda mavjud mineral resurslar, ularning geografiyasi, ahamiyati, zaxiralari
  • Tabiiy resurslarning tasnifi va ulardan oqilona foydalanish yo’llari.

«Tabiiy sharoit» va «Tabiiy resurs» keng qo’llaniladigan tushunchalar qatoriga kiradi.

«Tabiiy sharoit» va «Tabiiy resurs» keng qo’llaniladigan tushunchalar qatoriga kiradi.

«Tabiiy sharoit» - biron bir ob’ektga aloqador bo’lgan tabiatning barcha jihatlarini o’ziga qamrab olgan bo’lib, juda keng ma’noga ega tushuncha. Mantiqiy yondashuv sharoit nimaga taalluqli ekanligini aniq ko’rsatilishini, ya’ni «sanoatni rivojlantirishning tabiiy sharoiti», «dehqonchilikni rivojlantirishning tabiiy sharoiti», «temir yo’l qurilishining tabiiy sharoti», «inson hayotiy faoliyatining tabiiy sharoiti» va h.k. tarzda ifodalashni talab qiladi.


Demak, «tabiiy sharoit» tushunchasini insonni qandaydir faoliyati bilan uzviy bog’liq holda tahlil etish maqsadga muvofiqdir.
«Tabiiy resurslar» tushunchasi «tabiiy sharoit» tushunchasiga nisbatan tor ma’noga ega bo’lib, u tabiat bilan inson faoliyati o’rtasidagi aloqani bevosita ifodalaydi.
«Tabiiy sharoit» va «tabiiy resurslar» tushunchalari iqtisodiy kategoriyalardir. Shu bilan birga tabiatning moddiy elementlari bo’lgan «tabiiy sharoit» va «tabiiy resurslar»ning shakllanishi, o’zgarishi va joylashishi tabiat taraqqiyotining ob’ektiv qonuniyatlari asosida amalga oshadi.
Inson hayoti va faoliyatida juda muhim ahamiyat kasb etuvchi tabiat elementlari ikki asosiy guruhga: moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi (tabiiy resurslar) va qolgan barcha (tabiiy sharoit) elementlarga bo’linadi. Aniqroq qilb aytganda, «tabiiy sharoit»ga tabiatning barcha elementlari kiradi.

Yüklə 36,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə