Atrof muhitni muhofaza o'rmonlar o'tloqlar tabiat qo'riqxonalari reja



Yüklə 21,22 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü21,22 Kb.
#140302
1   2   3
ATROF MUHITNI MUHOFAZA O\'RMONLAR O\'TLOQLAR TABIAT QO\'RIQXONALARI

TABIIY RYESURSLAR TASNIFI

1. Tugaydigan resurslar


1) Tiklanmaydigan resurslar
YEr osti qazilmalari (ko'mir, neft, gaz, ruda va h.k.)
2) Tiklanadigan resurslar
Tuproq, o'simlik va hayvonlar, suv resurslari
2. Tugamaydigan resurslar
Havo, suv resurslari, energiya (Quyosh energiyasi, yadro, geotermal, shamol, to'lqin
energiyalari)

Fan va texnika taraqqiyoti sharoitida tabiatdan va uning resurslaridan foydalanish, ularni muhofaza qilish quyidagi vazifalarni kompleks holda amalga oshirishni talab etadi: 1) tabiatni kishilarni yashash makoni, ruhiy va estetik ehtiyojini qondiruvchi shart-sharoit sifatida toza saqlash; 2) jonli va jonsiz tabiiy resurslarni ishlatishning ko'lamini, miqdorini va xarakterini tartibga solish; 3) ishlab chiqarishda iste'mol qilinadigan xom ashyoning ko'p qismini chiqindiga chiqarib, atrof tabiatini ifloslovchi, allaqachonlar o'z asrini yashab bo'lgan eski texnik va texnologik jarayonlarni kam chiqindi chiqaradigan zamonaviy texnologiya bilan almashtirishga erishish; 4) tabiiy resurslardan sanoat ishlab chiqarishining uzoq muddatli o'sishini hamda kelajak avlodlarning har tomonlama rivojlanishini baravar hisobga olgan holda foydalanishga erishish.


Real va potensial miliy va xalqaro ahamiyatdagi resurslarni ajratsa bo'ladi. Davlat o'z hududidagi resurslarga egalik qiladi va ularni turli shaklda foydalanadi, muhofaza qiladi. Dunyo okeanlari resurslari, atmosfera havosi, antrkatida tabiiy resurslari, kosmik fazo, ko'chib yuruvchi hayvonlar umumjahon resurslari hisoblanadi. Ulardan foydalanish va muhofaza qilish faqatgina xalqaro kelishuvlar yordamida, turli mamlakatlar ishtirokidagina muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.
Ko'p yillar davomida xom ashyo bazasi bo'lib kelgan O'zbekistonda tabiiy muhit holati ancha ayanchli holga etib qolgan. YEr osti boyliklarining isrofgarchilik bilan o'zlashtirilishi natijasida katta maydondagi unumdor erlar yaroqsiz holga tushgan. Suv, havo, tuproq ifloslangan. Obikor erlarda eroziya, cho'lga aylanish, sho'r bosish jarayonlari tezlashgan. Yirik sanoat markazlari, katta shaharlarda murakkab ekologik vaziyat kuzatilmoqda. Orol dengizi, Orolbo'yi muammolari yana ko'plab ekologik jumboqlarni keltirib chiqarmoqda. O'zbekistonda turli xastaliklarning ko'payishi va atrof-muhitning ifloslanishi o'rtasida bevosita bog'lanishlar kuzatilayapti.
O'zbekistonda atrof muhitning ifloslanishi va uning oqibatlari o'ziga xos xususiyatlarga ega. Issiq iqlim sharoitida havo, suv, tuproq sifatining buzilishi insonlar sog'ligiga ayniqsa kuchli ta'sir ko'rsatadi. O'zbekistonda yirik shaharlar va sanoat markazlari tog' oldida, tog' oraliq botiqlarida joylashganligi tufayli atmosfera havosi va boshqa barcha komponentlarning ifloslanish darajasi nisbatan yuqori bo'ladi. Qishloq xo'jaligida mineral o'g'itlar va zaharli kimyoviy moddalar ko'plab ishlatilishi atrof muhit ifloslanishining ortishiga olib kelgan. Inson ta'sirining kuchayishi natijasida O'zbekistondagi o'simlik va hayvon turlari kamayib, noyob tabiat go'shalari buzilmoqda. Umumiy soni 22 mln.dan oshgan O'zbekiston aholisi har yili o'rta hsiobda 250-400 ming kishiga ko'paymoqda. Bunday sharoitda aholini zarur yashash muhiti va barcha kerakli mahsulotlar bilan ta'minlash dolzarb va eng ustuvor masala bo'lib qolmoqda.

Keyingi yillarda tabiiy resurslarni o’zlashtirish natijasida tabiiy landshaftlardan, dam olish zonalarini vujudga keltirishda keng foydalanilmoqda. Tabiatdan foydalanishning bu shakli landshaftdan rekrasion (tiklash) maqsadida foydalanilganda keyinchalik ro’y beradigan oqibatlarga e'tibor berish zarur. Chunki ayrim sabablarga ko’ra, foydalaniladigan maydonlar tuproq va o’simliklari o’zgarib, yovvoyi hayvonlar yo’q bo’lib ketishi, umuman biogeosenozlardagi bolanishlarga salbiy ta'sir ko’rsatishi mumkin. Tabiiy landshaftdan rekreasion maqsadlar uchun foydalanilganda o’ziga xos oqibatlarni o’rganish tabiatni muhofaza qilishning asosiy muammosi bo’lib qoladi. Bu muammoni hal etishda, aniq va ilmiy asoslangan nazariy xulosalar chiqarish talab etiladi. Rekreasion maqsadlar uchun tabiiy landshaftdagi dam olish zonalarini ilmiy asosda belgilash va ularni baholash, kelgusida bu maydon landshaftda qanday o’zgarishlar vujudga kelishini belgilash, aniqlash bilan geografiyaning yangi tarmoi rekreasion geografiya shuullanadi.


Rekreasion maydonlarni muhofaza qilishning dastlabki yo’nalishi bu maydonlarga keladigan kishilarning sonini va ularning maydondagi faoliyatini belgilashdan iborat. Ikkinchidan, rekreasion maydonlarda tabiatini muhofaza etishni yo’lga qo’yish va dam olishni maxsus tashkilotlar uyushtirishi lozim. Uchinchidan, rekreasion maydonlar landshaftini tabiiy holda saqlashda mahalliy tashkilotlar va umuman kishilarning o’zlari faol qatnashishlari va buning uchun tushuntirish ishlari olib borilishi zarur. Shuningdek, eng nodir maydonlardan dam olish uchun ma'lum qismi ajratilishi zarur. Ajratilgan maydonni muayyan vaqtdan so’ng boshqa maydon bilan almashtirish va lozim bo’lsa, oldingi foydalanilgan joylarning tabiiy holatini yana tiklashga erishmoq zarur.



Yüklə 21,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə