Bibliografiya lat p65


Bibliografiyaning metodikasi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/108
tarix13.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Библиография

Bibliografiyaning metodikasi
— bibliografiyaning nazariyasi,
tarixi, texnologiyasi, amaliyoti bilan uzviy bog‘liq. U bibliografik
axborot tayyorlash va iste’molchilarga yetkazishning maq-
sadga yo‘naltirilgan usullari va uslublari yig‘indisidir. Biblio-
grafiyaning metodikasini ishlab chiqishda bibliograflardan M. A.
Briskman, M. P. Bronshteyn, M. P.Gastfer, M. A. Sakdova, S. P.
Bavin, S. V. Bushuyev, G. E. Mironov, A. M. Gorbunov, O. A.
Gurbolikova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
M. Y. Nosirova, M. Òuropov, Sh. M. Shamsiyev, H. Ma-
matraimovalar faoliyat ko‘rsatadilar.
Bibliografiyani tashkil etish
— mamlakatda kutubxonachilik va
axborot markazlarini tashkil etish, bibliografiya xizmati tizimini
yaratish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish, mehnatni ilmiy asosda
tashkil etish, jamiyatning axborotga bo‘lgan talabini to‘la qondirish
imkonini yaratish uchun xizmat qiladi.
Bibliografiyaning ahamiyati
Har bir davrda jamiyat taraqqiyoti madaniyatsiz, ma’naviyatsiz
amalga oshmaydi, doimo insoniyat ma’naviy bilimga, dunyoni
bilishga, ilm olishga, o‘zligini anglash uchun hayotni tushunishga
ehtiyoj sezadi. Tevarak-atrof, voqea va hodisalar, ularning mohi-
yati, mazmuni, maqsadi, ijtimoiy-siyosiy voqealar, ularning asl
mazmuni, maqsadi, foyda va zarari haqida bilim beruvchi, kishi-
larni ezgulikka, yaxshilikka chaqiruvchi, ruhiy ozuqa beruvchi
adabiyotlar haqida tezkorlik bilan, maqsadga mos holda ma’-
lumot beruvchi ikkinchi darajali hujjatlar — bibliografik mah-


13
sulotlardir. Òurli xil yo‘nalishda tuzilgan bibliografiyalarning
ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi:
1. Bibliografiya undan oldingi davrda yaratilgan madaniy
boyliklarimiz, kitobatchilik, nashriyotchilik ishi tarixi haqida,
rivoji haqida ma’lumot beradi.
2. Adabiyotlarning mazmuni, maqsadi, undagi asosiy masala-
lar, muammolar bilan tanishtiradi.
3. Kitobxon uchun yangi ma’lumot beradi.
4. Kitobxonga o‘qish uchun eng zarur adabiyotlarni tavsiya qiladi.
5. Kitobxonga adabiyot tanlashda yordam beradi.
6. Adabiyot tavsiya etadi.
7. Jamiyat hayotida faol ishtirok etishga, biror-bir sohada
muvaffaqiyatlarga erishishda turtki bo‘ladi.
8. Shaxsiy hayotida o‘zgarishlar bo‘lishi uchun zamin yaratadi.
9. Kitobxonda o‘qish madaniyatini, axborot bilan ishlash
madaniyatini tarbiyalaydi.
10. Ilmiy-tadqiqot ishlari, tarixni o‘rganish uchun muhim
manba bo‘lib qoladi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə