Qizil sebarga (Trifolium pratense L.) ko’p yillik o’simlik, uning bir va ikki o’rimli kenja turlari bor



Yüklə 0,52 Mb.
tarix31.12.2021
ölçüsü0,52 Mb.
#82237
7.Bargak va qizil sebarga morfologiyasi


Qizil sebarga

Qizil sebarga (Trifolium pratense L.) ko’p yillik o’simlik, uning bir va ikki o’rimli kenja turlari bor.

Ildizi yaxshi rivojlangan uqildiz, sershox, 1, 5 m chuqurlikka kirib boradi. Poyasi o’tsimon, tik o’sadi, bo’yi 1-1, 5 m bo’ladi. O’simlik yaxshi tuplanadi, 10 tagacha poya hosil qiladi. Bargi murakkab, uchqo’shaloq, yon bargchalari tukli.

Boshchasimon to’pguli dumaloq yoki chuzinchoq shaklda, asosiy poyaning va yon shoxlarning uchlarida joylashadi. To’pgulida 70-135 ta gul bo’lib, gullari mayda kapalaksimon, qizil, binafsha rangda.

Dukkagi yuraksimon, mayda, bir urug’li, sariq, jigar va binafsha rangda.

Urug’i mayda, chuzinchoq yoki yuraksimon, binafsha rangda, 1000 tasining vazni 1, 5-2, 0 g bo’ladi.

Sebarga tuproqda azot tuplaydi. U oziqaviylik va agrotexnik jihatdan bedaga yaqin turadi.



17-rasm. Kliver.

1-maysasi, 2-gul to’plami, 3-gullari, 4-urug’lari
Bargak

Bargak (esparsit) Onobrychis Adans avlodiga kiradi. Bu avlodga kiradigan turlarining orasida eng ko’p tarqalgani:

  1. Oddiy bargak – Onobrychis viciafoila Scop.

  2. Zakavkazye bargagi – O. Antasiatica Khin.

  3. Qumloq bargagi – O. Arenaria DC.

Ildizi yaxshi rivojlangan uqildiz, tuproqqa 3-6 m chuqurlikka kirib boradi.

Poyasi tik o’sadi, tukli, ichi kovak, kam shoxlanadi, bo’yi 50-150 m bo’ladi, 5-8 ta bo’g’inli, tupi yig’iq yoki sal yoyilgan. Bargi murakkab, toqpatsimon, bargchalari-ning soni

11-27 ta, mayda, o’rtacha, chuzinchoq shaklda. Yon bargi rivojlangan.

To’pguli uzun shingil, 20-75 ta guli bo’ladi. Gullari ikki jinsli, kapalaksimon, pushti, qizil rangli, chetdan changlanadi.

Dukkagi yarim doira yoki burchakli, tuxumsimon, yuzasi to’rlangan, bir urug’li, pishganda chatnamaydi. Urug’i loviyasimon, .

och jigarrangda, 1000 ta urug’ninsh vazni 12-

15 g, qumloq bargakniki 8-10 g. Ishlab chiqarishda dukkagi urug’ sifatida ishlatiladi. Dukkagi yanchilmasdan ekiladi.



2-rasm. Bersim
Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə