Merkantilizmning birinchi iqtisodiy maktab ekanligi


Merkantilizmning tarixiy ahamiyati



Yüklə 87 Kb.
səhifə2/2
tarix19.06.2022
ölçüsü87 Kb.
#89755
1   2
MERKANTELIZM IQTISODIY TA‟LIMOTI VA UNING MOHIYATI

Merkantilizmning tarixiy ahamiyati. Merkantilizm, uning vakillari iqtisodiy ta‘limotlar tarixida o’chmas iz qoldirdi. J.M.Keyns «Merkantilizm to’g’risidagi mulohazalar»da bu ta‘limotning ayrim g’oyalarini qo’llaydi, unda «amaliy donolik» kurtaklari borligi ta‘kidlanadi. Eksportning importdan ko’pligi, oltinlarning oqib kelishi esa pulga taklifni kuchaytirib, foiz stavkalarini pasaytiradi va shu bilan investitsiya hamda bandlikni rag’batlantiradi. Keyns shularni «merkantilizm doktrinasidagi ilmiy haqiqat urug’lari» deb ataydi. Merkantilizm Angliya va Fransiyada klassik siyosiy iqtisodning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Angliyada proteksionizm siyosati faol qo’llanilishi natijasida savdo va sanoatda kata yutuqlarga erishildi. Buning natijasida XIX asrda Angliya ancha kuchli rivojlangan amalakat sifatida ichki va tashqi savdoda to’la erkinlik siyosatini amalga oshira boshladi.
Fransiyada proteksionizm siyosatining noto’g’ri qo’llanilishi oqibatida, ya‘ni mamlakat tashqarisidagi don chiqarishni taqiq etish va boshqa mamlakatlardan uning erkin olib kelinishi bilan fermer xo’jaliklarining shakllanishi va rivojlanishiga to’sqinlik qilindi. Ammo proteksionizm siyosati olib borilishi natijasida Fransiya sanoatida qudratli manufaktura tarmoqi yaratildi. Ammo merkantilizmning asosiy va bosh xatosi shundan iborat ediki, mamlakat boyligi oltin va kumush zahiralardangina iborat bo’lmay, yer, qurilish, boshqa ko’plab iste‘mol mollaridan iboratdir. Angliyalik Uilyamm Petti 18-asr oxiridagi pul miqdoriga baho berib, bu pullar barcha mulkning 3% dan kamroq ekanligini isbotlab beradi. Aktiv savdo balansi faqat vaqtincha samara berdi.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., Sharq, 1998.
2. Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 2002. 101-121b.
3. Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. O’quv qo’llanma. T., O’zbekiston, 2003. 40-47b.
4. Amaliy iqtisodiyot: / O’quv qo’llanma/ Tarjimonlar I. Fozilov va boshqalar. «Sharq» 1996 14b.
5. R.Qarshiyev., A.To’xtamishev. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. Ma‘ruzalar matni. SamKXI, 2000y.
Yüklə 87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə