Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


MEFF POTTERNING QUTQAZILISHI



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə27/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

MEFF POTTERNING QUTQAZILISHI
Nihoyat shaharchadagi uyquli holat tebrandi -judayam kuchli tebrandi. Doktorni o'ldirganlar usti-dan sud kuni belgilandi. Hamma shahar xalqining og'zida faqat shu so'z. Gap-so'zdan qochib qutu-ladigan yer yo'q edi. Odam o'ldirish to'g'risidagi har bir ishora Tomning tomiridagi qonlarini to'xtatib qo'yar, go'yo bu so'zlar uning oldida bejiz so'zlani-layotgani yo'q edi. U Gek bilan biroz yuragini bo'sha-tish ilinjida edi, bu bilan u o'zining g'ain-g'ussalarini o'zi bilan birga jafo chekkan kisbiga so'zlainoqchi bo'ldi, uni bir xilvat yerga olib bordi. Bundan tash-qari u Gekning ichida gap saqlay olish-olmasligini bilmoqchi edi.

  • Gek, sen shu ish to'g'risida biror kishiga so'zlagan edingmi?

  • Nimani?

  • Nimaligini o'zing bilasan-ku...

  • Albatta hech kiniga aytganim yo'q.

  • Biror so'z ham aytmadingini?

  • Hech bir. Agar yolg'on so'zlasam, meni hozir yer yutsin. Sen bum' nima uchun so'rayapsan?

  • Shunchaki so'rayapman. Qo'rqqan edim.

  • Men senga aytsain, Tom Soyer, agar bu to'g'rida og'zimizdan biror so'z chiqib ketsa, boshimiz ketdi deyaver. O'zing yaxshi tushunasan.

Tom biroz yengil tortgandek bo'ldi. Nihoyat, biroz indamay turgandan keyin:
- Gek deyman, buni aytib berish uchun seni hech kim majbur eta olmaydi-ku, a? - dedi.
- Meni aytib berishga majbur qiladi, deysanmi?
Bo'lmag'ur gapingni qo'ysang-chi, agar la'nati hindining qo'lida o'lib ketishni istasam, shunda aytib bersam ehtimol, bo'lmasa yo'q.

  • Unday bo'lsa juda yaxshi. Meningcha, agar biz jim yursak, bizni hech kim hech narsa qilolmaydi. Shunday bo'lsa ham ikkalamiz yana bir marta ont ichishib qo'ysak yaxshiroq bo'lar edi. Kel, shunday qilaylik.

  • Xo'p, mening qarshiligim yo'q.

Shunday qilib, ular o'zlariga yarasha tantanalar bilan ont ichishib, bir-birlariga so'z berishdilar.

  • Xo'sh, Gek, kisbilar nima deb so'zlashayaptilar? Kimdan gumon qiladilar? Men ularning so'zlarini eshitaverib quloqlarim kar bo'ldi, nima deganlarini anglayobnaydigan bo'lib qoldim.

  • Nima deb so'zlashadilar deysanmi? Doim shu bir xH so'z: Meff Potter, Meff Potter, Meff Potter... Shundan boshqa gap yo'q. Shuni eshitganimda meni hatto ter bosib ketadi, iloji bo'lsa boshim oqqan tomonga ketsam-da, biror yerga borib bech kimga ko'rinmay yashirinib olsam deyman.

  • Ana men ham xuddi shunday bo'laman. Bechoraning ishi juda yomon bo'ldi. Sening ham unga rahming keladimi?

  • Bo'lmasa-chi! Dam-badam esimga tushib juda achinaman. O'zi ham juda bechorahol odam-da. Hech kimga yomonlik qilmaydi. Ichkiligiga yetarli miqdorda baliq ovlaydi-da, boshqa ko'p vaqtini bekor yurib o'tkazadi... Biz hammamiz ham shunday-da! Harholda u ko'ngli ochiq kishi. O'zi uchun g'amlab qo'ygan va bir kishi to'yar-to'ymas baliqning ham yarmini menga berdi. Necha martalab har xil ishlarda meni yoqlab chiqqan va shunday qilib qancha o'limlardan qutqazgan.

  • Menga esa varraklar yasab berar, qarmoqlarinini yog'ochlyiga bog'lab berar edi. Uning qamoqxonadan qochishiga yordam bersak juda soz bo'lardi.

  • E-ha, juda katta ketding-ku! Qanday qilib uni qutqazar edik? Agar qamoqdan chiqarib yuborsak, baribir uni ushlab oladilar.

  • Rost, ushlab oladilar. Biroq qilmagan ishlari uchun uni jazolashlariga men hech chidab tura olmaynian-da!

  • Men ham shundayman, Tom. Hamma uni eng yomon o'g'ri deydilar va shu vaqtgacha osib yuborishmagan-lariga hayron bo'ladilar.

  • To'g'ri, xuddi shunday deydilar. Men xuddi o'z qulog'im bilan eshitdim: basharti uni oqlab yuborsalar, linch21 qonuni bilan osib o'ldirmoqchi bo'layaptilar.

  • To'g'ri, shunday, uni osib o'ldiradilar.

Bolalar o'zaro ancha uzoq suhbatlashsalar ham, bu suhbatlaridan hech qanday taskin topolmadilar. Ular g'ira-shira qorong'ihkda biror hodisa yuz berib, birdan qiyinchilikdan chiqarmiznii, degan ishonchsiz umid bilan gangib, kichkinagina yolg'iz qamoqxonaning yonidan yura boshladilar.
Biroq hech qanday hodisa yuz bermadi: aftidan, farishtalar ham, bu baxtsiz tutqunning taqdiri bilan qiziqmas edilar.
Bolalar awallari nima qihb kelgan bo'lsalar, bu gal ham shundan ortiq ish qila olmadilar: Potterga temir panjaraning orasidan biroz tamaki bilan gugurt uzat-dilar. U qamoqxona binosining pastki qavatida qamalgan bo'lib, yaqin o'rtada soqchilar ham ko'rinmas edi.
Bolalarnhig bu qilgan ishlari uchun lining bildirgan minnatdorchiliklari ularni vijdonan qiynar edi. Bu gal esa uning minnatdorchiligi bolalarning yuraklariga ignadek qadaldi. Potter ularga murojaat qihb, tubandagi so'zlarni aytganida, ular o'zlarini qo'rqoq va eng yomon xoin deb hisobladilar:
- Mehribon bolalarim! Bu yerda men uchun hammadan ko'ra sizlar achinasizlar. Men ham buni unutmayman. Men aksari o'z-o'zimga: men-ku har doim
hamma bolalarning varraklarini yasab, ularga har xil narsalar qilib berar, baliq tutadigan yerlarni ko'rsatib qo'yar edim, umuman ular bilan do'stlikda yashar edim.
Hozir bo'lsa qarib qolgan Meffning boshiga kulfat
21 Xalq orasida odat bo'lib qolgan, ya'ni gunohkorni sudsiz jazolash yo'li. -

tushgan paytlarda, ular hammalari meni unutib yubor-dilar. Faqat Torn bilan Gek ikkovi meni unutmaydilar... Men ham ularni unntmayman... Shunday bolalarim, men juda yomon ish qilib qo'ydim; aftidan, ichkilik meni juda jinni qilib qo'ygan ekan, men mining sababini faqat shundan ko'raman... Endi mening jazomni beradilar. Asli shunday bo'lishi ham o'rinsiz emas... Harholda men uchun yaxshi ish. Endi buni so'zlamay qo'yaqolaylik. Men sizlarni xafa qilishni istamayman, sizlar menga har doim do'stlik qilib keldingiz. Men sizlarga faqat shuni aytmoqchiman. Agar sizlar ham shu temir panjara ichiga tushib qolishni istamasangiz, ichkilik ichmanglar bolalar, mastlik holda kishi o'zini-o'zi tutolmaydi... ixtiyorsiz bo'ladi. Undan bir chekkaroqda turinglar. Ha, ana shunday. Kishi shunday kulfatga uchrab qolgan vaqtda do'stlarning yuzini ko'rsa, juda shodlanar ekan. Bu yerda bo'lsa, mening oldimga sizlardan boshqa hech kim kelmaydi. Juda yaxshisizlar bolalarim, bir-biringizning yelkalaringga chiqinglar, qo'lim sizlarga teksin. Ha, ana shunday. Qani endi qo'llaringizni beringlar, sizlarning qo'llaringiz temir panjara orasidan sig'ar, mening qo'lim yo'g'on, sig'maydi. Bu qo'llar kichkina va zaif bo'lsalar ham Meff Potterga ancha yordami tegdi. Agar qodir bo'lsa, yana bundan ham ko'proq yordami tegar edi.


Tom, juda ham ko'ngli buzulib, o'zini baxtsiz his qilgani holda uyiga ketdi va butun kechasi bilan qo'rqinchli tushlar ko'rib chiqdi. Ertasi va indiniga ertalabdan boshlab sud binosining atrofida aylanib ynrdi. U yerga kirmoqchi bo'lar, lekin o'zini zo"rg'a bosib olar edi. Gek ham xuddi shunday bo'ldi. Ular shu kunlarda bir-birlaridan uzoqroq yuradigan bo'ldilar. Ular astoydil bir-birlaridan qochar, dam-badam ajralishib, bir-birlaridan uzoqlashib ketar, lekin qandaydir noma'lum bir kuch hammavaqt ularni bir-birlariga yaqinlashtirib turar edi. Sud zalidan biror kisbi cliiqib, unda bo'la-yotgan gaplardan so'zlab qolsa, Tom butun diqqatini shunga berib, uning bar bir so'zini ilib olai-, biroq ich-karidan chiquvchilarning og'zidan birorta bo'lsin yupanturuvchi xabar eshitolmas edi: becbora Potter so'zidan tobora yanglishib borardi. Ertasi kecbga tomon shabarchadagi kishilarning bammasi: -Hindi Joning ko'rsatib berganlari tasdiqlandi va sudning becbora Potter ustidan chiqaradigan hukmida ham bech qanday shubha yo'q» degan fikrga kelganlar.
Tom shu kecha uyiga juda kech qaytib keldi-da, odatdagiday derazadan yotog'iga oshib tushdi. U ortiq darajada tashvishlanib, behuzur bo"lib qolganidan, ancha vaqtgacba uyqusi kelmadi. Ertasi sabardan bosblab butun shahar xalqi sud zalining oldida uymalashib yotar, chunki bu kim buyuk va hal etuvchi kun edi. Sud zali kishdar bdan liq to'lgan. Uzoq vaqt kutib turdgandan keyiu, oqlovchi-qoralovchdar kiiib o'z o'rmlariga o'tirdi-lar, sbundan sal keyin oyoqlari kishanli, ozib qolgan, o'zini yo'qotib esankiragan Potteini olib kirib aybdorlai-kiirsisiga o'tqizdilar. Yaqqol ko'riiiarlu'c bir yei'da biudi Jo liar qachongiday tinch o'tii'ar edi. Yana qaytadau jimjitlik hukm surib, sud a'zolai-i kirib kelddai'-da, keyin sudya majlisni ocbiq deb e'lon qddi. Advokatlai- o'zaro sbivirlab, mirzalar qog'ozlarini sbaldiratib qoldilar. Bular haminasi zalda tashvishb, diqqatb bii- intizorlik tug'dirdi.
Dai'atan cbaqu-ilgau kisbi o'sba odam o'ldii-dgan kuni ertalab MefT Potterning suv bo'yida yuviiiib o'tirganini ko'rgan guvoh bo'ldi. U MefT Potter o;sha kum meni ko'risbi bilan qocbib ketdi, - dedi. Prokuror unga bii' necha savol bergaiidan keyin himoyacbiga qaiab:
- Endi navbat siznuki, gaivobdan so'roq qding,- dedi.
Javobgar unga bii- ko'tarilib qarab qo'ydi-da, o'z himoyachisi:
- Mening hech qanday savolim yo'q, deganidan keyin shu zamon ko'zlarini yerga qaratdi.
Guvohlardan ikkinchisi o'likning oldidan pichoq topib olganini aytdi.
Prokuror yana himoyachiga qarab:

  • Guvohdan so'roq qilishingiz mumkin, - dedi. Hinioyachi yana:

  • Mening hech qanday savolim yo'q, - deb javob berdi. Uchinchi guvoh qasam ichib turib, shu pichoqni

Potterning qo'lida ko'p ko"rganligini aytdi. Prokuror yana himoyachiga murojaat qilib:

  • Guvohdan so'roq qilishingiz mumkin, - dedi. Himoyachi yana:

  • Mening hech qanday savolim yo'q, - deb javob berdi. O'tirgan kishilarning yuzlarida norozilik alomatlari sezilib turar edi. Bu qanday himoyachi? Nahotki u o'z himoyasiga olgan kishisini qutqazib olish yo'lida urinmasa?

Guvohlardan bir necha kishi Potterni kishi o'ldirilgan yerga olib borilganda, uning qihq va harakatlaridan aybh ekani sezilib turganini so'zladilar. Advokat bo'lsa bulardan ham aqalli bir og'iz so'z so'ramadi.
Hech esdan chiqmaydigan o'sha kunlarda, sahar chog'ida qabristonda yuz bergan qayg'uli voqealarning har bir mayda-chuyda tafsilotini ham guvohlar oqizinay-tomizmay so'zlab berdilar, lekin Meff Potterning himoyachisi loaqal ulardan birontasini ham so'roq qilmadi. Xalq juda ajablandi va sud raisining unga ta'sir ko'rsatishini qat'iy talab qildi.
Shunda prokuror o'rnidan turib:
- Eng ishonchli guvohlarning qasamyod qihb bergan guvohliklari bu dahshath jinoyatni qilgan kishi inana shu aybdorlar kursisida o'tirgan bechoradan boshqa kishi
emasligini ochiq bildiradi. Endi mening bunga ilova qiladigan boshqa gapim yo'q, - dedi.
Bechora Potter ingrab, yuzini ikki qo'Ji bilan ber-kitgani holda gandiraklab turar edi. Sud zalini og'ir jimlik bosdi. Erkaklardan ko'plari qattiq ta'sirlangan, xotinlar esa unga achinib yig'lar edilar.
Shunda himoyachi o'rnidan turdi-da, sudyaga murojaat qilib:
- Hurmatli ser! Sudning dastlabki muzokaraJarida o'z hhnoyam ostida bo'lgan kishining bu dahshatli jinoyatni mastlikda qilganligini isbot qilmoqchi bo'lgan va
shunday deb ma'lumot bergan edim. Lekin men endi maqsadimni o'zgartirdim va suddan bunga yengillik berilishini so'rab murojaat qilmayinan, - dedi.
Keyin u sud ijrochisiga qayrilib qarab:

  • Tom Soyerni olib kiring, - dedi. Hammaning, shu jumladan Potterning ham yuzida taajjub alomatlari paydo bo'ldi. Hammaning ko'zi Tomga tikildi. Bola juda ham shoshib qolgan va qattiq qo'rqar edi. Uni guvohlar o'rniga olib keldilar-da:

  • Tomas Soyer, siz o'n yettinchi iyun kuni yarim kechada qayerda bo'lgan edingiz? - deb so'radilar.

Tom hindi Joning temirdek yuziga bir qaradi-da, till tanglayiga yopishib qolgandek bo'ldi. Kishilar nafaslarni ichlariga olib, diqqat bilan tinglab turardilar. Ammo guvoh indamay turar edi. Oradan biroz vaqt o'tgandan keyin bola o'zini shunday o'nglab oldiki, uning juda sekin, lekin tushunarli qilib:

  • Qabristonda edim! - degan so'zini hamma eshitdi.

  • Biroz tovushingizni chiqaribroq so'zlang. Qo'rq-mang. Shunday qilib, qayerda bo'lgan edim dedin-giz?

  • Qabristonda.

Hindi Joning basharasida kishi nafratlanadigan bir iljayish sezildi.
- Siz o'sha vaqtda Gors Vilyams degan kishining qabriga yaqin yerga turar edingizmi?

  • Shunday, ser.

  • Tovushingizni chiqaribroq so'zlang. O'sha qabr bilan siz turgan yer orasi qancha masofa edi?

  • Hozir siz bilan men turgandek, ikki qadam narida edi.

  • Siz yashiringan edingizmi yoki ko'rinarlik yerda turgan edingizmi?

  • Yashiringan edim.

  • Qayerda?

- Qabrning chetidagi qayrag'och butoqlari orasida.
Hindi Jo sezilar-sezilmas bir seskanib qo'ydi.
Siz bilan birga boshqa kishi ham bor edimi?
- Shunday, men u yerga...
- To'xtang biroz, sabr qiling, hozircha yo'ldoshin- gizning nomini aytishingizga ehtiyoj yo'q. Fursati kelganda undan ham so'rarmiz. Siz qabristonga borgan
vaqtmgizda, qo'lingizda biror narsangiz bormidi?
Tom, aftidan, uyalgan bo'lsa kerak, nima deb javob berishini bilmay, ikkilanib turar edi.

  • So'zlayvering, qo'rqmang. To'g'ri so'z qilichdan o'tkir, - deganlar. Siz u yerga nima olib borgan edingiz?

  • Faqat... faqat bittagina o'lik mushuk.

Zalda o'tirgan xalq gurillab kulib yubordi. Rais qo'ng'iroq chalib, ularni tartibga chaqirib qo'ydi.
- Biz dalil qatorida o'sha mushukning suyagini ko'rsatamiz. Endi. do'stim, siz bizga ko'rgan-bilgan laringiznhig birontasini ham qoldirmay, qo'rqmasdan birma-bir so'zlab bering.
Tom avvali tortinibroq so'zga kirishgan edi, keyin-chalik o'z-o'zidan qiziqib ketdi. lining so'zlari birin-ketin tartibli ravishda bir-biriga ulanib bora boshla-di: tezda butun zal ichida faqat Tomning tovushigina yangrardi. O'tirgan xalq uning hikoyasiga shunday qiziqib ketgan ediki, ulardan birortasi ham nafas-larini chiqarmay, og'izlari ochilib, uning bir og'iz so'zini ham qoldirmay diqqat bilan tinglab o'tirar edilar. Toinning liikoyasi odam o'ldirgan yerga kelganda, xalqning hayajoni eng so'nggi nuqtasiga borib yetdi:
- Doktor Meff Potterning boshiga taxta bilan urib yiqitganidan keyin, hindi Jo qo'lidagi pichog"i bilan doktorning oldiga yugurib bordi-da, uni...
Shu vaqt liiiidi, yasliin tezligida irg'ib o'rnidn turdi-da, ushlainoqchi bo'lgan kishilarni itarib-yiqitib, o'zini derazadan tashlab qochdi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə