Boshlang`ich sinflarda ta`lim metodlaridan foydalanish Z. O. Jabbarova Jizzax viloyati xthqtmo hududiy markazi o’qituvchisi


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə2/2
tarix10.01.2023
ölçüsü157,5 Kb.
#98411
1   2
JABBOROVA ZUHRA MAQOLA

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. Mavlonova.R., Vohidova N., Rahmonqulova N. Pedagogika nazariyasi va tarixi. - T.: “ Fan va texnologiya”, 2010.195-199-betlar

  2. Abdukarimov H., O.Suvonov. Umumiy pedagogika: texnologiya va amaliyot. – T.: o`quv-metodik qo`llanma.2012

  3. Tolipov O`.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. - T.: “Fan”, 2006.

  4. Boshlang`ich sinflarning takomillashtirilgan davlat ta'lim standarti. Boshlang`ich ta'lim. 2006. 5- son . 48- bet.


Boshlang`ich sinflarda ta`lim metodlaridan foydalanish

O`qitishdan ko`zlanadigan maqsad davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko`nikmalarini o`quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki o`quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o`quvchi malaka oshirish uchun mo`ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina, o`qitish muvaffaqiyatli kechadi, deb hisoblasa bo`ladi.


Ma’lumki, ta’lim olish (ma’lumot olish) jarayoni – bu ma’naviy va aqliy qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. Bu jarayon o`quvchining o`zi orqali yoki o`qituvchining ko`magida amalga oshirilishi mumkin. Ta’lim olish jarayoni esa turli xil metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi. [1]
Metod – grekcha “metodos” so`zidan olingan bo`lib, izlanish yoki bilish yo`li, nazariya, ta’limot ma’nosini anglatadi.
Ta’lim metodini(usulini) - o`quvchi va o`qituvchining ma’lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga va tartibga solingan yo`l-yo`rig`i sifatida ta’riflash mumkin.
Ta’lim modelini, esa bir yoki bir nechta ta’lim metodlari yordamida amalga oshiriladigan ta’lim jarayoni amalga oshirish tuzilmasi, deb qarashimiz mumkin.
Ta’lim metodi - bu o`quvchi va o`qituvchining ma’lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga solingan yo`l-yo`rig`i. [2]
“Metod” yunoncha so`z bo`lib “yo`l” ma’nosini anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlarining usulidir.
Ta’lim metodlari o`qitishning o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishish usullari hamda o`quv materialini nazariy va amaliy jihatdan yo`naltirish yo`llarini anglatadi.
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo`lib, ularning har biri o`z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo`linadi. O`quv-bilish faoliyatining tashkil etilishi, o`quv axborotlarining uzatilishi, qabul qilinishi, anglab olinishi, yodda saqlanishi, o`zlashtirilgan bilimlarning amaliyotda qo`llanilishini ta`minlash, amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishiga ko`ra ta`lim metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Verbal (o`quv axborotlarni so`z orqali uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari yoki og`zaki metodlar – hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar);
O`quv axborotini ko`rgazmali uzatish va ko`rish orqali qabul qilish metodlari (ko`rgazmali metodlar – tasviriy, namoyish qilish vaboshqalar);
O`quv amaliyotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar- mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar).[3]
Yuqorida bayon etilgan fikrlarga tayangan holda amaliyotda keng qo`llanilayotga uch guruh metodlarini tasvirda shunday ifodalalash mumkin:

Og`zaki bayon qilish metodi maktab ta’lim tizimida eng ko`p qo`llaniladigan metodlardan biri bo`lib, mazkur metodga barcha o`quv predmetlari bo`yicha ta’limning turli bosqichlarida murojaat qilish mumkin.


Ushbu metod bayon qilinayotgan ma’lumotlarning to`g`ridan-to`g`ri o`qituvchining jonli nutqi orqali idrok qilinishi bilan tavsiflanadi va ana shu xususiyatiga ko`ra ta’limning boshq metodlaridan farq qiladi hamda quyidagi 5 turda qo`llaniladi:

Hikoya qilish ijtimoiy-gumanitar predmetlarni o`qitishda keng qo`llaniladi. Hikoya qilish o`qituvchi tomonidan yangi o`tilayotgan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo`lib, obrazli tasvirlash yo`li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilishdir (bayon qilish boshlang`ich sinflarda 10-12 daqiqa bo`lishi lozim).


Hikoya qilish davomida o`quvchilar passiv tinglovchi bo`lib qolmasliklari aksincha, ularning faolliklarini oshirish, diqqatlarini mavzuga jalb etish, hodisa va voqealar xususida fikr yuritishlarini ta’minlash maqsadida savollar berib borish, ko`rgazmali qurollardan foydalanishga alohida e’tabor berish zarur.
Maktab ma’ruzasi - bir soatlik mashg`ulot davomida o`rganilayotgan mavzuning haqiqiy mohiyatini ochib berish, unda ilgari surilgan g`oyalar asosida ilmiy xulosalar chiqarish v ularni umumlashtirish asosida bilimlarni muayyan izchillikda bayon etishdir. [3]
Maktab ma’ruzasi asosan yuqori sinflarda qo`llaniladi. Ma’ruzajarayonida mavzu sidirg`asiga bayon qilinsa ham, o`quv materialini og`zaki bayon qilish metodining boshqa tulari, xususan, hikoya qilish va tushuntirishlardan ham foydalanish mumkin.
Ma’ruza jarayonida o`quvchi uchun notanish bo`lgan so`z va iboralarga izoh berib borish, qoida va qonunlarning ta’rifi sodda, ixcham va tushunarli tarzda ifodalanishiga e’tibor berish lozim.
O`quv materialini tushuntirish o`rganilayotgan hodisa, qonun, qoida yoki harakatning mohiyatini ochib berishga qaratiladi.
O`qituvchi muayyan bir predmatning u yoki bu mavzusiga oid qonun, qoidalar qanchalik asosli ekanligini dalillar, misollar keltirish yo`li bilan isbotlab beradi.
Maktab ma’ruzasi quyida keltirilgan talablar asosida tashkil etiladi:

Suhbat metodi aksariyat holatlarda savol-javob metodi deb ham yuritiladi. Chunki, ushbu metod asosida ta`lim jarayonini tashkil etish asosan savol-javob tarzida olib boriladi. Suhbat metodi o`quvchilarda muayyan faollikni yuzaga keltiradi, shuningdek, berilgan savolga javob topish jarayonida o`quvchi fikr yuritadi, shaxsiy fikrlarini bayon etadi, uni dalillashga urinadi. Bu esa ularda fikrlash ko`nikmalarini takomillashtiradi. [2,3]


Ta’lim jarayonida o`rganilayotgan mavzu yuzasidan kirish, asosiy va yakunlovchi suhbatlar ham qo`llaniladi. O`quvchilar tomonidan yangi mavzuning qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash maqsadida ham suhbat tashkil etiladi.
Mashg`ulotlar jarayonida o`qituvchi suhbat metodidan foydalanganda quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:

  • o`quvchilardan biri javob berish uchun chaqiriladi;

  • o`qituvchi suhbat uchun tayyorlab kelgan savolarni sinf o`quvchilarining barchasiga taalluqli bo`lib, savol o`rtaga tashlanishi kerak;

  • sinfning barcha o`quvchilari javob berayotgan o`quvchini qunt bilan tinglashlari, uning javobini to`ldirishlari, tuzatishlari, oydinlashtirishga yordam berishlari lozim;

  • berilgan savolga javob to`g`ri yoki to`liq bo`lmasa, shu savol navbatdagi 2- yoki 3-o`quvchidan so`ralishi mumkin;

  • agarda savol yuzasidan javob berish istagida bo`lgan o`quvchilar soni ko`payib ketsa, u holda o`qituvchi va sinf o`quvchilari javobdan qanoat hosil qilganlaridan so`ng navbatdagi savol o`rtaga tashlanadi;

  • o`quvchilarning javoblari qay darajada tog`ri yoki noto`g`rib o`lishidan qat’iy nazar, o`qituvchi tomonidan izohlanishi va baholanishi zarur.

Darslik yoki manba bilan ishlash - materialni og`zaki bayon qilish metodining asosiy turi bo`lib, maktab amaliyotida muhim o`rin tutadi. [2, 4]
O`quv adabiyotlari bilan ishlash murakkab psixologik jarayon sanaladi. U ta’lim jarayonida o`qituvchi tomonidan bayon qilinayotgan bilimlar, axborotlarni kitob matnidan ko`rib, ongli idrok qilish faoliyatini rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan foydalanish o`quvchilarda kichik tadqiqotlarni olib borish ko`nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
Darslik va kitob bilan ishlash ikki yo`nalishda olib boriladi:

Ta’limda ko`rsatmalilik metodining quyidagi turlaridan foydalaniladi:



Ko`rsatmalilik metodining turlari

Tasvirlash

Namoyish etish

Ekskursiya

Namoyish etish hamda ekskursiya o`quvchilarning o`quv materiallarini aniq obrazlar vositasida bevosita bevosita idrok qilishlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Namoyish etish metodi o`qituvchi tominidan bayon qilinayotgan ilmiy-nazariy bilimlarning o`quvchilar tomonidan puxta o`zlashtirishi uchun ularning sezgi organlari – eshitish, ko`rish, hid va ta’m bilish, teri sezgilarining bir obyektga alohida-alohida yoki bir necha sezgi a’zolarini bir yo`la safarbar qilishga imkon beradi. Namoyish etish metodi mavzuning xususiyatiga ko`ra quyidagi ikki ko`rinishda qo`llaniladi:

Ta’lim metodlarini ta’lim maqsadlariga erishish bo`yicha o`quvchi va o`qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilishning belgilari bo`yicha quyidagicha guruhlarga bo`lish mumkin:


• o`qituvchi markazda bo`lgan uslublar;
• o`quvchi markazda bo`lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar.
Odatda ushbu uslublardan biri yoki bir nechtasi ayrim o`qitish modellarida birvarakayiga foydalaniladi. Odatda dars jarayoni ikki yoki undan ortiq asosiy uslublardan tashkil topadi va bu uslublar dars mavzusiga to`la muvofiq bo`lib, o`quvchilarning bilim va tajribasi qay bosqichda ekanligiga qarab qo`llaniladi.

  1. Mavlonova.R., Vohidova N., Rahmonqulova N. Pedagogika nazariyasi va tarixi. - T.: “ Fan va texnologiya”, 2010.195-199-betlar

  2. Abdukarimov H., O.Suvonov. Umumiy pedagogika: texnologiya va amaliyot. – T.: o`quv-metodik qo`llanma.2012

  3. Tolipov O`.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. - T.: “Fan”, 2006.

  4. Boshlang`ich sinflarning takomillashtirilgan davlat ta'lim standarti. Boshlang`ich ta'lim. 2006. 5- son . 48- bet.



Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə