12
1-bob. TADBIRKORLIK ASOSLARI: G„OYADAN AMALIYOTGACHA
1.1. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish. Tadbirkorlikning afzalliklari va
kamchiliklari
Tadbirkor kim? Tadbirkor yangi biznesni risk va xavf-xatarlarni o„z zimmasiga
olib tashkil qiluvchi, foyda va muqobil o„sishni ko„zlab barcha mavjud resurslaridan
bu yo„lda samarali foydalanuvchi shaxsdir.
Tadbirkorlar quyidagi xususiyatlar bilan boshqalardan ajralib turadi:
─ mas‟uliyat va javobgarlik hissining yuqoriligi (tadbirkor o„z
xodimlari va
biznesning rivojlanishiga mas‟ul, investorlar oldida javobgar);
─ vaqtida riskni bo„yniga olish, risklarni boshqarish va oldini olish;
─ yutuq va maqsadiga erishishiga ishonchi balandligi;
─ tez natija
kutishi va natijaga ishlashi;
─ yuqori energiya va xohishga egaligi;
─ kelajakka urg„u berishi; imkoniyat, talab, istiqbolni ko„ra olishi;
─ boshqarish va tashkiliy ishlarda uddaburonligi;
─ qiymat yarata olishi;
─ kelajakning noaniqligi va kutilmagan favquloddagi holatlarga
tayyorligi;
─ moslashuvchanligi, o„zgarishlarga tayyorligi;
─ tinimsiz qattiq mehnat qilishga layoqati;
─ irodaliligi.
13
1.1-rasm. Tadbirkor uchun eng muhim sifatlar
1
1.1-rasmdan shunday xulosaga kelish mumkinki, tadbirkor uchun uzoqni ko„ra
bilish, ishtiyoq va motivatsiya eng muhim sifatlar hisoblanadi.
1.2-rasm. Muvaffaqiyatli tadbirkor bo„lish uchun muhim sanalgan omillar
2
Muvaffaqiyatli tadbirkor bo„lish uchun muhim omillar tajriba bilan bog„liq,
shuning uchun tajribali mutaxassislar juda qardlanadi. AQShda har oyda 500 000
yangi bizneslar tadbirkorlar tomonidan ochiladi.
AQShning voyaga yetgan
1
Nature of Nurture: Decoding the DNA of the Enterpreneur, Ernst&Young, 2011.
2
Kauffman Foundation, 2009.
14
aholisining 12,7 %i yangi biznes ochish ishtiyoqida doimiy harakat qiladi. Global
Entrepreneurship and Development Index (GEDI)da AQSh 82,5
ball bilan birinchi
o„rinni egallagan.
Dostları ilə paylaş: