Riso mz 770 rizografi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#152850
  1   2
USKUNA 1


Riso MZ 770 rizografi

Bir yoki ikki rangli tez va samarali bosma. Bir rangda bosish yoki ikkinchi rangning ifodaliligi va yorqinligini qo’shish, ikki rangni birvarakayiga ustma-ust bosish mumkin. Riso MZ 770 rizografi oddiy ixcham mashinaning doirasida bu tanlovni sizga taqdim etadi. Jozibador va yuqori sifatli hujjatlar bosmasi hech qachon bunchalik yengil bo’lmagan.



3-rаsm. Rizograflarda ish jarayonini amalga oshirish


Bir rangli bosma. Ba’zi hujjatlar ikkinchi rangni talab qilmaydi, va bu holda Riso MZ 770 sizda mavjud ranglardan biri bilan tez va yengil bosma imkoniyatini ta’minlaydi. 
Ikki rangli bosma. Ikki rangli bosma xuddi bir rangli kabi oddiy va tezkor bo’lib qoldi. Riso MZ 770 rizografida ilg’or texnologiyalar qo’llanadi, ular tufayli har bir rang uchun alohida asl nusxalar tayyorlashga zaruriyat yo’q. O’rnatilgan dizaynerlik funksiyalari yordamida asl nusxadagi ranglarni ajratishning ko’p imkoniyatlari mavjud. 
Murakkab bosma. Avval adadni bir rangda, so’ng ikki rangda bosib, bosma topshiriqini 2 qismga bo’lish mumkin. Masalan, shu tarzda testlar to’plamini qora rangda bosish, sinov varag’ida esa savollarni qora rangda, javoblarni esa - qizil rangda bosish mumkin.

4-rаsm. Rizografda master plyonkani o’rnatish
Masterni tayyorlash. Masterni tayyorlash uchun bir rangli bosmada atigi 24 sekund va ikki rangli bosmada – atigi 57 sekund kerak boladi. Shu tariqa, bosmaoldi tayyorgarligi uchun 1 daqiqadan kamroq vaqt ketadi.
600 dpi imkonlilik qobiliyati bilan skanerlash. Riso MZ 770 rizografining skaneri 600 dpi imkonlilik qobiliyati bilan asl nusxani o’qiydi, bu esa masterni tayyorlash blokiga tasvirning hatto eng kichik detallarini ham mukammal uzatishni kafolatlaydi.
D 600 dpi imkonlilik qobiliyatli bosma. D 600 dpi imkonlilik qobiliyati silliq chiziqlar bosmasini, fotosuratlar yarim tonlarining juda aniq aks etishini va eng mayda shriftlar va detallarning ideal tiniqligini ta’minlaydi. 

5-rаsm. Displeydan boshqarish
Riso – an’anaviy tezlikdir. Rizograflar butun dunyoda o’z unumdorligi va bosma sifati bilan mashhur, Riso MZ 770 rizografiya an’analarini to’liq hajmda davom ettirmoqda. Har bir qadam, asl nusxani skanerlashdan boshlab masterni tayyorlash va bosmagacha, tez ravishda, hech qanday to’xtovlarsiz bajarilmoqda.
Bir progonda – ikki rang. Riso MZ 770 rizografi ikkita baraban bilan ta’minlangan bo’lib, ular qog’ozning bir progonida 2 rangni bosadi va shu tariqa bosma unumdorligi va samaradorligini oshiradi. Hatto eng yuqori tezlikda bosilganda ham (bir daqiqada 150 nusxa) Riso MZ 770 ranglarning ideal ustma-ust tushishini ta’minlaydi! 
O’ta yuqori bosma tezligi. Bosmaning eng yuqori tezligi – bir daqiqada 150 nusxa juda qisqa vaqt ichida ulkan adadni bosishga imkon beradi. Bu orada mingta nusxa chiqarishga 7 daqiqadan kamroq vaqt ketadi.
«Yengil rang ajratilishi» funksiyasi. Riso MZ 770 rizografiga «yengil rang ajratilishi» funksiyasi o’rnatilgan bo’lib, u nafaqat ikki rang uchun 2 ta masterni juda oson tayyorlashga, balki asl nusxada ranglarni ajratishning bir necha usullarini taklif etadi.
Mantiqiy boshqaruv paneli. Riso MZ 770 rizografining boshqaruv paneli foydalanuvchi uchun intuitiv ravishda tushunarli bo’lgan 2 qismga bo’lingan. O’ng tomonda rizograf bilan bajariladigan asosiy operatsiyalar uchun javob beruvchi oddiy klavishalar joylashgan. Chap tomonda qo’shimcha funksiyalarning keng qatoriga oson kirishni ta’minlovchi suyuq kristalli sensorli panel joylashgan.
Yorqin, tushunarli, qulay sensor paneli. Katta va yorqin ekran foydalanuvchiga intuitiv ravishda tushunarli bo’lishi uchun maxsus ishlab chiqilgan. Menyudagi funksiyalar mantiqiy guruhlangan. Almashinuvchi ekranlar va ishoralar foydalanuvchini unga kerakli funksiyaga oson chiqaradi. 
Har bir bosma silindrini alohida boshqarish. Har bir bosma silindri bosma zichligini avtonom boshqaruv tizimiga va bosma pozitsiyasining o’z sozlagichiga ega. Tezlikni o’zgartirish klavishalari ikkala silindrning aylanish tezligini boshqaradi. 

6-rаsm. Bosma silindrlarini o’rnatish
Topshiriq bajarilganini ko’rsatuvchi indikatorlar. Bu indikatorlar master-plyonkani tayyorlash va adadni bosish jarayonlarini vizual nazorat qilish uchun mo’ljallangan. Ana shu ko’rsatkich-strelkalar yordamida, topshiriqni bajarish qaysi qadamda turganligini doim bilib olish mumkin. 
Old tomondan yuklanadigan yengil bosma silindrlari. Rizograflarning bosma silindrlari hali hech qachon bunday yengil bo’lmagan. Qulay old tomondan yuklash va silindrning yengil vazni istalgan foydalanuvchiga bir rangdagi silindrni boshqasiga oson va tez almashtirishga imkon beradi.
Bo’yoqli tubani o’rnatish osonligi. Bo’yoqli tubani almashtirish ham shunday oddiy va bir necha sekund vaqt oladi: shunchaki tubani bosma silindrning otsekiga o’rnatib, uni biroz burash kifoya.

7-rаsm. Sarflanuvchi materiallar
Master tayyorlashning sirpanuvchi bloki. Masterni tayyorlash bloki oson sirpanadi va stol tortmasi kabi sug’urib olinadi. Master-plyonkani almashtirish uchun, kassetani sarflangan master-plyonka rulonidan chiqarib olish va yangi rulon o’rnatish kerak.
Dizaynerlik funksiyalari qancha ko’p bo’lsa – natija ham yaxshi bo’ladi. Riso MZ 770 rizografiya texnologiyasining so’nggi yutuqlarini o’zida birlashtirdi va asl nusxalarni dizaynerning qayta ishlashi bo’yicha eng keng imkoniyatlarni ta’minlab, hatto eng mayda elementlarni tahrir qilish va juda aniq rang ajratishga imkon berdi.
Riso-muharrir. RISO-muharrir yordamida asl nusxaning qismlarini tez va oson ajratib belgilashingiz va ular ikki rangning qaysi birida bosilishini ko’rsatishingiz mumkin, darvoqe, eng mayda elementlarni ham ajratib belgilash mumkin. Riso-muharrir matn, fotosurat, suratning alohida bloklarini belgilashga va ularni eng yaxshi tarzda joylashtirishga imkon beradi.




Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə