10
investitsiyalar bilan ta’minlash;
investitsiya jarayonlari ishtirokchilarining o’zaro aloqalarini tartibga solib
turuvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish.
Shu maqsadda davlat tomonidan mazkur yo’nalishlarda amalga oshiriladigan
investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratish zaruriyati ortadi.
“Loyiha” so’zi bugungi kunga kelib iqtisodiy nazariya va amaliyotda keng
tarqalib ulgurdi. Uning mazmunini talqin qilishda ham turlicha qarashlar mavjudligi
mazkur atamaning tub mohiyatini o’rganish va ochib berishga bo’lgan
qiziqishni
oshiradi.
Jahon bankining Iqtisodiy rivojlanish instituti mutaxassislari tomonidan
aniqlanishicha loyiha: birinchidan, maqsadli faoliyat;
ikkinchidan, foyda uning
xarajatlaridan har doim ortiq bo’ladi; uchinchidan, u cheklangan vaqt va resurslarda
qat’iy cheklanganlikka ega bo’ladi.
Iqtisodiy rivojlanish kompleks jarayon sifatida o’zini namoyon etadi va bunda
mazkur sohada yuksalish bir qancha ko’rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, daromad,
foyda, iste’mol darajasi, sog’liqni saqlash,
umrning uzunligi, savodlilik, sifatning
oshishi va shu kabilar orqali aks ettirilishi mumkin. Shu sababli ham loyiha g’oyasi
barcha holatlar uchun bir xil mazmun kasb etmasligi mumkin va loyihani ishlab
chiqish va uni baholashnig ham yagona namunaviy shakli bo’lishi mumkin emas. O’z
navbatida, loyihalar ularning alohida elementlari va ko’rsatkichlarini
ifodalovchi bir
qator maqsadli tadbirlar, loyihani amalga oshirish va ko’zlangan natijaga erishishga
qaratilgan boshqaruv tizimi va boshqalardan tashkil topadi.
Bunga ko’ra, uning mazmuniga berilgan turlicha ta’riflarni ham kuzatish
mumkin:
Loyiha – muayyan boshlang’ich ma’lumotlar va
talab etiladigan natijalar
(maqsad) bilan bog’liq bo’lgan, uni yechish usulini o’zida mujassam etgan ayrim
vazifa (“Loyihalarni boshqarish to’g’risida bilimlar Kodeksi”, Loyihalarni boshqarish
instituti, AQSh);
Loyiha (angl. Project) – nima uylab topilgan yoki rejalashtiriladigan nimadir,
masalan, katta korxona (tolkoviy slovar Webster).
11
Tizimli yondashish nuqtai nazaridan, loyiha
bir qator cheklanishlar va
mexanizmlar ishtirokida boshlang’ich holatdan yakuniy natijaga o’tish jarayoni
sifatida qaratilish mumkin va uni quyidagi 1.1-rasm orqali ifodalash mumkin:
Dostları ilə paylaş: