Biznes boshqaruv asoslari



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/301
tarix29.03.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#84836
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   301
Xalqaro valyuta. 
Xalqaro biznesda yuzaga keladigan yagona muammo dunyo bo’ylab foydalaniladigan turli valyuta 
kurslaridir.  Har  millatning  o’z  bank  tizimi  va  pul  birligi  mavjud.  Misol  uchun,  Rossiya  rubl, 
Yevropa  ittifoqi  yevro,  Braziliya  real,  Hindiston  rupiya  va  Saudiya  Arabistoni  riyaldan 
foydalanadi.  
Xalqaro ayirboshlash qiymatlari. 
Bu valyutani boshqasi bilan almshtirish jarayoni turli valyutalar oldi-sotdisi bilan shug’ullanuvchi 
banklarni  o’z  ichiga  oladigan  xalqaro  ayirboshlash  bozorida  amalga  oshiriladi.  Ko’plab  yirik 
banklar biznes va iste’molchilarni valyuta xizmatlari bilan ta’minlaydi. Bir mamlakatdagi valyuta 
qiymatini  boshqasiniki  bilan  solishtirilishi  ayirboshlash  qiymatini  belgilab  beradi.  Valyuta 
qiymatiga talab va taklif ta’sir qiladi.  


Sayohatchi  va  biznesmenlar  bir  davlatdan  ikkinchisiga  borishlari  uchun  valyutani  almashtirib 
olgan  bo’lishlari  shart.  Boshqa  mamlakat  hududida  bo’lgan  sayohatchilar  valyuta  almashtirish 
bo’limiga  borishlari  va  xohlagan  miqdorda  mahalliy  valyutadan  sotib  olishlari  mumkin.  Ular 
oladigan mahalliy valyuta miqdori ikkita valyutaning ham o’sha vaqtdagi qiymatlari bilan bog’liq 
bo’ladi.Valyuta qiymatlari almashish bo’limlarida ko’rsatib qo’yiladi. Dunyo bo’ylab joylashuvlar 
farq  qilishiga  qaramasdan,  valyuta  almashtirish  bo’limlarini  asosan  aeroport,  vokzal, 
mehmonxona  va  mahalliy  banklardan  toppish  mumkin.  Valyuta  almashtirish  bo’limlaridagi 
operatorlarga ularning xizmatlari uchun haq to’lanadi. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə