Biznes boshqaruv asoslari



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/301
tarix29.03.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#84836
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   301
Nisbatan ustunlik 
Biror mamlakatda nisabatan ustunlik boshqa bir hududga nisbatan bo’lishi mumkin.Agar shunday 
bo’lsa,  u  o’z  iqtisodiy  boyligini  qanday  maksimallashtirishi  bo’yicha  qaror  qabul  qilishi 
shart.Mamlakatni boshqalariga qaraganda ham computer ham kiyim-kechaklar ishlab chiqarishga 
imkoniyati  yaxshiroq  bo’lishi  mumkin.Komputerlar  uchun  jahon  bozori  kiyim-kechaklarnikiga 
qaraganda kuchliroq bo’lishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, mamlakat uchun komputerlar ishlab 
chiqargan  yaxshiroq,  ammo  kiyim-kechaklarni  boshqa  mamlakatlardan  sotib  olishga  to’g’ri 
kelgan  bo’lar  edi.  Nisbiy  ustunlik  biror-bir  ko’proq  samaraliroq  bo’lgan  xizmat  yoki  mahsulot 
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan istalgan mamlakatdagi vaziyat hisoblanadi. 
Import qilish 
Importlar  boshqa  davlatlardan  sotib  olingan  narsalar  hisoblanadi.Tashqi  savdosiz  siz  sotib 
oladigan ko’plab narsalar qimmatroq bo’lgan bo’lardi yoki umuman foydalanilmas edi. Boshqa 
mamlakatlar  ba’zi  mahsulotlarni  arzon  narxlarda  ishlab  chiqaradi,  chunki  ularda  zaruriy 
xomashyolar yoki arzon ishchi kuchi bor. Agar ular mamlakat ichidagi tovarlardan sifatli bo’lsa, 


ba’zi  xaridorlar  ularni  qimmat  narxlarda  ham  sotib  olishadi  va  xaridorlarga  chet  mahsulotlari 
ko’proq  ma’qul  kelishi  mumkin.  Fransuz  atirlari,  norvegiya  sviterlari,  shved  soatlari  shular 
jumlasidandir. 
Eksport qilish 
Boshqa  mamlakatlarga  sotilgan  mahsulot  yoki  xizmatlar  eksportlar  deb  ataladi.Importlar  sizga 
foydali bo’lsa, eksport boshqa mamlakatdagi iste’molchilar uchun foydali.Dunyo bo’ylab ishchilar 
AQSHda  ishlab  chiqarilgan  texnikalardan  foydalanishadi.  Ular  AQSH  qishloq  xo’jalik 
mahsulotlari  bilan  oziqlanishadi  va  AQSHda  ishlab  chiqarilgan  kimyoviy  moddalar,  mineral 
og’itlar, dori-darmonlar va plastmassalaridan foydalanadilar. Chet mamlakatlari AQSH kinolarini 
yoqtirishadi. Ular shuningdek CNN va ESPN kanallarini tomosha qilishadi. AQSH kompaniyalari 
tomonidan  nashr  qilingan  kitob,  gazeta  va  jurnallarni  o’qishadi.  Har  6  ta  ish  o’rnidan  bittasi 
Qo’shma Shtatlar xalqaro biznesi bilan aloqador. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə