Yakuniy nazoratni topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar



Yüklə 183 Kb.
səhifə1/18
tarix10.02.2023
ölçüsü183 Kb.
#100606
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Biznes huquqiy YAKUNIY


Biznes huquqi
Yakuniy nazorat
Kuzgi semestr 2022
TDYU
YAKUNIY NAZORATNI TOPSHIRISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR
Mazkur yakuniy nazorat 2 sahifadan iborat bo‘lib ikki soatlik universitet imtihoni hisoblanadi. Siz imtihon jarayonida boshqa har qanday shaxs bilan muhokama qilishingiz va imtihon savollarini boshqa talabalarga oshkor qilishingiz yoki imtihon vaqti tugagunga qadar savollarni muhokama qilishingiz mumkin emas.
Ismingizni, talabalik guvohnomasi, ID raqamingizni yoki boshqa sizni shaxsingizni aniqlsh imkonini beruvchi ma’lumotlarni OSHKOR QILISH TAQIQLANADI.
Sizning javoblaringiz 14 shrift bilan yozilgan bo‘lishi kerak va sizning imtihon javoblaringiz (ya‘ni, barcha savollarga javoblaringiz) 2 intervaldagi olti-sakkiz (6-8) sahifadan oshmasligi lozim. Siz yuborgan sahifalarning umumiy sonini ko‘rsatgan holda har bir sahifani ketma-ket raqamlang.

Berilgan barcha savollarni diqqat bilan o‘qib chiqing va javob bering. Sizga omad tilaymiz!
BIZNES HUQUQI
YAKUNIY NAZORAT

ESSE 60 BАLL


KAZUS № 1
“Medhealth” xususiy klinikasi (Xususiy korxona) “FEP” MCHJ qurilish tashkiloti bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzdi. Shartnomaga ko‘ra, “FEP” MCHJ tuman xususiy klinikasi uchun bino qurib berishi va topshirishi lozim edi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, qurilish ishlari uchun mahsulotni yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish pudratchining zimmasida qoldirildi.
Qurilish ishlari tugaganidan so‘ng pudratchi ishning natijalarini qabul qilib olish to‘g‘risida buyurtmachini xabardor qildi. Biroq, buyurtmachi nomidan xususiy klinika rahbari xizmat safarida bo‘lganligi sababli uni qabul qilib olish ishlari bir oyga kechikdi.
Bir oydan so‘ng qurilishning holati bilan tanishgan xususiy klinika rahbari tomonidan tuzilgan ishchi guruh qurilishning ayrim joylarida kamchiliklar borligini bildirib, uni qayta tuzatib oxiriga yetkazish to‘g‘risida talab qo‘ygandan. Shundan so‘ng “FEP” MCHJ bu ishlar agar, o‘z vaqtida qabul qilib olinganida bunday oqibatlar kelib chiqmasligini vaj qilib qo‘shimcha ishlarni bajarishdan voz kechdi.
Shu bilan “FEP” MCHJ ushbu bir yarim oylik muddatda (ish natijalarini o‘rganishga ham 2 hafta vaqt ketgan) boshqa hududda qurilish ishlarini amalga oshira olmaganligi uchun ololmay qolgan foydani undirib berish va ishning natijalarini qabul qilish majburiyatini yuklash to‘g‘risida iqtisodiy sudga da’vo kiritdi.
Ammo xususiy klinika rahbari hali klinika tashkil etilganiga 1 yil toʻlmaganligi, qolaversa, bu vaqt davomida Ustav kapitalini toʻla shakllantira olmaganligi shu sababli xususiy klinikani MCHJ shaklida qayta tashkil etmoqchi ekanligini bildirdi.
Bundan tashqari, xususiy klinika rahbari “FEP” MCHJga e`tizor bildirib, uning xizmat safarida boʻlgan vaqti shartnoma boʻyicha ishlarni elektron shaklda koʻrsatishga monelik qilmasligini ta`kidladi.


  1. Yüklə 183 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə