Ishtirokchilar va hakamlarni qabul qilish shartlari
Ushbu bo`limda kelish vaqti, joylashtirish, ovqatlanish tartibi, sportchilarning yetib kelish muddati aytib o`tiladi, shuningdek, moliyaviy xarajatlar kimning hisobidan bo`lishi ko`rsatiladi.
G’oliblarni taqdirlash
Bu bo`limda mukofotlar sanab o`tiladi: musobaqa ishtirokchilari, jamoalar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlar qaysi o`rin uchun hamda nima bilan taqdirlanishlari ko`rsatiladi. Mukofotlarning maxsus turlari ko`rsatiladi, ya’ni eng yaxshi texnika uchun, g’alabaga bo`lgan irodasi uchun, tushe bilan ko`p marta g’alaba qozonganligi uchun.
Musobaqalar nizomlariga bo`lgan asosiy talablar quyidagilardan iborat: aniqlik, ravshanlik, muayyanlik va asosiy bandlarda tushunchalarning turli xilda talqin qilinishining bo`lmasligi. Ushbu hujjat amaldagi qoidalarga asoslanib tuziladi va musobaqa o`tkazadigan tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangandan so`ng u ishtirokchilar va hakamlar kollegiyasi uchun majburiy hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |