Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Tarbiyachi: endi esa mushukcha uchun katta savatchaga katta  kubiklarni va kichik savatchaga kichik kubiklarni yig‘amiz.  Tarbiyachi



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/118
tarix20.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#129062
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Tarbiyachi:
endi esa mushukcha uchun katta savatchaga katta 
kubiklarni va kichik savatchaga kichik kubiklarni yig‘amiz. 
Tarbiyachi:
endi esa mushukcha uchun kubiklarni savatchadan 
olib rangiga mos gilamchaga joylashtiramiz. 
Bolajonlar, qarangchi qopchani ichida nima bor ? 
Bolalarning javobi:
sharcha 
Tarbiyachi:
barakalla (kubik va sharni solishtiradi). Kubikning 
qirralari bo‘ladi, sharda esa qirra bo‘lmaydi. (Mushukcha bolalar bilan 
xayrlashib, o‘z uyingni top o‘yinini o‘ynashni taklif etadi) 
O‘z uyingni top (didaktik o‘yin) 
Tarbiyachi turli rangdagi uylarni ko‘rsatadi. Bu uyda to‘plar 
yashaydi, bu uyda kublar yashaydi. (tarbiyachi bolalarga kubik va 
sharchalar berib chiqadi). Kimning qo‘lida to‘p bo‘lsa, u to‘plar 
yashaydigan uyga, kub kimda bo‘lsa, u kublar yashaydigan uyga 
yuguradi. Bolalar shu tariqa uychalarini topadilar. 
Tarbiyachi:
endi esa, mushukvoy bilan xayrlashamiz. 
E’tiborga molik jihati: texnika xavfsizligiga rioya qilish, 
bolalarning mayda motorikasini rivojlantirish, idrok bilan birga nutqni 
rivojlantirish. 
 
 


119 
VII. 4. Axloqiy tarbiyaning asosiy prinsiplari (tamoyillari) va 
metodlari
Axloq so‘zi - lotincha «myeros», ya’ni moral, mantiq so‘zidan 
kelib chiqib, u hech qayerda qat’iy yozib qo‘yilmagan ijtimoiy 
qonundir. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma 
sifatida foydalanadi.
Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy 
normalariga asos bo‘ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni 
o‘zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o‘zini ana shu 
normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan 
hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma’naviy 
motivlar shakllangan bo‘ladi. Bu motivlar esa o‘sha kishini jamiyatda 
munosib xulq-atvorga rag‘batlantiradi.
Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni ochib 
beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash 
tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik 
asoslarini chuqur bilishni talab qiladig;an murakkab jarayondir. 
Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirib olishgina o‘quvchilarga 
atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari 
yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi. 
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, muayyan jamiyatda 
yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo‘lgan ma’lum xatti-harakat 
qoidalari yig‘indisidir. 
Axloq odamlarning bir-biriga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, 
oilaga munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-harakat 
qoidalari tizimida namoyon bo‘Iadi. 
Axloq 
kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud 
bo‘lsa, 
odob 
shaxsning ko‘zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə