Asosiy azotli, fosforli, kaliyli o’g’itlar va ularning tarkibi



Yüklə 41 Kb.
səhifə4/5
tarix11.03.2023
ölçüsü41 Kb.
#102296
1   2   3   4   5
O’g’itlashning fiziologik asoslari

Mahalliy o’g’itlar. Mahalliy o’g’itlar ichida go’ng asosiy o’rinni egallaydi. Uning tarkibida o’simlik uchun zarur hisoblangan azot, fosfor, kaliy, kalsiy, oltingugurt, magniy va barcha mikroelementlar ham bor.
Go’ng ekinlarga oziq bo’lishdan tashqari, undagi organik moddalar tuproq strukturasini yaxshilab, unumdorligini oshiradi. Go’ng solingan yerlarda tuproqning g’ovakligi oshadi, suv o’tkazuvchanligi yaxshilanadi, namni uzoq saqlab turadi. Tarkibida organik moddalari kam, og’ir tuproqli yerlarda uning hajmini oshirishda, suv va havo rejimi hamda mikrobiologik jarayonlarni yaxshilashda go’ngning roli ayniqsa katta. Mexanik tarkibi yengil tuproqlarda esa uning qovushqoqlik xususiyati yaxshilanadi. (E.T. Shayxov va boshqalar, 1990).
Parranda axlati va ipak qurti chiqindisi hamda g’umbaklari eng kuchli o’g’itlardan hisoblangani uchun g’o’zaning o’suv davrida mineral o’g’itlar bilan aralashtirib berish tavsiya qilinadi.
Ko’kat o’g’itlar. Bir yerda surunkasiga bir necha yilgacha bir xil o’simlik o’stiraverish natijasida tuproqda chirindi moddalar kamayib ketib, uning fizik xususiyatlari yomonlashadi va bu o’simlik hosilining kamayishiga sabab bo’ladi. Masalan, bedapoyadan chiqqan yerlarda 4-5 yildan boshlab paxta hosili keskin kamaya boradi. Bunday hollarda tuproq unumdorligini oshirish maqsadida organik va mineral o’g’itlar normasini oshirish bilan bir qatorda ko’kat o’g’itlardan foydalanish eng yaxshi samara beradi. Ko’kat o’g’itlar tuproqni chirindiga boyitadi, uning fizik xususiyatlarini yaxshilaydi.
Ko’kat o’g’it sifatida ko’kat no’xat, no’xat, burchoq, mosh, qizil sebarga, shabdar (eron bedasi) kabi dukkakli ekinlar, Shuningdek, kuzgi javdar, raps, gorchisa (hantal), perko kabilar ekiladi.
O’gitlash usullari va muddatlari. O’g’itlash muddatini va usullarini belgilashda o’g’itlarning xususiyatlari, tuproqda o’zgarishi, o’simliklarning oziq elementlariga bo’lgan talabi, ildiz tizimining oziqani o’zlashtirish imkoniyatlari va boshqalar hisobga olinadi.
O’g’itlash normasi odatda olinadigan hosilga qarab belgilanadi. Masalan, 1 t paxta yetishtirish uchun 30-80 kg azot, 10-20 kg fosfor va 40-70 kg kaliy sarf bo’ladi.
O’g’itlarni ekishdan oldin, ekish vaqtida va o’simliklarning o’suv davrida solish muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə