"Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit" kafedrasi



Yüklə 231,58 Kb.
səhifə2/13
tarix23.12.2023
ölçüsü231,58 Kb.
#154799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2021 й мустакил таълим топ улубий кулланма 2021 22

Taqrizchilar:


Quljonov O.

G’aniyev SH.








TDIU, “Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit” kafedrasi dotsenti, i.f.n. (turdosh OTMdan)
TMI, “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi professori, i.f.d (tayanch OTMdan)



KIRISH
Karonavis pandemiyasi natijasida bugun jahon iqtisodiyotining barcha real tarmoqlarida sezilarli darajada pasayish kuzatilmoqda. Butun dunyoda sodir bo‟layotgan bunday vaziyat albatta O‟zbekiston iqtisodiyotiga ham sezilarli ta‟sir ko‟rsatmoqda va bir qancha muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababli har qanday sharoitda ham mavjud korxonalar faoliyati saqlab qolishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bu esa o’z navbatida korxonalarning samarali faoliyat olib borishlari uchun etarlicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Talaba mazkur fanni chuqur o’rganish orqali iqtisodiy hodisa va jarayonlar, ularning samarasi va hamda natijaviyligi yuzasidan joriy va istiqbolli zamonaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda ularni amalda qo’llay olishni o‟rganadi. Ushbu sirtqi ta‟lim talabalari uchun “Moliyaviy tahlil” fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish uchun uslubiy qo’llanma talabalarning mustaqil o’rganib, bilim olishlari uchun etarli darajada bilimlarni beradi.


  1. O’QUV FANNING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY TA’LIMDAGI

O’RNI
Ushbu fan iqtisodiyot tarmoqlarida moliyaviy tahlilning o’rni, moliyaviy tahlil usullari va tamoyillari, moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari, korxona operatsion faoliyatining tahlili, ishlab chiqarish va davr xarajatlari tahlili, buxgalteriya balansi tahlili, moliyaviy barqarorlik tahlili, kreditga layoqatlilik tahlili, debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili, moliyaviy natijalar va rentabellik tahlili, pul oqimlari tahlili, xususiy kapital tarkibi va uning tahlili, korxonalar iqtisodiy nochorligi (bankrotligi)ni baholash va tahlil qilish, korxonalar moliyaviy holatini reyting baholash va tahlil qilish, moliyaviy hisobot elementlarini bashoratlash hamda hozirgi kunda moliyaviy tahlilning rivojlanish an‟analari, istiqboli hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor masalalarini qamrab oladi. Ushbu dasturda xo„jalik yurituvchi subyektlar xo„jalik-moliya-tijorat faoliyati boshqaruvida axborotlar oqimini shakllantirishning muhim dastagi, moliyaviy tahlilning nazariy, uslubiy va amaliy jihatlari aks etgan.
Talabalarni mazkur fanni chuqur o’rganishi iqtisodiy hodisa va jarayonlar, ularning samarasi va natijaviyligi yuzasidan joriy va istiqbolli, zamonaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda ularni amalda qo’llay olishga o’rgatadi. Fan dasturidagi masalalar turli xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy munosabatlaridagi tahliliy xulosalarni tayyorlashdagi uslubiy jihatlariga ham mos tushadi.
“Moliyaviy tahlil” fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma fan o’quv dasturi asosida tuzilgan bo’lib, sirqi va ikkinchi oliy ta’lim 5230900- Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha), 5230100 -Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha, 5230200 Mеnеjmеnt (xizmatlar sohasi, 5230600- Moliya, 5230700- Bank ishi, 5230800- Soliqlar va soliqqa tortish, 5231200 -Sug’urta ishi, 5232400- Iqtisоdiy xаvfsizlik, 5232800- Elektron tijorat ta’lim yo’nalishlaridagi talabalar uchun mo’ljallangan.



Yüklə 231,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə