Asosiy qism Аtmоsfеrа hаvоsini iflоslоvchi mаnbаlаr



Yüklə 28,41 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü28,41 Kb.
#134958
1   2   3   4
iqlim ozgarishi

Global isish muammosi.
Iqlimning global оzgarishi haroratning kоtarilishidagina aks etmay, balki quyidagi ayrim hodisalar soni va jadalligining ortishida ham ifodalanadi: jazirama issiq kunlar, qurg„oqchilik, suv toshqinlari, haroratning keskin kо„tarilishi yoki sovushi, sellar, kuchli shamollar. Iqlim isishining oqibatlari aholi sog„lig„iga bevosita va bilvosita tasir korsatishi mumkin.
Bevosita ta’sir oqibatlariga suv toshqinlari, dovullar, tоfonlar, bоronlar natijasida halokatga uchragan odamlarni kiritish mumkin. Bundan tashqari, jazirama obhavo yurak qon-tomir kasalliklari, nafas olish organlari, nerv sistemasi, bо„yrak va boshqalardan kasallanishga hamda о„limning ortishiga olib keladi.
Bilvosita ta’sir oqibatlari natijasi yog„inlar va botqoqliklar maydonining ortishi bilan bog„liq. Bu – chivin infektsiyasi, birinchi navbatda malyariya xavfining ortishiga olib keladi. Yuqori haroratli davrning kattalashishi kanalarning faollashishiga va ular sababchi bоladigan yuqumli kasalliklarning оsishiga olib keladi.
Iqlim оzgarishi muammosining muhimligi va uning salbiy oqibatlarini yumshatish bо„yicha shoshilinch choralar kо„rish lozimligini hisobga olib, О„zbekiston Respublikasi 1993 - yilda Iqlim о„zgarishi haqida BMT ning Doiraviy Konventsiyasiga qо„shildi, 1998 - yilning noyabrida esa Kioto protokolini imzoladi. Kioto protokoli 1999 - yilning 20 - avgustida Оzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilindi.

Iqlim o‘zgarishi - keng tarqalayotgan, jadal va tezlashib borayotgan jarayondir. G‘arbda yashovchilar uchun ham sayyoraning isish xavfi endi faqat chekka hududlarga ta'sir qiladigan muammo emas. Dunyoning deyarli barcha qismida istiqomat qilayotgan insonlar iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan hodisalarni o‘z tanalarida his qilishmoqda.


Hukumatlararo ekspertlar guruhi Yer ilgari hisob-kitob qilinganidan ko‘ra tezroq isib borayotganini ma'lum qilishmoqda. Dunyo bo‘yicha o‘rtacha harorat 1,1 darajaga ko‘tarilgan. Bu esa 2040 yilga borib o‘rtacha harorat 1,5 darajaga oshishini bildiradi.Issiq to‘lqinlar, kuchli shamollar, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va yong‘inlar yanada ko‘proq sodir bo‘la boshladi, muzliklar erishi yanada kuchaydi. Ayniqsa, joriy yilda bu jarayon judayam tezlashganini kuzatishimiz mumkin.
Mutaxassislar iqlim o‘zgarishining asosiy omili issiqxona effekti ekanligini ta'kidlashadi. Quyoshdan kelgan issiqlikning Yer sathida jamlanib, dimlanib qolishi issiqxona effekti deyiladi. Ya'ni quyoshdan kelgan nurni Yer ham o‘z navbatida atmosfera orqali koinotga qaytaradi. Ushbu nurlarning bir qismi koinotga chiqib ketish o‘rniga odamlardan chiqarilgan turli gazlarga yutiladi. Uning koinotga qaytib chiqib ketmasligi oqibatida Yer yuzi me'yoridan ortiq qiziydi va iqlimga ta'sir ko‘rsatadigan issiqxona qatlami hosil bo‘ladi.
Natijada sutka mobaynida eng yuqori va eng past harorat orasida kam farq bo‘ladi. Ya'ni odamlar va tabiat tunda ham kunduzgi kabi issiq va dim havo ta'sirida qoladi. Bunday sutkalik issiqlik esa keskin isish hodisasini keltirib chiqaradi.
Issiqxona effektini hosil qiluvchi asosiy gaz bu – karbonat angidrid. U atmosferaga ham tabiiy, ham sun'iy yo‘l bilan qo‘shiladi. Metan, azot oksidi kabi boshqa iflos gazlar havoga inson omili tufayli chiqarilib, bular bir butun issiqxona effekti darajasini belgilaydi.
Issiqxona effektini hosil qiluvchi gaz konsentratsiyalarining ortishi, sayyorada tabiiy issiqlik balansini buzadi va antropogen issiqxona effektini keltirib chiqaradi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2100 yilga borib issiqxona effekti oqibatida global yalpi ichki mahsulot 20 foizdan ortiqqa pasayishi mumkin.
Shuningdek, hozirgi kunda asosiy muammolar sifatida antropogen omillar ta'siri va qurg‘oqchilik natijasida uglerod gazini yutuvchi o‘rmon maydonlari keskin qisqarib ketishi, ozon qatlamining yemirilishi, yovvoyi tabiat maydonlarining qisqarib borayotganini ham keltirib o‘tish mumkin.

Yüklə 28,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə