Tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish



Yüklə 36,98 Kb.
səhifə9/14
tarix22.03.2024
ölçüsü36,98 Kb.
#181046
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Korxona resurslari

Ko’mirning boshqa ikki koni Surxondaryo viloyatidagi Sharg’un va Boysunda joylashgan. Ushbu konlardagi toshko’mir qatlamlari qalin emas. 1990 yillardan keyingi davrda ko’mir qazib chiqarish hajmi keskin qisqardi, hamda 1999 yilda 2,8 mln tonnani tashkil qildi, xolos. Vaholanki, respublikaning ko’mirga bo’lgan extiyojlari yiliga 8-9 mln tonnani tashkil etadi. Bunday holat tarmoqni rivojlantirishga bo’lgan e’tiborning yetarli emasligidan dalolat bermoqda. Ana shunga o’xshash muammolarni ijobiy xal qilish maqsadida 1994 yillarda «Ko’mir» aktsionerlik birlashmasi tuzildi.

Mamlakatmiz metall qazilmalarga ayniqsa, rangli metallar rudalariga boy. Bu o’rinda oltin, kumush, qo’rg’oshin, ruh, mis hamda yer bag’rida kam uchraydigan metallar zahiralari juda katta ekanligini aytib o’tish zarur.

Hozirgi vaqtda 40 ta qimmatbaho metal konlari qidirib topilgan.

Hozirgi vaqtda 40 ta qimmatbaho metal konlari qidirib topilgan.

Qimmatbaho rangli va radioaktiv metallar tarkibida birga uchraydigan foydali komponentlar sifatida kamyob va nodir elementlarning kattagina miqdordagi zahiralari jamlanganki, bu ularning qiymatini ancha oshiradi.

Mamlakatimiz oltin, uran, mis, volfram, qo’rg’oshin, ruh va shu guruhlarga kiruvchi boshqa eng muhim foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralari va ularning ko’paytirish istiqbollari bo’yicha nafaqat MDҐ mamlakatlari o’rtasida, balki butun dunyoda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi.


Masalan, oltinning tasdiqlangan zahiralari bo’yicha O’zbekiston dunyoda 4-o’rinda, uni qazib chiqarish bo’yicha 7-o’rinda turadi.
O’zbekiston dunyoda ulkan oltin resurslariga ega bo’lgan mamlakatlar qatoriga kiradi, 41 ta oltin koni, shu jumladan 33 ta oltin-ma’dan koni qidirib topildi. Yevrosiyo qit’asida eng yirik hisoblangan Muruntov koni jahondagi ulkan konlar qatoriga kiradi.

Samarqand viloyatida oltin ma’danli Zarmiton va boshqa oltin konlari axtarib topildi. Shu konlarni o’zlashtirishni jadallashtirish bo’yicha o’tkazilayotgan tenderda dunyoda katta nufuzga ega bo’lgan Avstraliya kompaniyasi g’olib deb topildi. Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinida infratizimi yuksak darajada rivojlangan Qizilolmasoy va Ko’chbuloq konlari topildi. Endilikda, ushbu konlarda cheklangan hajmda qazib chiqarish ishlari olib borilmoqda. Ana shu konlarni o’zlashtirish bo’yicha o’tkazilgan xalqaro tenderda mashhur Yaponiya kompaniyalari g’olib chiqishdi.


Yüklə 36,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə