Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə30/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

Ishning maqsadi: Buyum tasviri ko’r dog’ga tushganda shu buyumni ko’rinmasligiga ishonch hosil qilish.
Kerakli jihozlar: Mariott jadvali.
Ishni bajarish tartibi: sinaluvchi odam qo’liga doira (o) va qo’shish belgisi () chizilgan kartonni oladi (34-rasm). Chap ko’zini yumib, o’ng ko’zi bilan qo’shish belgisiga qarab turgan holda rasmni asta sekinlik bilan yaqinlashtiradi. Tekshirish vaqtida sinaluvchi boshini holatini o’zgartirmasligi shart. Ko’zdan ma’lum masofada (20-25 sm) doira tasviri yo’qoladi. Chap ko’zdagi ko’r dog’ shunday tekshiriladi.

34-rasm. Mariott jadvali


Mustaqil ish uchun vazifa


        1. Ko’zning to’r qavatida ko’r dog’ borligini aniqlash

        2. Ko’z qorachig’i reflekslarini kuzatish




8. Amaliy mashg’ulot.

Jismoniy yuklamani nafas va yurak harakatiga ta’siri. O’pkaning tiriklik sig’imini aniqlash. Spirometriya. Nafas olish va nafas chiqarish mexanizmi


Ishning maqsadi: Nafas olish va nafas chiqarish mexanizmi, nafas olish a’zolarining innervattsiyasining sxemasi, shuningdek tashqi nafasni tekshirishda ishlatiladigan ba’zi usullar bilan tanishish.
Ishning rejasi:
1. Spirometr usulini o’zlashtirish va o’pka sig’imini aniqlash;
2.Guruh talabalarining jinsi va jismoniy rivojlanganiga qarab o’pkaning tiriklik sig’imini aniqlash.
3.O’pkaning ventilyatsiyasini aniqlash
Kerakli jihozlar:
Mulyaj va plakatlar, spirometr, spirt, paxta, sovunli eritma
Tashqi nafas ko’krak qafasining ritmik nafas olish harakati natijasida yuzaga kelib, ikki fazadan, nafas olish (inspiratsiya) va nafas chiqarish (ekspirattsiya) dan iborat. Bu harakatlar tashqi qovurg’aaro mushaklarning qisqarishi natijasida qovurg’aning harakatiga bog’liq bo’ladi. Qovurg’alararo mushaklar qovurg’alarni yuqoriga ko’tarib, o’qi atrofida bir qadar buriladi va yon tomonga yo’naltiriladi, to’shni esa oldinga va salgina yuqoriga chiqaradi. Bu esa ko’krak qafasining umurtqaga perpendikulyar ravishda kengayishiga olib keladi. Nafas olish bilan bir vaqtda, har bir qovurg’a orqa va yon tomonlarga qarab aylanadi, buning natijasida ko’krak qafasi kengayadi.
Ko’krak qafasining yuqoridan pastga qarab kengayishi diafragmadagi mushak tolalarini qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Buning natijasida uning gumbazi qorin bo’shlig’i tomon siljiydi, bu esa qorin bo’shlig’i a’zolarining pastga va oldi tomonga qarab siqilishiga olib keladi.
Nafas olishda, ko’krak bo’shlig’ining kengayishi plevralararo oraliqda bosimning pasayishiga olib keladi, buning natijasida o’pkalar hajmi kengayadi va ulardagi bosim pasayadi. Shuning uchun havo o’pkalarga havo tashish yo’llari orqali kiradi.
Plevralararo bo’shliqda manfiy bosim bo’ladi, bunga sabab o’pkaning haqiqiy hajmi ko’krak qafasi hajmidan bir oz kichik bo’lganligi, bu esa embriogenez davrida ko’krak qafasining o’sishidan, o’pka to’qimalarining sekin o’sishiga bog’liq. Buning natijasida ular maksimal nafas chiqarganda cho’zilgan holatda qoladi. Plevralararo bo’shliq sharoit bilan aloqada bo’lmaydi va havo saqlamaydi.

36-rasm. O’pkani tiriklik sig’imini o’lchash (A) va
spirometrni tuzilishi (B).
Ichiga suv to’ldirilgan tashqi silindr; ichki silindr; ichki silindrni muvozanatga keltirib turadigan yuk; o’pkadan chiqadigan havoni spirometrga olib boradigan nay; mundshtukli rezina nay; spirometrga chiqazilgan havo hajmini belgilab beradigan shkala; tiqin devorlarida joylashgan retseptorlar qo’zg’alib, ulardagi impulslar ekspirator markazga o’tadi.
Yekspirator markazning qo’zg’alishi inspirator markazning aktivligini oshiradi. Buning natijasida nafas mushaklarining bo’shashiga va qisqarishining tugashiga olib keladi, bu esa o’z navbatida ko’krak bo’shlig’ining hajmini kamayishiga va o’pkalardagi havoning tashqariga yo’nalishiga olib keladi.
Tinch holatda nafas olinganda o’pkaning pastki uchdan ikki qismi cho’ziladi. Alveolalarning bir qismi tinch holatida bo’lib, kuchli nafas olinganida cho’ziladi. Tinch holatdagi nafas olish va nafas chiqarishning hajmi 500 ml ni tashkil qiladi, ana shu havo hajmi nafas havosi deyiladi. Odatdagicha nafas olgandan so’ng, zo’r berib nafas olingandagi havoni qo’shimcha nafas havosi deb ataladi. Odatdagicha nafas chiqarilgandan keyin, zo’r berib nafas chiqarish yo’li bilan yana 1500 ml atrofidagi havoni chiqarsa bo’ladi. Bu havo hajmini rezerv havo deyiladi.
37–rasmda o’pka xajmi va sig’imi, 38-rasmda har xil yoshdagi odamlar o’pkasining umumiy va xayotiy sig’imi, xamda qoldiq xajmini bir-biriga bog’liqlik egri chizig’i, 39-rasmda o’pka sig’imi jadvali berilgan.
Shu tarzda maksimal nafas olish va maksimal nafas chiqarishdagi havoning umumiy hajmi - nafas havosidan, qo’shimcha va rezerv havolardan iborat bo’ladi. Bular masi o’pkaning tiriklik sig’imini (3500-4000) tashkil qiladi. O’pkaning tiriklik sig’imi odamning yoshiga, jinsiga, jismoniy rivojlanganligiga, fiziologik tuzilishiga va yashash sharoitiga bog’liq. Normal o’pkaning tiriklik sig’imi odamning bo’yini




Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə