Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 kirish



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə49/238
tarix01.06.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#88543
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   238
Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘lla

5-MAVZU. BOZOR IQTISODIYoTINING MAZMUNI VA AMAL QILIShI
Reja:
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.
2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari.
3. Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari.
4. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.


1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari
Bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmi ko‘plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyutsiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Oldingi bobda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat.
Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo‘jaligi sub’ektlari iqtisodiy hatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog‘lanib muvofiqlashuvi deb baho beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub’ektlarini qamrab oladi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, yollanma ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog‘ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo‘jaligining barcha asosiy sub’ektlari uchta guruhga bo‘linadi: uy xo‘jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə