Tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish



Yüklə 36,98 Kb.
səhifə2/14
tarix22.03.2024
ölçüsü36,98 Kb.
#181046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Korxona resurslari

Tabiiy resurslar esa tabiiy sharoitning bir turi sifatida namoyon bo’ladi. Demak, «tabiiy sharoit» inson hayoti va faoliyatini belgilab beruvchi, lekin ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan tabiat elementlaridir. Tabiiy sharoit va moddiy resurslar majmuasi jamiyat taraqqiyotining tabiiy-moddiy omillari hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy - geografik o’rni hamda tabiiy sharoitining bahosi

O’zbekiston Respublikasi - qulay iqtisodiy geografik o’ringa ega bo’lgan mamlakatlardan biri. U O’rta Osiyoning Markaziy qismida, Amudaryo va Sirdaryo kabi yirik daryolar oralig’ida joylashgan. Mamlakat hududi G’arbdan Sharqqa deyarli 1,5 ming km.ga, Shimoldan Janubga esa 1,0 ming km.ga cho’zilgan. Hududining kattaligi jihatidan O’zbekiston qator Yevropa davlatlari Buyuk Britaniya, Daniya, Shveytsariya, Avstriya birgalikda olgan maydonidan ham oldinda turadi, hamda jahon mamlakatlari ichida 53-o’rinni egallaydi.


Respublika Shimoli-g’arbda Qozog’iston, Sharq va Janubi-Sharqda Qirg’iziston va Tojikiston, g’arbda - Turkmaniston, Janubda - Afg’oniston bilan chegaradosh.
Umumiy chegarasining uzunligi - 6221 km. Shu jumladan, Qozog’iston bilan - 2203 km, Qirg’iziston bilan - 1999 km, Tojikiston bilan - 1161 km, Turkmaniston bilan - 1621 km va Afg’oniston bilan 137 kmni tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasida mavjud tekislik va tog’ relefi o’ziga xos ravishda birlashib ketgan. Tekisliklar respublikaning Janubi – G’arbiy va Shimoli-G’arbiy qismlarida joylashgan va Ustyurt platosi, Amudaryo deltasi tekisliklari hamda Qizilqumdan iborat. Qizilqumning janubiy chekkalari, aniqrog’i Sandiqli qumlari, Qarshi dashti va Mirzacho’lning sharqiy qismi tekislikni asta-sekin tog’oldiga o’tish zonalarini tashkil etadi.
Respublika hududining uchdan bir qismini tashkil etuvchi tog’ va tog’oldi zonalari mamlakatning sharqi va janubi-sharqida joylashgan.

O’zbekistonning tog’li qismi g’arbiy Tyanshan va Hisor-Oloy tizimlariga taalluqli. O’zbekistonning eng baland joyi Xazrati Sulton cho’qqisi - 4643 mga teng. Tog’lar oralig’ida juda katta miqyosdagi botiqlar, jumladan Farg’ona vodiysi, Toshkent-Mirzacho’l tekisligi, Sanzor-Nurota botig’i, Zarafshon vodiysi, Surhondaryo va Qashqadaryo botiqlari joylashgan. Farg’ona vodiysi juda katta tog’ oralig’i botig’idir. U g’arbdan sharqqa 370 kmga cho’zilgan, kengligi 190 kmga yetadi. Uch tarafdan tog’lar bilan o’ralgan faqat g’arb tomondan (Xo’jand darvozasi joylashgan) ochiq joylashgan Kaliforniya shtati raqobatlashishi mumkin.


Yüklə 36,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə