77
zarurat tug‘iladi. Bunday hollarda transport vositasining hozirgi vaqtdagi texnik holati
bundan birmuncha oldingi, buzilish yoki YTH sabablari vujudga kelishi natijasidagi
holatidan farq qiladi.
Transport vositasi texnik holatining o‘zgarishi jarayonida diagnostikalash natijasi
bitta nuqtani ifodalaydi (12.1-rasm).
Texnik diagnostikalash va bashorat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Davriy
(yoki uzluksiz) diagnostikalashning natijalari transport vositasi texnik holatining vaqt
davomida o‘zgarishini tavsiflaydi (masofaning o‘zgarishi bilan) va prognozlash uchun
foydalaniladi.
Prognoztning vazifasi ob’ekt parametrlarining bo‘lajak qiymatlarini berilgan
ishonchlilik bilan aniqlab, ob’ektning diagnostika o‘tkazilganidan keyin erishadigan
texnik holatini tavsiflashdan iborat.
Diagnostika vazifasini bajarishda ikkita yondashish mavjud.
Birinchi yondashish har xil masofalarga taalluqli texnik holat parametrlari
qiymatlariga statistik ishlov berish va tahlilga asoslanadi. Bunda parametrlar qiymatlari
transport vositalari guruhining ma’lum sharoitlarida (nazorat osti) ekspluatatsiya qilib,
to‘planadi. Sinovlar natijalari bo‘yicha yurilgan yo‘l va texnik holat parametrining
qandaydir qiymatiga erishish ehtimolligi o‘rtasidagi bog‘liqlik turini aniqlash mumkin.
Bu usulni qo‘llaganda ehtimollik nazariyasi matematik apparatidan foydalaniladi.
Ikkinchi yondashish muayyan bashorat Ob’ektining texnik holatini belgilaydigan
parametrlar o‘zgarishi qonuniyatlarini aniqlashdan iborat. Bu holda parametrlar bevosita
o‘lchanadi va ob’ekt o‘zgarishining tendensiyalari aniqlanadi. Bunday bashoratning
asosiy maqsadi – ob’ektning qoldiq resursini aniqlashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: