Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


CHAQAG'ON QO'NG'IZ VA UNING O'LJASI



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə5/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

BESHINCHI BOB
CHAQAG'ON QO'NG'IZ VA UNING O'LJASI

Soat o'n yarimga yaqinlashganida, kichkina cherkovning darz ketgan qo'ng'irog'i birdan jarangladi va o'sha zamon ertalabki ibodat uchun kishilar yig'ilisha boshladilar. Yakshanba kungi maktab shogirdlari cherkovning burchaklariga joylashib oldilar; ular har qachon kattalarning nazorati ostida bo'lishlari uchun o'z ota-onalari o'tirgan kursilarga borib o'tirdilar. Ana, Polli xola ham keldi; Tom, Sid va Meri uchalasi Polli xolaning oldida o'tirdilar. Shuning bilan birga Tomni ochiq deraza yonidan nariroqqa, ya'ni derazadan ko'rinib, uni qiziqtiruchi yozgi manzaralardan uzoqroq yerga o'tkazdilar. Cherkov sekin-sekin kishilar bilan to'lib bornioqda. Bir zamonlarda yaxshi turinush kechirgan, endi qaribroq qolgan bechora pochta xizmatchisi ham keldi, o'z xotini bilan birga shahar boshlig'i ham kirib keldi, - boshqa foydasiz narsalar qatorida shu kichkina shaharchada shahar boshlig'i bilan sudya ham bor edi; undan keyin Duglas degan beva xotin keldi. Bu xotin qirq yoshlar chamasida juda yaxshi kiyingan, ancha chiroylik, xushmuomala, yaxshi, badavlat xotin edi: uning tepalik ustidagi uyi, oddiy uy emas - saroy, ya'ni shu shaharchadagi birdan-bir saroy edi; shuning bilan birga bu saroy hammavaqt mehmonlar bilan to'lib-toshar, Sankt-Peterburg maqtana olishga loyiq, katta-katta ziyofatlar o'tkazilib turar edi. Uzoq yerdan shu joyga yaqinda kelgan, aslida o'zi aristokratlardan bo'lgan sud amaldori Riverson va shu yerning atoqli go'zal xonimi, bu xonimning ketidan batis ko'ylaklar kiygan, lentalar taqqan bir muncha yosh-yosh qizlar, idoralarda xizmat qiluvchi yosh-yosh yigitlar, xullas, shahardagi yoshlarning hammasi keldilar; ular bezatilgan uyda yarim doira yasab, hamma qizlar o'tib ketguncha qo'llaridagi konfetlarni shimigan holda kulishib turar edilar. Nihoyat, haminadan keyin Villi Makferson degan odobli bola ham keldi; u o'z onasini shunchalik qo'riqlar ediki, uuga go'yo onasi shishadan ishlangan bo'lib, sinib ketayotgandek ko'rinar edi. U bammavaqt onasini shu tartibda cherkovga olib kelar va boshqa onalar buni juda ma'qul ko'rar edilar. Bolalarning hannnasi ham uni juda yomon ko'rishar, ayniqsa, onalari uning odobliligini misolga keltirishib, bar doim ta'na qilishlarini yoqtirmas edilar. Uning orqa cho'ntagidan har qachon, go'yo tasodifiy bo'lgandek, ro'molchaning uchi chiqib turar edi. Tomda esa ro'molcha degan narsa mutlaqo bo'lmas va ro'molchasi bor bolani u olifta, deb hisoblar edi. Cherkov xalq bilan hq toigandan keyin kechikkanlarni ogohlantirish uchun yana qo'ng'iroq chaldilar; so'ngra cherkovda ulug'vor sukunat hukin sura boshladi, bu sukunatni xor aytuvchilarning qiqillash va pichirlashlarigina buzar edi. Cherkovdagi ibodat vaqtida xor aytuvchilar hamisha picbirlashadilar. Men bir cherkovda o'zlarini yaxshi tutadigan xorchilarni ko'rganman, ammo qayerdaligi yodimda yo'q. Bunga ko'p yil bo'ldi, yodimda qolmagan, bu hodisa qayerdadir boshqa mamlakatda bo'lgan edi.


Domla duo kitoblarini ochishni taklif qildi va o'zining shu yerlik odamlarga ma'qul bo'lib qolgan ingichka ohangi bilan duo o'qiy boshladi. U dastlab tovushini o'rtaroq olib, sekin-asta yuqori ko'tara borar, so'nggi so'zini esa qattiqroq tovush bilan aytar edi-da, keyin xuddi mo'm tiahlagandek, tovushini pasaytirardi.
Yaqin do'stim kurash vajafo
Qo'ynida bo'ha,
Nahotki yostansam men
Gul to' shaklarda!

Domla juda yaxshi kitobxonlardan hisoblanar edi. Cherkovda o'tkaziladigan kechalarda uning so'zga chiqishini hamisha talab qilar va u so'zlagan vaqtda hamma xotinlar hayajonlanishib, qo'llarini yuqoriga ko'tarishar, keyin esa qo'llarini tizzalari ustiga tushirishib, ko'zlarini yuqoriga qaratishar, boshlarini liqillatishar va shu bilan ularning ajablanisblarini hech bir so'z bilan ifoda qilib bo'lmasligini bildirishar edilar. Bu biz uchun, bizning mamlakat uchun - juda go'zallik.


Munojot aytilib bo'lgandan keyin, hurmatli mister Spreg mahalliy gazetaga aylanib, kelgusi mitinglar, majlislar, suhbatlar va boshqalar haqida juda ko'p narsalar o'qidiki, ibodat qilish uchun kelganlar uning munojotlarini qiyoniatga qadar cho'zilar, deb o'yladilar...
So'ngra domla ibodat qilishga kirishdi. Bu ibodat yaxshi, keng ma'noli, saxiy, har bir mayda narsani o'z ichiga sig'diruvchi ibodat edi: chunonchi u, shu yerdagi cherkov, uning mayda bolalari, shu shaharchadagi boshqa cherkovlar to'g'risida, shaharchaning o'zi, bizning butun okrug, bizning shtat to'g'risida, shtatimizdagi chinovniklar to'g'risida, Qo'shma Shtatlar to'g'risida, Qo'shma Sbtatlardagi cherkovlar to'g'risida, kongres8 to'g'risida, prezident to'g'risida, ministrlar to'g'risida, dahshatli bo'ronlarda ishlovchi qashshoq dengizchilar to'g'risida, Yevropa monarxiyasi va sharq despotiyasi zulmi ostida ezilgan million-million qullar to'g'risida, Tavrot haqiqati yorug'i bilan oqartirilganlar to'g'risida, ko'rishga ko'zlari, eshitishga quloqlari yo'qlar to'g'risida, uzoq dengiz orollaridagi majusiylar to'g'risida aytilgan bir ibodat edi. Bu duolarning hammasi hozir aytmoqchi bo'lgan so'zlar har narsadan oliy bo'lgan dargohga yetib, unumdor yerga tushgan
8 Anierika parlamenti.

dondek yaxshi hosildor bo'lg'ay. Omin! - degan duolar bilan tamomlanardi.


Shu yerda xotin-qizlar kiyimlarining shaldiragan ovozi eshitildi, cherkovga kelganlar esa o'tirishdi. Kitobiinizning shu sahifalarida hayoti tasvir etilayotgan bola, qilinayotgan ibodatlardan juda mamnun emas edi. U qattiq chidash berib, ibodat tamom bo'lishini sabrsizlik bilan kutib o'tirdi. U joyida o'tirolmas edi: u duoning ayrim so'zlariga e'tibor bermasdan, ba'zi bir yerlariga ixtiyorsiz ravishda quloq solib qolardi. Chunki u bu duolarga ko'pdan odatlanib qolgan. Ammo domla, ibodatga biror yangilik kirgizib qolsa, Tomning quloqlari buni darhol sezib olar va uning butun vujudi nafratlanar edi. U ibodatning uzilishini vijdonsizlik va noinsoflik deb hisoblar edi.
Domlaning shunday duo munojotlari o'rtasida Tomning diqqatini uning oldidagi kursiga qo'nib o'tirgan bir pashsha o'ziga tortdi. Bu pashsha o'zining harakatlari bilan Tomni og'ir qiynoqqa solar, u tinch va osoyishtalik bilan o'zining ingichka oyoqlarini bir-biriga suykar, o'sha oyoqlari bilan boshini ishqar, ishqagandayam shunday g'ayrat va jasorat bilan ishqar ediki, go'yo boshi tanasidan ajralib chiqqandek bo'lar, bo'ynining ingichka ipi ko'rinar edi. Keyingi oyoqlari bilan qanotlarini silar va o'zining butun shu tariqa bezanishlarini hech bir shoshmasdan tinchgina, go'yo o'zi uchun qo'rqinchli hech bir narsa yo'qligiga ishongandek, bemalollik bilan bajarar edi. Chindan ham, uning uchun qo'rqinchli hech narsa yo'q edi, garchi bu pashshani tutib olish uchun Tomning qo'li qichisa ham, lekin u hozir, ibodat vaqtida bunday ishga jur'at qilolmas edi, basharti u bu ishni qilsa, abadiy gunohkor bo'lib, o'z joniga jabr qilgan bo'lar edi. Biroq, domla duosini o'qib bo'layozgan vaqtda Tomning qo'li o'z-o'zidan oldinga cho'zildi-da, domla «omin» deyishi bilan pashsha uning qo'liga ilindi. Biroq xolasi uning bu qilig'ini payqab qolib, tezdan pashshani qo'yib yuborishga majbur etdi.
Domla Tavrotdan bir parchani o'qib bo'lib, gulduragan va bir tekis tovushi bilan va'z boshladi. Uning ovozi shunday zeriktirarlik ediki, hademay ko'p kishi mudray boshladi. Va'zchi esa gunohkorlarga berilajak azoblarni so'zlab qo'rqitar, abadiy rohat o'rinlari tayyorlanib qo'yilgan gunohsiz kishilarning sonlarini esa juda kam ko'rsatar ediki, uning so'zicha, bir hovuchgina keladigan gunohsiz kishilarni qutqarish uchun ovora bo'lish ham arzimaydi, degan natijani chiqarish mumkin edi.
Tom, va'z kitobining sahifalarini sanab chiqdi; u va'z kitobining betlarini doim sanab chiqishga ulgura olsa ham, va'zning o'zini yodida saqlab qololmas edi. Biroq bu safar uning ma'nolaridan ham ba'zi narsalar uni qiziqtira boshladi. Domla, odanmi larzaga keltiradigan buyuk bir manzarani - dunyodan o'tgan barcha kishilar mahshargohga yig'ilajagini, yo'lbars esa qo'zichoqning oldiga borib yotajagini va go'dak bir bola ularni olg'a yetaklab ketishini tasvir qildi. Bu manzaraning jonlanishi va axloqi Tomni hech bir hayajonlantirmas edi. Tomni faqat butun yer yuzi xalqi oldida o'sha bolaning hissasiga tushgan muhim rol hayron qoldirardi: uning ko'zlari chaqnab ketdi va bu yo'lbars qo'lga o'rgangan bo'lsa, o'sha bola rolini o'ynashga tayyorhgini bildirar edi. Biroq bu yerda safsatalar ko'payib, Tomning qayg'usi yana yangilandi.
Birdan u o'z cho'ntagida qandaydir bir xazina borligini esiga tushirdi-da, darrov uni cho'ntagidan olishga shoshildi. Bu - katta, jag'lari baquvvat, Tomning aytishicha «chaqag'on qora qo'ng'iz» edi. Qo'ng'iz bir piston qutichasiga berkitib qo'yilgan. Tom qutichani ochishi bilanoq qo'ng'iz dafatan uning qo'lini chaqib oldi. O'z-o'zidan ma'lumki, bola darrov qo'ng'izni bir toinonga irg'itib, u chaqib olgan barmog'ini og'ziga soldi. Qo'ng'iz chalqanchasiga yerga tushib qolib, ag'darilolmay, tipircbilab yotar edi. Tom unga tikilib qarab turar va uni qaytib olgusi kelar edi. Lekin qo'ng'iz ancha olis yerda bo'lib, unga bo'yi yetmas edi. Bu qo'ng'iz ibodat so'zlari va nasihatlarga qiziqinagan ko'pgina kishilar uchun ancha ermak bo'ldi; ular qo'ng'izning yotgan joydan turib olish uchun ag'darilishga urinayotganini butun diqqatlari bilan kuzatib turar edilar.
Shu vaqt cherkov ichida tasodifiy ravishda kichkina it - pubel adashib kirib qoldi. U yozning issiq havosidan entikib yolg'iz o'zi qanioqqa yotaverganidan zerikib, har xil qiziq narsalarni ko'rgisi va yangi taassurotlarni olgisi kelardi. Uning ko'zi qo'ng'izga tushdi. Xafachiligidan osiltirib, sudrab yurgan duniini tezda ko'tarib, likillata boshladi. U o'z oldidagi bu o'ljaning atrofiga aylanib, olisdan iskab, uzoq vaqt tikilib turdi; keyin dadillik bilan yaqinroq keldi-da, og'zini ochib qo'ng'izni tishlab otmoqchi bo'ldi, uddasidan chiqolmadi, yana ikkinchi marta, uchinchi marta ham shunday bo'ldi. Bu ish, aftidan unga ma'qul bo'hb qoldi shekilli, qorni bilan yerga yotib oldi. Qo'ng'iz uning oyoqlari orasida qoldi; it boyagiday harakatlari davom ettirdi, bo'lmadi. Keyin u o'zining bu ishidan zerikdi-da, erinchakligi tutib, mudray boshladi. Uning boshi sekin-asta yerga engasib, iyagi qo'ng'izga tegib ketdi, qo'ng'iz uni chaqib oldi. Pubel angillab, boshini silkitgan edi, qo'ng'iz undan ikki qadam nariroqqa borib yana chalqanchasiga tushib qoldi. Yaqin o'rtada o'tirganlar buni ko'rib, kulgilarini ichlariga sig'dirolmay o'tirar edilar. Ko'plari esa iljaygan yuzlarini yelpug'ich va ro'molcha bilan bekitib olgan edilar. Tom bundan benihoyat mamnun va xursand edi.
Pubelning ko'rinishi anqovroq edi, - aftidan u o'zining ahmoq bo'lib qolganini o'zi ham sezgan bo'lsa kerak, - shunday bo'lsa ham uning yuragida keki bor va o'ch olishni istar edi. Shuning uichun u sekin-asta qo'ng'izning yoniga kelib, ehtiyotlik bilan unga hamla qila boshladi. Goh u, goh bu tomondan qo'ng'izning ustiga tashlanar, shunda uning oldingi oyoqlari qo'ng'izga tegay-tegay der, ba'zan uning atrofida yurib tishlarini shaqillatar, boshini qimirlatganida, quloqlari shalpillar edi. Nihoyat uni bu ish ham zeriktirdi; u oldida uchib yurgan pashshalar bilan shug'ullanib ko'rmoqchi bo'lgan edi, lekin bu ham uni uncha qiziqtirmadi. Tumshug'ini yerga tegizay-tegizay deb, birdan yurib ko'rdi, lekin ko'p o'tmay bundan ham zerikdi; bir-ikki marta esnab, ijirg'anib, og'ir nafas oldida, qo'ng'izni butunlay esdan chiqarib yuborib, uning ustiga o'tirib oldi. Shu vaqt ajoyib bir hodisa yuz berdi. Pudel jonining boricha akillab cherkov ichida yugura boshladi. Xuddi mehrobning oldidan yugurib o'tib, eshikka chopdi, akillab vovullashdan bir nafas to'xtamay, eshik oldidan yana orqasiga yugurdi. Chunki, qo'ng'iz uning qornidan mahkam tishlab olganicha, jag'larini bo'shatmay yopishib yotar edi. U qancha ko'p urinib yugursa, qornining og'rig'i shuncha kuchayar edi, natijada it hech tinmay aylana berishidan junlari hurpayib, misli ko'rilmagan sur'at bilan uchib yuruvchi bir quyruqli yulduzga aylangan edi. Ish shuning bilan tugadiki, aqldan ozgan it jon achchig'ida o'zini bir tomonga tashlab, o'z xo'jayinining tizzasiga borib yiqildi, xo'jayini bo'lsa, uni derazadan tashqariga otib yuborgan edi, uning angillagan ovozi sekin-asta uzoqlashib borib, keyin o'chdi.
Cherkovdagilarning hammasi qizarishib, o'zlarini qah-qahlashdan zo'rg'a tiyib qolgan edilar. Hatto domla ham o'qiyotgan duolaridan yanglishib ketgan; garchi u o'z so'zlarini o'sha ondayoq tuzatib olgan bo'lsa ham, endi uning so'zlari avvalgidek silliq eshitilrnas, damba-dam tutilib qolar, o'z so'zlarining kishilarga ta'sir etishiga ishonchsizlik sezib turar edi. Tinglovchilar bo'lsa uning eng jiddiy va ta'sirli so'zlarini ham kursi orqasidan turib, biror qiziqchilik so'z eshitayotgandek kulumsirab tinglab o'tirar edilar.
Nihoyat, shunday qiyin holatlar tamom bo'lib, va'z so'zlari tugab, «oinin» deyilar ekan, o'tirganlarning hammasi, bir og'ir ishdan qutulgandek chehralari ochilib, bir xo'rsinib qo'ydilar.
Tom Soyer shod va mamnun holda uyiga qaytib kelar ekan: «Agar ibodat vaqtida biror qiziq yangilik kirgizib turilsa, ba'zan cherkov ibodati ham uncha ko'ngilsiz boimas ekan», deb o'ylar edi. Faqat uning shodligi orasida bir narsa qora dog'dek bo'lib, uni xafa qilib turar, u ham bo'lsa qo'ng'izning yo'qolishi edi. Itning «chaqag'on qo'ng'iz» bilan o'ynashganiga qarshihgiyo'q, lekin qo'ng'izni o'zi bilan birga olib ketgani nimasi? Itning bu ishi albatta insofdan emas edi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə