Paxtakor tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining navbatdagi pedagogika kengashi yig‘ilishi
BAYONNOMASI (ko‘chirma) №4
Paxtakor shahri 9-YANVAR 2022-yil.
Kengash raisi: N.Sulaymonov
Kotibi: Z.Irmatova
Ishtirok etdi: 71 nafar pedagog xodim .
Kun tartibidagi masala:
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRIning 2022-yil 5-dekabrdagi “ Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish ishlarini yanada takomilllashtirish to‘g‘risida’’gi 372-sonli buyrug’i to‘g‘risida
2023-yil yanvar tarifikatsiyasi va dars taqsimotidagi o’zgarishlar to‘g‘risida
Maktab OIBDO F. Navruzova so‘zga chiqib, kun tartibidagi masala bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi va ushbu buyruq maktabda pedagoglar uchun eng muhim va juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan buyruqlardan biri ekanligi to‘g‘risida tushuncha berdi. U XALQ TA’LIMI VAZIRIning 2022-yil 5-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish ishlarini yanada takomilllashtirish to‘g‘risida’’gi 372-sonli buyrug’ida umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish ishlari tartibi 1-ilovaga muvofiq, umumiy o’rta ta’lim maktabining metod birlashmalar to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq, pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq, ijtimoiy tarmoqlar orqali o’tkazilgan so’rovnoma hamda pedagoglarning fikr-mulohazalarini olgan holda umumiy o’rta ta’lim maktablari fan o’qituvchilarining “Metodik kunlari” va “Fan oyliklari“ni o’tkazishni bekor qilish hamda umumiy o’rta ta’lim maktabi direktorlari SanQvaN me’orlariga rioya qilgan holda dars jadvaliga tegishli o’zgartirishlar kiritilishi kerakligini o‘qib, barcha yig‘ilish ishtirokchilarini buyruq bilan tanishtirdi.
XALQ TA’LIMI VAZIRIning 2022-yil 5-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish ishlarini yanada takomilllashtirish to‘g‘risida’’gi 372-sonli buyrug’ini ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yilning 3-choragidan boshlab, maktabning dars jadvali hamda yakka tartibda ta’lim oluvchi o’quvchilarning dars jadvaliga o’zgartirishlar kiritilishi aytildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan muhokama va munozaradan so‘ng pedagogika kengashi yig‘ilishi
QAROR QILADI:
1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRIning 2022-yil 5-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish ishlarini yanada takomilllashtirish to‘g‘risida’’gi 372-sonli buyrug’i ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maktab o’quv ishlari bo’yica direktor o’rinbosarlari (F.Navruzova, S.Djiyanova)larga;
-Umumiy o’rta ta’lim maktablari fan o’qituvchilarining “Metodik kunlari” va “Fan oyliklari“ni o’tkazilishi bekor qilinsin.
- Maktab dars jadvali qayta ko‘rib chiqilib, 2023-yilning 3-choragidan boshlab SanQvaN me’yorlariga rioya qilgan holda tegishli o’zgartirishlar kiritilsin.
- 2023-yilning 3-choragidan boshlab yakka tartibda ta’lim oluvchi o’quvchilarning dars jadvallari 1-ilovaga muvoffiq tasdiqlansin.
3. Ushbu qarorning ijrosi va nazoratini o’z zimmamda qoldiraman.
Kengash raisi: N.Sulaymonov
Kotibi: Z.Irmatova
Dostları ilə paylaş: |