Budjet hisobi


-rasm. Budjetdan tashqari mablag’lar manbalari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə10/17
tarix11.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#146032
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi (3)

2.1.2-rasm. Budjetdan tashqari mablag’lar manbalari.


Budjet tashkilotlarining maxsus mablag’lari bo’yicha boshqa tushumlar ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida belgilangan tartibda ota - onalardan mablag’lar tushumi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning byudjetdan
tashqari jamg’armalari shakllanadi va ular hisobiga belgilangan tartibda xarajatlar amalga oshiriladi. Bulardan tashqari byudjet tashkilotlarida tranzit mablag’lari (Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to’lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag’lar, O’tgan yillar debitorlik summalarini kelib tushishi va boshqalar) tushumi va hisobdan chiqarilishi amalga oshiriladi
Budjet tashkilotlari yuqorida keltirilgan manbaalar bo’yicha hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag’lar hisobini yuritadi. Ya’ni xar bir manba bo’yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan ochiladi va g’azna dasturiga kiritiladi.
Budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarning qabul qilinishi, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’larning kassa xarajatlari kelib tushgan byudjetdan tashqari mablag’lar doirasida amalga oshiriladi va byudjet mablag’lari kabi bir xil tartibda rasmiylashtiriladi.
G’azna ijrosiga o’tmagan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari mablag’lar manbalari bo’yicha bankda alohida hisobvaraqlar ochadi va yuritadi.
Budjet tashkilotlariga g’aznachilik bo’limlari tomonidan budjet tashqari mablag’lari bo’yicha shahsiy hisobvaraqda muomala amalga oshrilgan kun uchun ko’chirmalar taqdim etiladi.
Ko’chirmalar budjetdan tashqari mablag’lar manbalari shaxsiy hisobvaraqlar bo’yicha alohida alohida byudjet tashkilotlariga beriladi. Ushbu ko’chirmalarga asosan byudjet tashkilotlari buxgalteriyasida tegishli buxgalteriya yozuvlari berilib 3-memorial order – byudjetdan tashqari mablag’larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma 381-shakl rasmiylashtiriladi. 3-memorial orderga asosan yozuvlar 308 –son shakldagi Bosh jurnal kitobiga tushiriladi. 308-son shakldagi bosh jurnal kitobidan tegishli hisobot shakllari rasmiylashtiriladi.
Buxgalteriya hisobida hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag’lar hisobi 11 “Hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag’lar” schyotida
quyidagi subschyotlarda yuritiladi:

  1. “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag’lar”;

  2. “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar”;

  3. “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari”; 113 “Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar”;

114 “Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo’ladigan mablag’lar”; 115 “Valyuta hisobvarag’i”;
119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag’lari”.
110 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag’lar” subschyotida tashkilotlarning hisobvaraqlariga kirim qilingan ta’lim muassasalaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan to’lanadigan badallari, shuningdek ovqatlanganligi uchun xodimlardan tushgan mablag’lari hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida ta’lim muassasalaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan to’lanadigan badallari, shuningdek ovqatlanganligi uchun xodimlardan tushgan mablag’larni kirimi, kredit tomonida mablag’larni sarflanishi, hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

Subschyotlar debetiga



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə