Pedagogika va san’at fakulteti dekani hamda boshqa metodist o‘qituvchilar ii-kurs talalbalariga yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda barcha talabalar qatnashdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar



Yüklə 57,5 Kb.
səhifə1/2
tarix02.05.2023
ölçüsü57,5 Kb.
#108009
  1   2
ASILA tavsifnomalar


Termiz davlat pedagogika instituti Pedagogika va san’at fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’limi yo‘nalishi 201-guruh talabasi Choriyeva Asilaning malakaviy amaliyoti bo‘yicha yozgan
HISOBOTI
Men II -kurs Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta‘lim yo‘nalishi 201-guruh talabasi Choriyeva Asila Habibullo qizi 2023-yilning 27-mart kunidan Termiz shahar 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida malakaviy amaliyotida bo’ldim.
Pedagogika va san’at fakulteti dekani hamda boshqa metodist o‘qituvchilar II-kurs talalbalariga yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda barcha talabalar qatnashdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Men Choriyeva Asila Termiz shahar 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida malakaviy amaliyotni o’tash uchun oldim. Men 27-mart kunidan Termiz shahar 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga amaliyot o‘tash uchun bordim. U yerda meni maktab direktori S.M.To’rayev va amaliyot raxbarimiz I. Mamatqulovlar kutib oldi. Maktab direktori bizni maktabdagi tartib-qoidalar bilan tanishtirdi. Bo‘lajak o‘qituvchilar amal qilish kerak bo‘lgan jarayonlarini tushuntirib berdilar. Bundan tashqari men dars o‘tishim uchun, sinf raxbarlikni o‘rganishim uchun 6-Asinf menga biriktirildi. Sinf raxbari S. Mustaramov biriktirdi. Menga biriktirilgan o‘qituvchi Tasviriy san’at fani o‘qituvchisi S.Mustaramov tayinlandi.
Men amaliyotimni dastlabki kunlaridan maktabdagi ustozlardan kerakli ko‘rsatma va fikr mulohazalar olib bordim. Mutaxassis o‘qituvchilarni darslariga kirib darslarini kuzatdim va xulosalarimni taxlil daftarimga yozib bordim. Maktabni ichki tartib-qoidalariga rioya qilib o‘z vaqtida maktabga kbo’ldim. Darslarni o‘rganish jarayonlarida tajribali o‘qituvchilardan ko‘plab tajribalar orttirdim.
O‘quvchilar psixologiyasi, ularning odob-axloqi, Atrofdagilar bilan munosabat va boshqa xususiyatlarni o‘rgandim. Undan tashqari ustozlarnizning dars o‘tish uslublarinii, darsni tashkil qilish bosqichlarni, o‘quvchilar bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini o‘zimda shakllantirib bordim. Dastlabki bir hafta davomida turli fanlardan darslarga qatnashdim. Unda asosan kuzatuvchi sifatida dars jarayonlarini kuzatdim.
Ikkinchi haftadan boshlab darsni o‘zim tashkil qilishda qatnashdim. O‘quvchilar bilan birlamchi ish uslubiga o‘tdim. Ustozlarim bilan birgalikda darslarni yangi pedagogik metodlar asosida juda chiroyli tartibda tashkil etdik. Ushbu hafta davomida ustozlardan pedagogik tajribalarni va ularning sir-asrorlarini o‘rganib bordim.
Uchinchi haftaga kelib amaliyot ustozim o‘zim mustaqil dars o‘tishga ruxsat berdi va tasviriy san’at va chizmachilik fanlaridan mustaqil darslarni o‘tdim.Avvalo nazariy bilimlarni amaliy bilimlar bilan mustaxkamlamasa nazariy bilim inson ongida qotib qoladi. SHu sababli birinchi ikkinchi haftada olgan nazariy bilimlarimni uchinchi aftada mustaqil dars o‘tish bilan mustaxkamlab bordim.Ustozlarimdan olgan qimmatli maslaxatlar, ko‘rsatmalar va institutda olgan bilimlarimni ishga solib darslarni tashkil eta boshladim. Ustozim darsni kuzatib nazorat qilib bordi. Darsdan so‘ng dars o‘tishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarimni so‘rab, ularni to‘g‘irlash ustida ishladim. Ushbu xaftada o‘quvchilar bilan yaxshi chiqishib, darslarni ko‘ngildagidek tashkil eta boshladim.
To‘rtinchi haftada esa darslarni belgilangan me’yorlar asosida tashkil etishni yo‘lga qo‘ydim.Darslarni tashkil etishda ustozarim ko‘mak berib turdi. Bu xaftada ochiq dars larni tashkillashtirdim. Ochiq darsimda ustozlar ko‘magida yangi metodlardan foydalanib, ko‘rgazmali qurollar va tarqatma materiallardan foydalanib o‘tdim.
Har bir o‘quvchi darsni o‘zlashtirish uchun qonun me’yorlarida belgilangan tartibda bir soatlik darslarni daqiqalarga ajratib tashkillashtirdim. Ochiq darsimiz ko‘taringki ruhda, yuksak darajada o‘tdi deb bemalol ayta olaman. Maktabda darsni tashkil etishda juda ko‘p jihatlarga etibor qaratishni o‘rgandim. Va dars metodlarini kerakli joylarda foydalana bilish, o‘quvchilar bilan induvidal va frontal ishlash, o‘quvchilarni psixologik xolatlarini xisobga olib ularga muomala qilish, darsliklar va dars materiallaridan mohirona foydalanish, dars davomida ko‘rgazma va tarqatmalardan unumli tadbiq etish va boshqa jixatni yashi o‘zlashtirdim. Ayniqsa o‘quvchilarga tezkor savollar, guruhli baxs-munozara, aqliy xujum, Case-Study metodlarini qo‘llash juda yaxshi samara berdi.
O‘quvchilar o‘rtasida ijobiy, do‘stona, muhitni yaratish uchun turli pedagogik o‘yinlarni tashkil etdim. Ustozlarim darslarimni tashkil etish darajamni yuqori baholadi. Amaliyotini o’tash davrini so‘nggi kunlarida ustozlarimdan sunggi maslahatlarini, ko‘rsatmalarini oldim. Ularda mening amaliyotim davomidagi harakatlarim va faoliyatimni yuqori baholab pedagogik mutaxassis sifatada meni na’munali yosh pedagogik deb e’tirof etdilar. Malakaviy amaliyotni o’tash davri men uchun qiziqarli va mazmunli o’tdi deb bilaman.

Termiz davlat pedagogika instituti Pedagogika va san’at fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 201-guruh talabasi Choriyeva Asila Termiz shahar 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyati tomonidan


TAVSIFNOMA
Choriyeva Asila Termiz shahar 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 27.03.2023 dan 22.04.2023 gacha malakaviy amaliyot o‘tadi. Ushbu malakaviy amaliyotni o’tash davrida u yuksak bilim va na’munali xulqqa ega ekanligini nomoyon qildi. O‘zining vazifalariga jiddiy yondashdi va ularni qunt bilan bajarishga xarakat qildi. Talaba Choriyeva Asila maktabimizning oliy ma’lumotli tasvitiy san’at fani o‘qituvchisi S.Mustaramov uslubchi o‘qituvchilik qildi.Choriyeva Asila maktabda bo‘lib o‘tgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etib ustozlari va o‘qituvchilar o‘rtasida hurmat va e’tiborga sazovor bo’ldi. Choriyeva Asila malaka amaliyotini o‘tash vaqtida 11- umumiy o‘rta ta’lim maktabning ichki tartib qoidalariga to’liq rioya etdi. Choriyeva Asila 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’muriyati kelajakda yetuk pedagog kadr bo’lib yetishishiga ishonch bildiradi.
Tavsifnoma Termiz davlat pedagogika institutiga taqdim etish uchun berildi.



Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə