Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish va ularning hisobi



Yüklə 40,34 Kb.
səhifə5/9
tarix30.12.2023
ölçüsü40,34 Kb.
#164531
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Banklarda naqd pulsiz hisob kitoblarni tashkil qilish va ularnin

birinchi nusxasi bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;


  • ikkinchi nusxasi mablag‘larni to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilingan holda mablag‘larni to‘lovchiga taqdim qilinadi.
    Elektron shakldagi to‘lov topshiriqnomasi to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, ro‘yxat ko‘rinishida chop etiladi va bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
    Mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan ijro etilgan to‘lov topshiriqnomasining nusxasini mablag‘larni to‘lovchiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilgan holda taqdim etish tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
    Mablag‘larni oluvchining bankiga to‘lov tizimi orqali kelib tushgan elektron shakldagi to‘lov topshiriqnomalari ro‘yxat ko‘rinishda chop etiladi va bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
    Mablag‘larni oluvchining bankiga to‘lov topshiriqnomasi kelib tushganligi haqida mablag‘larni oluvchiga xabar berish hamda to‘lov topshiriqnomasining nusxasini mablag‘larni oluvchiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilgan holda taqdim etish tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.

    2-rasm. . Tijorat banklarda qo’llaniladigan


    to’lov topshiriqnoma to’lov hujjati

    • Davlat korxonasi qo‘shma korxonadan mahsulot sotib oldi. Davlat korxonasi sotib olingan mahsulotning pulini to ‘lash uchun to ‘lov topshiriqnom asi rasmiylashtirilib, o ‘ziga xizm at ko‘rsatuvchi bankka topshirdi.


    Debet: 20210 «Davlat tasarufidagi korxonaning talab qilib olguncha saqlanadigan hisob raqami»


    Kredit: 20214 «Xususiy korxona va korporatsiyalarning talab qilib olguncha saqlanadigan depoziti hisob raqami»

    • Pensiya fondiga badallarni o’tkazish uchun mijozdan to’lov topshirig’I kelib tushdi:


    Debet 20210 «Davlat tasarufidagi korxonaning talab qilib olguncha saqlanadigan hisob raqami»


    Kredit 22510 Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar

    • Ishchi xizmatchilar ish haqidan ushlab qolingan daromad solig’ini to’lash uchun to’lov topshirig’i kelib tushdi :


    Debet 20210 «Davlat tasarufidagi korxonaning talab qilib olguncha saqlanadigan hisob raqami»


    Kredit 23402 Respublika budjetining mablag‘lari

    • Agar mablag‘larni oluvchi korxona boshqa bank xizmatidan foydalanadigan bo‘lsa, u holda to‘lov bankidan pul mablag‘lari bankning korrespondentsiya hisob varag‘i orqali o‘tkaziladi.


    Debet 20210 “Davlat tasarufidagi korxonaning talabqilguncha saqlanadigan depoziti hisob varag‘i”


    Kredit 10301 “ Tijorat bankining korrespondentsiya hisob varag‘i”


    Yüklə 40,34 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə