Magmatik jinslarning kimyoviy tarkibi


Magmatik tog' jinslarining xossalari



Yüklə 198,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix13.12.2023
ölçüsü198,58 Kb.
#149196
1   2
1. Magmatik tog\' jinslarining tasnifi va tarkibi Magmatik togʻ j-fayllar.org

2.Magmatik tog' jinslarining xossalari 
Tabiatda uchraydigan hamma tog` jinslari paydo bo’lishiga qarab 
uchta katta guruhga bo’linadi: otqindi (magmatik), cho’kindi va 
metamorfik.
Otqindi tog` jinslari asosan vulqonlar otilganida yer yuzasiga chiqadigan 
magma yoki yer ostidan yuqoriga katta bosim ostida sirqib chiqqan suyuq 
moddalarning qotishidan hosil bo’ladi. Otqindi tog` jinslarining hosil 
bo’lishida yuqori harorat va kuchli bosim alohida ahamiyatga egadir. 
Vulqon harakatining natijasi - magma, ba'zan yer yo’ziga chiqmasdan yer 
osti yoriqlari, yoki ba'zi bo’shliqlarga kirib asta - sekin qotishdan hosil 
bo’lgan tog` jinslari ham otqindi tog` jinslariga kiradi.
Cho’kindi tog` jinslari yer yuzasidagi jinslarning suvda erib cho’kishi, 
havo, shamol va muzliklar harakatidan yemirilib to’planishidan hosil 
bo’ladi. Cho’kish jarayoni bir vaqtning o’zida mexanik, kimyoviy va 


biogen o’zgarishlar bilan birgalikda bo’ladi. Shunday qilib, cho’kindi tog` 
jinslari litosferaning fizik, kimyoviy va biogen ta'sirlari ostida yemirilgan 
va qayta to’plangan mahsulotdir. Bu jinslar quruqlikda ham, suv havzalari 
ostida ham to’planadi. 
Metamorfik tog` jinslari cho’kindi yoki otqindi tog` jinslarining 
harorat, bosim va kimyoviy reaksiyalar ta'sirida qaytadan hosil 
bo’lishidan kelib chiqadi. Odatda bunday o’zgarish jarayonlarida tog` 
jinslarining mineralogik tarkibi, tashqi kurinishi va tuzilishi tubdan 
o’zgarib ketadi. Bu o’zgarishlarda bir xil mineral tarkibdagi tog` 
jinslarining boshqa bir turdagi mineral tarkibga o’zgarishi metasomatik 
jarayon deyiladi.
Tabiatda hozirgacha aniqlangan neft va gaz konlarining 99 foizi 
cho’kindi tog` jinslariga va faqat bir foizi otqindi tog` jinslariga 
mansubdir. Shuning uchun cho’kindi tog` jinslari haqida mufassal 
to’xtalib 
o’tamiz.
Cho’kindi tog` jinslari qanday tog` jinslardan tashkil topganligiga qarab 
uch turga bo’linadi: donador (granulyar), yoriq va aralash kollektorlar. 
Neft yoki gaz yig`ilishi yoki paydo bo’lishi mumkin bo’lgan tog` jinslari 

kollektorlar 
deyiladi.
Granulyar kollektorlar asosan qum, qumtosh va qum - alevrit kabi tog` 
jinslaridan tashkil topgan bo’ladi. Bunday kollektorlarda neft va gaz 
jinslarining mayda zarrachalar orasidagi boshliqlar, g`ovaklar ichida 
yig`iladi. Demak, granulyar kollektorlardagi foydali boshliqlar, ya'ni neft 
yoki gaz yig`ilishi mumkin bo’lgan boshliqlar, asosan zarrachalar 
orasidagi 
boshliqlar 

g`ovaklardan 
iborat 
ekan.
Yoriq kollektorlarga ohaktosh, dolomitlar kiradi. Bunday tog` jinslarida 


foydali boshliqlar har xil yoriqlar sistemasidan iboratdir. Boshliqlar faqat 
yoriqlar emas, balki juda mayda mikrokarst va kovaklardan ham tashkil 
topgan bo’lishi mumkin. Yoriqlar sistemasi gorizontal va tik 
yo’nalishlarda rivojlangan bo’lib, odatda ular o’zaro bir-birlarini kesib 
o’tadi. Neft va gaz ana shu yoriqlarda hosil bo’lishi yoki yig`ilishi 
mumkin, ularning harakati ham faqat shu yoriqlar orqali bo’ladi.
Aralash kollektorlar esa granulyar va yoriq kollektorlarning aralash 
holatda uchraydigan turidir. Odatda bunday kollektorlarda foydali 
boshliqlar tog` jinslari zarrachalari orasidagi boshliqlar g`ovaklar, 
yoriqlar, mikrokarst boshliqlar va kovaklardan iborat bo’ladi. Bunday 
kollektorlarga qum, qumtosh va alevritlarning bir konning o’zida aralash 
qatlam hosil qilgan yollari kiradi. 
Tabiatda ko‘p uchraydigan minerallar tog jinslarini xosil kiluvchi 
asosiy minerallar deb ataladi. Minerallar asosan litosferada bo‘ladign 
tabiiy jarayenlar maxsulidir. Yer po‘stining turli rayonlarida tabiiy sharoit 
xar xil bo‘lganligidan turlicha minerallar paydo bo‘ladi. Tabiiy 
sharoitning o‘zgarishi okibatida minerallar xam o‘zgaradi. Shunday kilib, 
minerallar mutlako turgun, o‘zgarmaydigan narsa emas. Aksincha, xar bir 
minerallar yer po‘stida to‘xtovsiz sodir bo‘lib turadigan murakkab va 
xilma-xil jarayenlar ta’sirida o‘zgaradi. Shuning uchun biz minerallarning 
kelib chikishini ularning vujudga kelishi, mavjud bo‘lishi va keyin 
bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan birga olib karaymiz. 
Minerallar xosil bo‘lish sharoitlariga karab – birlamchi va 
ikkilamchi minerallarga bo‘linadi. 
Birlamchi 
minerallar-bevosita 
magmadan 
ajralib 
chikkan 
minerallar, ikkilamchi minerallar esa magma kotgandan keyin unga tashki 


muxit ta’siri natijasida xosil bo‘lgan minerallardir. Tog jinsi xosil kiluvchi 
minerallar tog jinsi tarkibidagi o‘rniga karab ikkiga: birlamchi minerallar 
bilan ikkilamchi minerallarga bo‘linadi. 
Ko‘p tarkalgan jinslarning tarkibida uchraydigan birlamchi asosiy 
minerallar jumlasiga kvars, dala shpatlari, piroksenlar, amfibollar, biotit, 
asosiy bo‘lmagan minerallar jumlasiga esa olivin, nefelin, leysit kiradi. 
Tog jinsi xosil kiluvchi ikkilamchi minerallar kuyidagilardir: apatit, 
magnetit, tiganit, sirkon. Lekin shuni xam aytib o‘tish kerakki, insonning 
xayotida eng ko‘p tarkalgan mineralargina katta axamiyatga ega bo‘lmay, 
balki siyrak uchraydigan minerallar xam katta axamiyatga egadir. Ular 
bizning davrimizda ishlab chikarish uchun nixoyatda muximdir.
Kollektorlarning fizik, mexanik va kimyoviy xususiyatlarini 
o’rganish neft va gaz konlarini to’g`ri ishlatishda asosiy omillardan 
biridir. Shuning uchun bu xossalar nimalardan iboratligi, ularning neft va 
gaz qazib olishdagi roli, o’zaro munosabatlarini mukammal 
o’rganmasdan turib, konlarni ishlatib bo’lmaydi. Kollektorlardan neft va 
gaz qazib olinayotganda ularning suyuqlik o’tkazish va sirqish 
qonuniyatlari qanday o’zgarishi, ularga ta'sir qilish usullari ham 
kollektorlarning mexanik va kimyoviy xossalariga uzviy bog`liqdir. Bu 
xossalar quyidagilardan iborat: 
1) tog` jinslarining donadorlik tarkibi;
2) g`ovakligi, kovakligi va yoriqligi;
3) o’tkazuvchanligi;
4) kapillyarlik xossalari;
5) solishtirma yuzasi;
6) mexanik va issiqlik xossalari;


7) tog` jinslarining neft, gaz va suv bilan to’yinganligi.
Tog` jinslari zarrachalarining shakli va katta - kichikligi, zarrachalarning 
qay holda joylashganligi zarrachalarning joylashish xususiyati (tekstura) 
deyiladi.
Zarrachalarning tuzilishiga qarab tog` jinslari quyidagi to’rt guruhga 
bo’linadi.
1) zarrachalarning diametri 2 mm dan katta bo’lgan yirik bo’lakli jinslar 

psefitlar;
2) zarrachalarning diametri 2 mm dan 0,1 mm gacha bo’lgan jinslar - 
psammitlar;
3) zarrachalarning diametri 0,1 mm dan 0,01 mm gacha bo’lgan jinslar - 
alevritlar;
4) zarrachalarning diametri 0,01 mm dan kichik bo’lgan jinslar - pelitlar.
Tog` jinslarining joylashish xususiyatlari asosan qat - qatligi, joylashish 
harakteri, zarrachalarning o’zaro bog`liqligi, ular orasidagi sementlovchi 
moddalarning miqdori kabilar bilan harakterlanadi 

Yüklə 198,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə