Bibliografiya lat p65



Yüklə 371,14 Kb.
səhifə45/90
tarix19.04.2023
ölçüsü371,14 Kb.
#106141
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   90
s

Savol va topshiriqlar


1. Maxsus bibliografik qo‘llanmalarning xususiyatlarini aytib bering. 2. Ilmiy yordamchi qo‘llanmalar tizimining xarakterini tushuntiring.

  1. Kundalik ilmiy yordamchi qo‘llanmalarning turlariga ta’rif bering.

  2. Retrospektiv ilmiy yordamchi qo‘llanmalar va ularning turlarihaqida nimalarni bilasiz?

  3. Ishlab chiqarishga oid bibliografik qo‘llanmalarni ta’riflang.

  4. Òavsiya bibliografik qo‘llanmalarining qanday vazifalari mavjud?

  5. Òavsiya bibliografik qo‘llanmalarning mazmuniga ko‘ra turlariniayting.

X BOB. NASHRIYOT VA KITOB SAVDOSIDA

BIBLIOGRAFIK QO‘LLANMALAR


Mavzuning maqsadi bosma nashrlarni targ‘ib qilish, reklama qilish, sotish maqsadida tashkil etiladigan bibliografik qo‘llanmalar bilan tanishtirish.
Asosiy tushunchalar —nashriyot bibliografik qo‘llanmalari, kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari.
Nashriyot bibliografik qo‘llanmalari—bir nashriyot tomonidan chiqarilgan yoki kelgusida chiqariladigan bosma nashrlarning ro‘yxatidan iborat bibliografik qo‘llanmalar.
Kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari—bosma mahsulotlarni tarqatishga ta’sir etish maqsadida tuzilgan qo‘llanmalar. Nashriyot va kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlari tomonidan mavjud yoki kelgusida nashr etiladigan bosma mahsulotlar marketingini va savdosini tashkil etish maqsadida tuziladi. Bu bibliografik qo‘llanmalar qog‘oz va elektron shaklda tayyorlanadi. Nashriyot va kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari nashriyot, kitob do‘konlari, kutubxonalar, tashkilot va muassasalar, mamlakatimiz kitob sanoati bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallanadi. Bosma mahsulotlar haqida axborot berilayotganiga ko‘ra ular quyidagicha turlanadi: perspektiv, kundalik, retrospektiv, nashriyot va kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari. Ular bir-biridan vazifasi, mazmuni va boshqa xususiyatlariga ko‘ra ajratiladi va, albatta, kirish so‘zi yoki so‘zboshi, asosiy qism va mundarija kabi majburiy elementlarga ega bo‘ladi. Ba’zilarida qo‘shimcha elementlar — axborot manbalarining ro‘yxati, qisqartmalar ro‘yxati, yordamchi ko‘rsatkichlar beriladi.
So‘zboshi asosiy qismning mazmuni bilan bog‘liq holda, ko‘rsatkichning maqsadi, vazifasi, undan foydalanish yo‘llari haqida tavsiya beradi. Asosiy qism nashrlarning bibliografik yozuvidan (ba’zida qisqacha annotatsiyasi bilan) va o‘nli klassifikatsiya jadvali asosida shifr indeksidan iborat bo‘ladi. Yordamchi sarlavhalarga yoki muallifga oid ma’lumotlar beriladi. Bibliografik yozuvlar bo‘limlar, ichki bo‘limchalarda mavzular bo‘yicha alifbo yoki boshqa tanlangan prinsið asosida joylashtiriladi. Bunday qo‘llanmalar kutubxonalar faoliyatida kutubxona fondini maqsadli to‘ldirishda, bibliografik axborotlarni tayyorlashda, talablarni bajarishda, kitobxonlarning axborot madaniyatini tarbiyalashda yordam beradi. Shu yo‘nalishdagi bibliografik qo‘llanmalar qo‘shni mamlakatlarda keng qo‘llanilmoqda. Masalan, kitob savdosi va nashriyotchilik ishini muvofiqlashtirish va takomillashtirish maqsadida Rossiyada „Mavjud va bosmaxonadagi kitoblar“ („Êíèãè â íàëè÷èè è ïå÷àòè“) milliy axborot tizimi yaratilgan. Ular:
—Rossiyada kitob bozorining ahvoli haqida muntazam va tezkorlik bilan axborot berib borish;
—noshir va kitob tarqatuvchilar orqali kitobga tushayotgan talab va ehtiyojni o‘rganish va qondirishni nazorat qilib borish;
—ko‘p so‘ralayotgan kitoblarni nashr qilish texnologiyasini muntazam qo‘llash maqsadida savdo va noshirlar orasidagi o‘zaro munosabatni yo‘lga qo‘yib borish;
—kutubxonalar, nashriyotlar, kitob savdosi, kitob tarqatuvchilarning belgilangan klassifikatsiya, tiðologiya va formatlardan bir xilda foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish;
—kitob savdosi tashkilotlari va kutubxonalarning yangi nashr etilayotgan adabiyotlar, kitob bozorining ahvoli haqida oldindan va o‘z vaqtida bibliografik axborot olishlari uchun bosmaxonada yuzaga chiqish oldida turgan nashrlar haqida, nashrdan chiqishi rejalashtirilayotgan adabiyotlar haqida axborot katalogida o‘z vaqtida va to‘la ma’lumot berib borish vazifalarini bajaradi.
Yil davomida katalog tizimida Rossiyadagi va boshqa qo‘shni mamlakatlardagi (Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston va boshqa) 2000 dan ortiq nashriyot mahsulotlari haqida axborot berib turiladi.
Ma’lumotlar nashriyotlardan shu yilning 31-dekabrigacha olinadi va, albatta, elektron disklarda, yagona nomdagi avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasi ko‘rinishida amalga oshiriladi va muntazam nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlari tomonidan yangilanib, to‘ldirib turiladi. Katalog bir yilda 2 marta bosma ko‘rinishda nashr etiladi, agar shoshilinch kerak bo‘lsa, bir yilda 6 marta elektron shaklda —disketlarda yoki elektron pochta orqali olishlari mumkin. Katalog bir necha bo‘limlardan iborat va har biriga yordamchi ma’lumot apparati berilgan. Mavjud bo‘lgan va bosmaxonadagi kitoblar bo‘limida savdoda mavjud adabiyotlar, ularning bahosi, kitob tarqatuvchi tashkilot haqida ma’lumotlar, chiqarish uchun tayyorlanayotgan kitoblar haqida ma’lumotlar berilib, unga ismlar, nashr turlari, nashriyotlar ko‘rsatkichi ilova qilingan.
Nashrga tayyorlanayotgan kitoblar bo‘limida qaysidir aniq bir yilda nashr qilish rejalashtirilayotgan kitoblar haqida ma’lumotlar beriladi, mualliflar, nashr tiðlari, nashriyotlar ko‘rsatkichi ilova qilinadi. Nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlari bo‘limida alifbo tartibida ular haqida ma’lumotlar: manzili, telefon faks raqamlari, elektron pochta manzili berilgan. Bibliografik yozuvda muallifi, sarlavha, nashriyot, nashr yili, hajmi, muqovasi, adadi, kitob tarqatuvchi tashkilot, qisqa annotatsiya, kitobning xalqaro standart raqami beriladi.
Mavjud va bosmaxonadagi xorijiy adabiyotlar bo‘limida aniq bir nashriyotning bosma, elektron hujjatlari haqida ma’lumot berilgan, mavzuli bo‘limlar ajratilgan, nashr turlari ko‘rsatilgan. Perspektiv bibliografik qo‘llanmalar
Perspektiv bibliografik axborot beruvchi materiallarga quyidagilar kiritiladi: nashriyotlarning yillik annotatsiyalangan rejalari; axborot agentliklarining bosma kataloglari; yirik axborot markazlari va yirik kutubxonalarning nashr rejasi va prospektlari; prays varaqalar.
Perspektiv bibliografik qo‘llanmalarda aks etadigan bibliografik yozuvdagi nashrdan chiqish vaqti rim raqamida dumaloq qavsda berilgan, son xarakteristikasi sohasida nashrning hajmi bosmaxona hisobidagi bosma taboq, nashrning bichimi ham dumaloq qavs ichida rim raqamida berilgan. Badiiy-adabiy asardan boshqa barcha turdagi nashrlarga beriladigan annotatsiyada nashrning maqsadi; nashr turi, janri yoki materialni berish shakli; mavzuning qisqacha bayoni, mazmun xususiyati, umumiy mavzusi yoki fikr; shu xildagi boshqa nashrlardan yoki shu muallifning boshqa asarlaridan farqi, yangiligi, dolzarbligi; kitobxonlar guruhi; asar muallifi haqida ma’lumot, tarjima asar bo‘lsa, mamlakat nomi ko‘rsatiladi.
Qayta nashr etilgan asar bo‘lsa, oldingi nashrining nashr yili, asar nomi (asar nomi o‘zgargan bo‘lsa) ko‘rsatiladi. Agar 1-marta nashr etilayotgan yoki o‘zgarishlar bilan qayta nashr etilayotgan darslik bo‘lsa, unga ham annotatsiya beriladi. UDK bo‘yicha shifr indeksi bibliografik yozuvning oxirida beriladi. Hozir nashriyotlar kitob savdosi tashkilotlari, firmalar tayyorlayotgan prays-varaqalar keng tarqaldi. Ularda alifbo tartibida nashr nomlari, ularning muddati, bahosi ko‘rsatiladi. Prays-varaqalar bir varaq qog‘oz ko‘rinishida, risola, kitob ko‘rinishida ham tayyorlanadi. Keyingi yillarda perspektiv bibliografik qo‘llanmalarda yangi adabiyotlar haqida axborot bilan birga kitob omborlarida saqlanayotgan oshiqcha nusxadagi adabiyotlar haqida retrospektiv bibliografik axborot ham berib boriladi.

Yüklə 371,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə