Budjet hisobi


-rasm. Ta’lim muassasalarida ota-onalarning mablag’lari bo’yicha tushumlar hisobidan xarajatlar amalga oshirilishini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirishni sxematik ko’rinishi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə11/17
tarix11.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#146032
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi (3)

2.1.3-rasm. Ta’lim muassasalarida ota-onalarning mablag’lari bo’yicha tushumlar hisobidan xarajatlar amalga oshirilishini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirishni sxematik ko’rinishi.


  1. “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” subschyotida tashkilotlar tomonidan o’qitishning to’lov- kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida Ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 26 fevralda 2431 - son bilan ro’yxatdan o’tgan “Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag’larni taqsimlash tartibi to’g’risidagi” Nizomga ko’ra o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan mablag’lar tushumi kredit tomonida bu mablag’larni sarflanishi, hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

  2. “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari” subschyotida qonunchilikda belgilangan tartibda tashkilotlarning rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha daromadlar va tushumlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’larining hisobi yuritiladi. Bu subschyotning debet tomonida byudjet tashkilotlari faoliyat turiga mos mahsulot (ish va xizmatlar) sotishdan tushumlar, ijara tushimlari, xomiylik mablag’lari tushumi, yil yakuniga ko’ra byudjet mablag’lari bo’yicha iqtisod qilib qolingan mablag’ni rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilishi aks ettiriladi kredit tomonida ushbu mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan xarajatlar, hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

  3. “Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar” subschyotida tashkilotlarning eskirgan va keraksiz moddiy qimmatliklarni sotishdan, shuningdek, turli xil jarimalar va penyalardan hamda boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan tushumlar bo’yicha mablag’lari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (budjetdan tashqari mablag’lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, boshqa tushimlar summasi, kredit tomonida bu mablag’larni sarflanishi , hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

  4. “Byudjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo’ladigan mablag’lar” subschyotida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar bajarilgandan keyin qaytarilishi yoki tegishli hisobvaraqlarga o’tkazilishi lozim

bo’lgan mablag’lar hisobga olinadi. Bu schyot asosan sud, prokuratura, boshqa xuquqni himoya qiluvchi organlarida ko’proq qo’llaniladi. Bu schyotni debet tomonida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan mablag’lar summalari, kredit tomonida bu mablag’larni qaytarilishi aks ettiriladi.
Ushbu summalarning analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.

  1. “Valyuta hisobvarag’i” subschyotida chet el valyutasi bo’yicha operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu subschyotning debet tomonida chet el valyutalarining kirimi, kredit tomonida esa, chet el valyutalarining chiqimi aks ettiriladi. Bu schyotning debet tomonida xorijiy valyutadagi pul mablag’lari tushumi yoki ijobiy kurs tafovuti aks ettiriladi, kredit tomonida xorijiy valyutadagi pul mablag’lari sarfi yoki salbiy kurs tafovuti aks ettiriladi.

Chet valyutasi bo’yicha mablag’larning sintetik hisobi 381-son jamlanma qaydnomada (3-memorial orderda), analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) chet el valyutasi turlari bo’yicha alohida holda yuritiladi.
119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag’lari” subschyotida tashkilotlarning hisobvaraqlariga davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha xarajatlarni to’lash uchun Pensiya jamg’armasining hududiy bo’linmalaridan kirim qilingan mablag’lar va boshqa pul mablag’lari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to’lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag’lar va boshqa mablag’lar tushumi kredit tomonida bu mablag’larni sarflarishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi


      1. Yüklə 0,57 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə