Shaxsiy kompyuterlarning asosiy va qo’shimcha qurilmalari



Yüklə 5,02 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#164557
ARAB ADABIYOTIDA ILK REALIZM DAVRI

ARAB ADABIYOTIDA ILK REALIZM DAVRI

  • Reja:
  • Suriya-Amerika adabiy maktabining yuzaga kelishi va faoliyati
  • Jubron Xalil Jubron ijodining asosiy bosqichlari
  • XVI asrdan buyon Turkiya imperiyasining viloyati bo‘lib kelgan Suriya XIX asrda rivojlangan mamlakatlar manfaati doirasiga tushib qoladi. Bu yerda o‘z ta’sirini o‘tkazish uchun, birinchi navbatda, Fransiya va AQSh raqobat qila boshlaydi. Ular mamlakat aholisining salmoqli qismini tashkil etuvchi masihiylarga suyanishga intiladilar. Bu holat, bir tomondan, Suriyani asta-sekin yevropalashishiga, feodal munosabatlarning keskinlashuviga olib keldi, mamlakatni burjua taraqqiyoti yo‘liga burdi, xalq ahvolini yanada og‘irlashuviga sabab bo‘ldi. Misr, Fransiya, Braziliya, AQShga ommaviy emigratsiya boshlandi
  • Ayni chog‘da vatandagi hayot ham, ularni qanchalik o‘ziga tortmasin, qoniqtirmasdi. Ular hayot turg‘unligi, qoloqligi, jaholatni nozik his etdilar, Suriyani qiynayotgan siyosiy, ijtimoiy, diniy ziddiyatlarni ko‘rdilar. G‘arbu Sharq o‘rtasida sarson bo‘lish, to‘lg‘anish mavjud voqelikni inkor etish muhojir yosh adiblarda romantik isyonni yuzaga keltirdi, ular ma’naviy qashshoqlikka qarama-qarshi turuvchi panohni tabiatdan, o‘z ichki olamlaridan axtardilar, xuddi G‘arbdagi salaflari singari ijtimoiy utopiyalar, inqilobiy burchlar to‘g‘risida orzu qildilar
  • Ular hayotdagi qoloqlik, zerikarli bir xillikka qarshi isyon ko‘tardilar, adabiyotda esa fikr va ijod erkinligini e’lon qildilar, yangi mavzu va shakllarga murojaat etdilar, kuchli xarakterlar, teran tuyg‘ularni aks ettirdilar
  • Jubron Xalil Jubron hozirgacha zamonaviy arab adabiyotining eng yirik va o‘ziga xos siymosi bo‘lib qolmoqda, adib asarlarining qayta nashr etilishi ham bundan dalolat berib turibdi. U 1883 yilning dekabrida Livanda, Bayrut yaqinidagi Bsherri qishlog‘ida tavallud topdi. Livanda o‘rta tibbiyot ta’limini oldi. Yevropa bo‘ylab ko‘p sayohatlar qildi, G‘arb madaniyatini o‘rgandi. Birinchi jahon urushi boshlanishidan sal oldinroq Nyu-Yorkka ko‘chib borib o‘rnashib qoldi
  • Ko‘p qirraligi, Sharq va G‘arbga xos xususiyatlarining uzviy birligi, ularning o‘zaro ta’siri, asarlarning g‘oyaviy mazmuni, janr va shakl jihatidan rang-baranligi, shuningdek, zullisonaynlik (arab va ingliz) Jubron Xalil Jubron ijodining o‘ziga xos xususiyatlaridir.
  • Yozuvchi ijodini turlicha davrlashtiradilar. Ba’zi arab tadqiqotchilari uning ijodini uch davrga bo‘ladilar:
  • voqelik hodisalarini tasvirlash va ularga qarshi norozilik izhor etish.
  • norozilikdan voz kechish.
  • utopiya-xayolot olamidan boshpana izlash
  • Adabiy tanqidchi va Jubronnning safdoshi M. Nuayme asarlari tili xususiyatidan kelib chiqib yozuvchi ijodini ikki davrga bo‘ladi:
  • Arab davri (1905-1918). Ana shu yillar mobaynida Jubron «Musiqa» (1905) «Yaylovlar qallig‘i» (1906), «Isyonkor qalblar» (1908), «Singan qanotlar» (1912), «Ko‘z yoshlari va tabassum» (1903-1908), «Bo‘ron» (1914-1918), «Bosqin» (1919) kabi asarlarini yozdi.
  • Ingliz davri. Bu davrda «Devona» (1918), «Rivoyat» (1920), «Payg‘ambar» (1928), «Yer xudolari», «Payg‘ambar bog‘i» (vafotidan keyin 1932 yilda chop etilgan) asarlari yaratildi.
  • Jubron arab adabiyotidagi romantizmning asoschisidir. Adib yorqin tasavvur va boy hissiy idrok sohibi edi. Yuksak ideal va voqelik o‘rtasidagi hal qilib bo‘lmaydigan fojiona ziddiyatni anglash hayotga romantik qarash asosini belgilaydi. Yozuvchi o‘z ideallarining mavjud muhitda amalga oshmasligini chuqur his etadi. Romantizmga xos bo‘lgan shaxs va jamiyatni qarama-qarshi qo‘yish, shaxsning ma’naviy va hissiy dunyosiga qiziqishni shu bilan izohlash mumkin

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə