Magmatik jinslarning kimyoviy tarkibi



Yüklə 198,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix13.12.2023
ölçüsü198,58 Kb.
#149196
  1   2
1. Magmatik tog\' jinslarining tasnifi va tarkibi Magmatik togʻ j-fayllar.org



MAGMATIK JINSLARNING KIMYOVIY TARKIBI 
REJA: 
1.
Magmatik tog' jinslarining tasnifi va tarkibi
2.
Magmatik tog' jinslarining xossalari


1.Magmatik tog' jinslarining tasnifi va tarkibi 
Magmatik togʻ jinslari
- otqindi togʻ jinslari. Magmannng Yer pusti va 
yer yuzasida sovushi va kristallanishi natijasida vujudga keladi. Magma 
chuqurlikda, Yer pustila, shuningdek, oqib chiqqach, yer ustida ham 
qotishi mumkin. Shunga qarab Magmatik togʻ jinslarij.ni 2 asosiy sinfga: 
intruziv togʻ jinslari va effuziv togʻ jinslariga boʻladilar. Tarkibidagi 
kremnezyom miqdoriga qarab Magmatik togʻ jinslarij.ning nordon, 
oʻrtacha, asosli va oʻta asosli guruhlari farq qilinadi. Magmatik togʻ 
jinslarij. barcha burmali oblastlar, platformalar zamini, qalqonlar, hozirgi 
okeanlarda uchraydi. Magmatik togʻ jinslarij. guruhlari bilan muayyan 
foydali qazilmalar bogʻliq. Mac, nordon Magmatik togʻ jinslarij. bilan 
qalay, volfram, oltin rudalari, asoslilari bilan titanomagnetit, mis rudalari, 
oʻta asoslilari bilan xrom, platina, nikel rudalari, ishqoriy-oʻta asoslilari 
bilan titan, fosfor, kamyob yer elementlari rudalari va h. k. Magmatik togʻ 
jinslarij.dan qurilish (tuf, labradorit), abraziv, issiklikni oʻtkazmaydigan 
material sifatida, shuningdek, ayrim metallar (mas, alyuminiy)ni ajratib 
olishda foydalanish mumkin 
Togʻ jinslari
- Yer poʻstini tashkil qiluvchi, 
mustaqil geologik jism hosil qiluvchi doimiy tarkibga ega boʻlgan tabiiy 
mineral agregatlar. "Togʻ jinslari" termini hozirgi maʼnoda 1798-yildan 
beri ishlatilib kelinadi. Odatda Togʻ jinslari deb faqat qattiq jismlarni 
tushuniladi, keng maʼnoda esa ularga suv, neft va tabiiy gazlar ham kiradi. 
Togʻ jinslarining kimyoviy va mineral tarkibi bilan bir qatorda, struktura 
va teksturasi ham muhim diagnostik belgi hisoblanadi. Togʻ jinslaridagi 
minerallar foizi, ularning mineral tarkibini aniqlaydi. Kelib chiqishiga 
qarab ular 3 guruhga boʻlinadi: magmatik (otqindi), choʻkindi va 


metamorfik jinslar (qarang Magmatik togʻ jinslari, Metamorfik togʻ 
jinslari, Choʻkindi togʻ jinslari). Yer poʻstining 90% ga yaqin qismi 
magmatik va metamorfik, qolgan 10% choʻkindi togʻ jinslaridan iborat, 
ammo Yer yuzasining 75% maydonini choʻkindi togʻ jinslari egallaydi. 
Togʻ jinslarining kelib chiqishida mineral tarkibidagi farqi ularning 
kimyoviy tarkibi va kimyoviy xususiyatlarida oʻz aksini topgan. Asosan, 
silikatli minerallardan iborat magmatik Togʻ jinslarining kimyoviy 
tarkibida kremniy kislota koʻp boʻladi. Tarkibidagi SiO2 miqdoriga qarab 
magmatik Togʻ jinslari nordon (65% dan ortiq), oʻta (55—65%) va asosli 
(50% dan oz) jinslarga boʻlinadi. Bundan tashqari, tarkibida SiO2 juda 
koʻp boʻlgan (75% dan ortiq) oʻta nordon va juda kam (40% dan kam), 
lekin, magniy oksidiga boy — oʻta asosli jinslar buladi. Ishqorli 
metallarga boy jinslar ishqorli jinslar deyiladi. Choʻkindi Togʻ 
jinslarining 
kimyoviy 
tarkibi 
magmatik 
jinslarnikidan 
differensiyalanganligi, jins hosil qiluvchi komponentlar tarkibining 
turlicha boʻlishi, suv, karbonat kislota, organik uglerodning koʻp 
miqdorda boʻlishi bilan farqlanadi. Metamorfik Togʻ jinslari tarkibiga 
koʻra, choʻkindi (tub jins) jinslarga yeki magmatik jinslarga yaqin turadi, 
qayta kristallanish va metasomat jarayonida koʻpgina rudali elementlar 
jamlanib rudali konlar hosil qiladi. Togʻ jinslari zichlik, elastiklik, 
pishiqlik, issiklik, elektr va magnit xususiyatlariga ega. Togʻ jinslarining 
xususiyatlari ularning mineral tarkibi, tuzilishi va tashqi sharoitiga 
bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik Togʻ jinslari xossalarini aniklaydigan 
muhim parametrlardir. Gʻovakchalar qisman suyuqlik bilan toʻlgan 
boʻlishi mumkin, shuning uchun Togʻ jinslarining xossalari kattik., 
gazsimon va suyuq fazalarning xususiyatlari va ularning nisbiy miqdoriga 


ham bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik Togʻ jinslarini neft va suv kollektori 
sifatida baqolashda, hamda ularning buloqqa, burgʻi qudugʻi va 
boshqalarga oqib kelish tezligini aniklashda muhimdir. Togʻ jinslarining 
namlik va gaz sigʻimi, suv va gaz oʻtkazuvchanligi ham ularning 
gʻovakliligi bilan aniqlanadi.
Magmatik Togʻ jinslarida gazli boʻshliklar miqdori 60— 80% ga yetadi 
(mas., pemza va pemza tuflari). Choʻkindi Togʻ jinslarida choʻkindi hosil 
boʻlish jarayonida gʻovakchalar vujudga kelib, sementlanish vaqtida 
berkilishi yoki saklanib qolishi mumkin. Metamorfik Togʻ jinslarida 
gʻovakchalar kam buladi, faqat yoriklar (darzliklar) boʻlib, ular jinslar 
soviyotganda paydo boʻladi. Togʻ jinslarining zichligi ularning gʻovakligi 
va mineral tarkibi bilan bogʻliq. Rudali minerallar yuqori zichlikka ega 
(mas., piritda — 5000 kg/m3 gacha, galenitda 7570 kg/m3gacha); 
choʻkindi togʻ jinslari minerallarining zichligi kam (mas., tosh tuzining 


zichligi 2,2 g/ sm3). Togʻ jinslarining issiklik sigʻimi, xajmning 
issiklikdan kengayish koeffitsenti va boshqa birinchi galda ularning 
mineral tarkibi bilan aniklanadi. Togʻ jinslarining mustahkamlik
taranglik xususiyatlari issiklik va elektr utkazuvchanligi, asosan, 
jinslarning tuzilishi va ayniqsa donachalarning uzaro boglanish kuchiga 
bogʻliq. Fizik xossalari katlam tekisliklari yoʻnalishida bir xil boʻlsa, 
koʻndalang yoʻnalish boʻylab boshqacha boʻladi. Togʻ jinslarining 
choʻzilishga chidash darajasi, issiklik oʻtkazuvchanlik, elektr 
oʻtkazuvchanlik, dielektrik va magnit oʻtkazuvchanlik xususiyatlari 
qatlam yoʻnalishi boʻylab, siqilishga chidash darajasi esa koʻndalang 
yoʻnalish boʻylab koʻproq boʻladi. Mayda donador Togʻ jinslarida 
mustahkamlik yuqori boʻlsa, yirik donador Togʻ jinslarida past boʻladi. 
Siqilishga chidash darajasi ayniqsa, tolasimon tuzilgan mayda donador 
jinslarda yuksak (mas., nefritda 500 Mn/m2). Koʻpgina choʻkindi 
jinslarda (tosh tuzi, gips va boshqalar)da sikilishga chidash darajasi past. 
Togʻ jinslari, odatda, issiklikni yomon oʻtkazadi, gʻovaklik ortishi bilan 
ularning issiklik utkazuvchanligi yanada susayadi. Tarkibida yarim 
oʻtkazgichlar (grafit, temir va polimetall rudalari va boshqalar) boʻlgan 
jinslarda issiklik oʻtkazuvchanlik xususiyati koʻp boʻladi. Togʻ 
jinslarining kupi dielektrik va yarim oʻtkazgichlarga kiradi. Ularning 
magnitlanish xossalari, birinchi galda, ular tarkibidagi ferromagnit 
minerallar (magnetit, titanmagnetit, pirrotin)ga bogʻliq. Togʻ jinslarining 
xossalari mexanik (bosim), issiklik (tra), elektr, magnit, radiatsion 
(kuchlanish) va moddiy (suyuklik, gaz va boshqalarga toʻyinganligi) 
maydonlarning taʼsiriga bogʻliq. Bosim taʼsirida jinslar zichlashadi, 
gʻovaklar eziladi, donachalarning kontakt maydoni kengayadi, shu tariqa 


Togʻ jinslarining xossalari oʻzgaradi. Odatda, bosim ortishi bilan elektr 
va issiklik oʻtkazuvchanlik, mustahkamlik va boshqa oshib boradi. 
Issiklik 
ayrim 
minerallarning 
erib 
zichlashishi, 
parchalanishi, 
buglanishiga olib keladi, natijada Togʻ jinslari xossalari oʻzgaradi. 
Elektromagnit maydonlarning kuchlanishi va chastotasi Togʻ jinslarining 
elektromagnit va radiotulqin xususiyatlariga katta taʼsir kursatadi. Togʻ 
jinslarifoydali qazilma sifatida uziga xos mustahkamlik, abrazivlik, 
qattiqlik, parmalanish darajasi, portlashga chidamliligi va boshqa 
texnologik xususiyatlarga ega. Ularning moddiy tarkibi, fizik va 
kimyoviy xususiyatlari geofizika, geol. (jumladan, muxandislik geol.si) 
va konchilik sanoatida informatsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi. 

Yüklə 198,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə