Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/108
tarix13.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Библиография

Bibliografiya nazariyasi
— bibliografiyaning mohiyatini va
ijtimoiy ahamiyatini o‘rganadi, ilmiy konsepsiyasini va tushun-
chalar tizimini ishlab chiqadi, hozirgi zamon bibliografik
amaliyotni ilmiy tahlil qilishning metodologik negizini ishlab
chiqadi, bibliografiyaning va bibliografik fanlarning axborot
faoliyati va informatika, kutubxonachilik ishi va kutubxona-
shunoslik, kitob ishi va kitobshunoslik bilan o‘zaro aloqasini
tahlil qiladi. Rus bibliografiyasining, jumladan, hamdo‘stlik
mamlakatlari bibliografiyasining rivojlanishida munosib hissa
qo‘shgan A. I. Barsuk, M. G. Voxrisheva, N. E. Dobrinina,
Y. S. Zubov, O. P. Korshunov, A. V. Mamontov, I. G. Mor-
genshtern, I. I. Reshetinskiy, N. A. Slyadneva, A. V. Sokolov,
S. A. Òrubnikov, Y. M. Òugov, V. A. Fokeyevlar faoliyatini
o‘rganadi.
Bibliografiya tarixi
— uning qonuniyatlari va rivojlanish
tendensiyalarini o‘rganadi. Bunda bibliografiya tarixi jamiyatlar
tarixi, siyosat tarixi, jamiyatning iqtisodiy, madaniy-ma’naviy


12
hayoti bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Rus bibliografiyasi tarixi
masalalarini mashhur bibliograflar N. V. Zdobnov, M. V. Mash-
kova, L. M. Ravich, S. A. Reyser, B. A. Semyonovker, K. R. Si-
monlar o‘rganganlar. O‘zbekiston bibliografiyasi, umuman,
O‘rta Osiyo bibliografiyasi tarixini o‘zbek bibliograf olimla-
ridan M. M. Òuropov, Sh. M. Shamsiyev, E. O. Oxunjonov,
H. Mamatraimova, turkmanistonlik olim A. Yazberdiyevlar
tadqiq qilib o‘rganganlar.
Bibliografiya texnologiyasi
— axborot resurslarini, biblio-
grafik mahsulotlarni qayta ishlab chiqish mahorati. U axborotni
yig‘ish, tashkil etish, saqlash, to‘plash, qayta ishlov berish,
qidirish, xulosa qilish, nusxa ko‘paytirish, uni uzatish va tarqa-
tishni ta’minlovchi texnologik komplekslarni takomillashti-
rishda ishtirok etadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə