Tog‘ jinslari va ma’danlarning zichligi va tog‘ jinslari namunalarini zichligini aniqlash



Yüklə 28,92 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü28,92 Kb.
#155350
  1   2
7-amaliy ish Tog\' jinslari va ma\'danlarning zichligi


Tog‘ jinslari va ma’danlarning zichligi va tog‘ jinslari namunalarini zichligini aniqlash

Jismning zichligi massaning hajmga nisbatiga teng;



bu yerda m – jismning massasi; V – jismning hajmi. Zichlikni o‘lchash birligi SGS tizimida g/sm3, SI tizimida kg/ m3. Tog‘ jinslarining zichligi tarkibiga, g‘ovakligiga, namligiga va g‘ovaklarni to‘ldiruvchining zichligiga bog‘liq.
Jinslarni tashkil etuvchi ko‘pgina minerallarning zichligi 2,5 g/sm3 dan 3,2 g/sm3 oralig‘iga to‘g‘ri keladi va ular g‘ovakligi kichik bo‘lgan jinslar zichligining qiymatini aniqlaydi.
Tog‘ jinsining zichligi, suyuqlik va gazsimon fazalar massalarining umumiy hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. G‘ovaklik – bu g‘ovaklar hajmini jinsning umumiy hajmiga nisbati:
.
Hajmiy zichlik bu qattiq fazaning massasini umumiy hajmiga nisbati:
.
Zichlikni eng katta qiymatlari magmatik jinslarda bo‘ladi. Ularning g‘ovakligi kam (1-2%) bo‘lgani uchun zichliklarining qiymati petrografik tarkibiga bog‘liq. Magmatik jinslarning asosligi ortishi bilan zichlikning qiymati ortadi. Masalan, zichlikning o‘rtacha qiymatlari granitlarda – 2.6 g/sm3, dioritlarda – 2.8 g/sm3, gabbroda – 2.9g/sm3, o‘ta asosli jinslarda – 3.0 g/sm3 atrofida bo‘ladi.
Effuziv jinslarning zichligi intruziv jinslarga o‘xshash yoki biroz past bo‘ladi. Cho‘kindi jinslarning zichligi: tarkibiga, g‘ovakligiga va namligiga bog‘liq, hamda magmatik jinslarga nisbatan ancha kichik bo‘ladi. Cho‘kindi jinslarning g‘ovakligi keng oraliqda o‘zgarishi sababli zichligining qiymati ham shunday o‘zgaradi (kimyoviy jinslardan tashqari, chunki ularning g‘ovakligi past – gips, angidrit, tosh tuzi).
Terrigen jinslarning zichligi o‘rta hisobda 2.2 g/sm3 teng bo‘lib, chuqurlik bo‘yicha qonunli 1.8 dan 2.6 g/sm3 gacha ortadi, chunki bosim oshganda g‘ovaklik kamayadi. Jinslarning g‘ovakligi va darzligi ortganda zichlik kamayadi. Cho‘kindi jinslar zarrachalarining diametri kamayganda zichligi ortadi. Namlik oshganda zichlik ortadi.
Metamorfik jinslarning zichligi tarkibiga,metamorfizm turiga va darajasiga bog‘liq. Xududiy dinamometamorfizm tashkil etuvchi cho‘kindi jinslarning zichligini oshiradi. Metamorfik jinslarning zichligi magmatiklarga nisbatan kichik, cho‘kindilarga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Gidrotermal va metasomatik jarayonlar odatda magmatik va metamorfik jinslarning zichligini pasaytiradi, lekin cho‘kindi jinslarning zichligini orttiradi. O‘ta asosli jinslarning serpentinlashtirishi zichlikni 2.5 – 2.6 g/sm3 gacha pasaytiradi. Metall foydali qazilma ma’danlarida zichlik yuqori va tarkibidagi sulfidlar va oksidlar konsentratsiyasiga bog‘liq. Xromitlar (3.3 – 4.4 g/sm3), temir (3.7 – 4.3g/sm3), kolchedan (3.5 – 5.5 g/sm3)va polimetall (3.2 – 5.5 g/sm3) ma’danlar yuqori zichlikga ega.
Kolchedan va polimetall ma’danlarining oksidlanishi zichlikni pasaytiradi. Barit, korund yuqori zichlikka ega (4.6 g/sm3 gacha). Zichlikning kichik qiymatlari tuzlarda, ko‘mirlarda kuzatiladi (galit – 2.15 g/sm3, silvin – 2.0 g/sm2, toshko‘mir – 1.3 – 1.4 g/sm3, antratsit – 1.4 – 1.5 g/sm3).
Zichlik ko‘proq gidrostatik tortish usuli bilan aniqlanadi. Bunda namunaning og‘irligi havoda R1 va suvda R2 tarozida tortiladi va quyidagi formula bo‘yicha zichlik aniqlanadi:
.



Yüklə 28,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə