Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə7/52
tarix07.01.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#82697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
BT sirtqi mustaqil ta`lim

-dek, -day qo'shimcha shaklidagi ko'makchilar hamisha o'zidan oldingi so'zga qo'shib yoziladi va urg'uli bo'ladi. -dek, -day ko'makchilari ko'p hollarda bir-birini almashtira oladi. Ular bitta ko'makchining ikki ko'rinishidir.

-dek, -day ko'makchi-qo'shimchasi o'zining eski adabiy o'zbek tilida keng qo'llangan -dayin ko'rimshiga ham egadir. Bu ko'rinish, asosan, hozir ko'tarinki uslubda, she'riyatda qo'llani-ladi:

1. Oy dayin ruxsoringga zoru intizorman o'zim. 2. Zihi sarv ustida yuzung qamardayin, Qani bir shoxi gul sen siymbardayin. («Muhabbatnoma»)



-day ko'makchisi shunday, bunday, qanday, unday, allaqanday kabi olmoshlar; jinday, qittay, arziguday, aytganday, jo'jabirday, o'lguday, dovongirday kabi ravishlar tarkibida yaxlitlanib, qotib, o'zakdan ajralmaydigan bo'lib qolgan.

Qadar, dovur ko'makchilari hokim bo'lakka tobelanish munosabatini yaratar ekan, bunda o'rm, payt ma'nolarini ifodalaydi. Qadar ko'makchisi -ga qo'shimchali ot va olmoshlar bilan qo'llanib, «chegara», «nihoya» ma'nolarini bildiradi: Tantanali yig 'ilish boshlangunga qadar askiya, о 'yin-kulgi davom etdi. (Oyb.) Qadar ga ma'nodosh qo'shimchasimon ko'makchi sifatida -cha qo'shimchasining to'g'ri kelishi ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan: Mehmonlar kechga qadar о 'tirishdi - Mehmonlar kechgacha о 'tirishdi.


Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə