Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/108
tarix13.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102394
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108
Библиография

Savol va topshiriqlar
1. Hujjat deganda nimani tushunasiz?
2. Axborot iste’molchisi kim?
3. Matbuot asari va uning xususiyatlari nimadan iborat?
4. Bosma mahsuloti va uning turlarini ayting.
5. Nodavriy nashrlar va ularning turlari haqida to‘xtaling.
6. Òo‘plamlar, asarlar to‘plami, asarlar, tanlangan asarlarga misol
keltiring, ularning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
7. Vaqtli matbuot nashrlari, ularning xususiyatlari va turlari haqida
nimalarni bilasiz?
8. Ma’lumotnoma nashrlar qanday nashrlar?
9. Qomusnomalar, ularning turlari, ahamiyatini tushuntiring.
10. O‘zbekistondagi dastlabki davlat nashriyotlari haqida gapirib
bering.


52
 IV BOB.
 AXBOROT — BIBLIOGRAFIYA RESURSLARI
Mavzuning maqsadi
— hozirgi zamon talablari va xusu-
siyatlaridan kelib chiqqan holda axborot-bibliografiya resurslari,
ularning xususiyatlari, ahamiyati, ularni iste’molchilarga yetkazib
berish usuli bilan talabalarni tanishtirish.
Asosiy tushunchalar
— axborot resurslari, kutubxona-biblio-
grafiya resurslari, bibliografik mahsulotlar, bibliografik ko‘r-
satkichlar, bibliografik ro‘yxatlar, bibliografik obzor (sharh)lar,
ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar banki.
Axborot-bibliografiya resurslari haqida
umumiy tushuncha
Axborot resurslari
maqsadga mos axborotni olish uchun
tashkil etilgan ma’lumotlar yig‘indisidir. 
Kutubxona-
bibliografiya resurslari —
kutubxonalar oldida turgan vazifalarini
bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot, moddiy-texnik va
xodimlar bazasi. 
Axborot-bibliografiya resurslari
jamiyatning va
axborot iste’molchilarining talablarini qondirish uchun zarur
bo‘lgan hujjatlar, faktlar va boshqalar haqidagi turli xil
manbalar bo‘lib, kutubxonalarda va axborot markazlarida
saqlanayotgan an’anaviy va mashinada o‘qiladigan axborot
tashuvchilar (har xil kataloglar va kartotekalar, ma’lumotlar
banki va bazasi hamda axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga
xizmat qiluvchi intellektual va moddiy kuchlardan iborat. Bu
resurslarning eng muhim axborot mahsuloti axborot tizimlari-
ning harakati natijasida yuzaga kelgan hujjatlar, axborot massivi,
ma’lumotlar bazasi va axborot xizmatidir. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə