|
Asqarova dilorom qurbonovna
|
səhifə | 64/72 | tarix | 04.02.2023 | ölçüsü | 0,89 Mb. | | #100147 |
| Bolalarna mak.ta\'l. tayyor. oquv qo\'llanmaJismoniy tarbiya – o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi.
Fantaziya – xayol, hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur va xayoliy xotiralarning vujudga kelishidan iborat psixik jarayon.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi. Subyektning olam bilan faol o‘zaro munosabati.
Individual o‘qitish – o‘quvchi shaxsiga alohida yondoshgan holda ta’ lim-tarbiya berish.
Innovatsiya – yangidan kiritilgan tushunchalar, tartib-qoidalar, tehnologiyalar va yangiliklar.
Interfaol usul – ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi faol hamkorlik muloqoti.
Joriy nazorat - ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Hisobot – kundalik ish yakunidagi yozma axborot.
Ijod – yaratish, yangilikni kashf etish degan manolarini anglatadi va insondagi shu jarayonni ifodalaydi.
Ijodkorlik (kreativlik) – bolalarni maksimal darajada ijodiy ibtidoga, o‘z ijodiy faoliyati tajribasini egallashga yo‘naltirish
Ilmiy dunyoqarash - uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlashgan dunyoqarash shakli.
Illyustratsiyali masalalar – rangli rasmlar va o‘yinchoqlardan foydalanib bajariladigan masalalar.
Individual yondashish tamoyili – bolalarning yosh xususiyatini, qobiliyatlarini, psixologiyasini hisobga olish kerak degan talablardan kelib chiqadigan tamoyil va bu tamoyil matematikani o‘qitish davomida amalga oshirilishi shart.
Dostları ilə paylaş: |
|
|