Bmtning bola huquqlari tòĜrisidagi konversiyasi


-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha vakolatlari



Yüklə 56,83 Kb.
səhifə4/18
tarix20.05.2023
ölçüsü56,83 Kb.
#111717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
BMTNING BOLA HUQUQLARI TÒĜRISIDAGI KONVERSIYASI

5-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha vakolatlari
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘z vazifalari doirasida quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish;
bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni ijro etish;
(5-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlari hamda hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish;
bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha davlat organlari, bolalar muassasalari, tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga doir tadbirlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish;
(5-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlatga qarashli bolalar muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va nodavlat bolalar muassasalarini rivojlantirishga ko‘maklashish chora-tadbirlarini ko‘rish;
bola huquqlarini ta’minlash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish hamda xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalash;
axborot-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini hal etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, davlat organlari va boshqa organlarning, tashkilotlarning bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda bola huquqlari bo‘yicha vakolatli organ tashkil etilishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 56,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə