Buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix08.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#89079
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5366109865922008544

 
 
 
 



2. Kurs ishi mavzusini tanlash va unga rahbarlik. 
Kurs ishlari mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi 
va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi. Kurs ishi mavzulari tanlangan fan 
bo’yicha birinchi darsda e’lon qilinadi. Talabalarga mavzuni tanlash imkoniyati 
beriladi. Kurs ishi rahbari etib kafedra professor-o’qituvchilari tayinlanadi.
Kurs ish rahbari: 

topshiriq beradi; 

asosiy adabiyotlar, ma’lumot va arxiv materiallarini hamda mavzu bo’yicha 
boshqa manbalarni tavsiya etadi; 

talabalar bilan muntazam ravishda konsultastiyalar o’tkazadi; 

kurs ishning bajarilish jarayonini nazorat etadi; 

talaba bajargan kurs ishning sifati va muallifligiga javob beradi, mavzularning 
qaytarilishiga yoki ko’chirilishiga yo’l qo’ymaydi. 
Belgilangan tartibda rasmiylashtiriladigan kurs ishi talaba tomonidan 
rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, kurs ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch 
bildirgandan so’ng, ishni o’z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. 
Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va kurs 
ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi, so’ngra ishning kamchiliklari 
ko’rsatilib, kamchilikni bartaraf etish taklifi beriladi.
Talaba kurs ishi mavzusini tanlaganda quyidagi maqsadlarni o’z oldiga 
qo’yishi kerak. Tahlil qilinayotgan mavzusini katta qiziqish bilan o’rganishi, 
o’zining bilim darajasini kengaytirishi va uni kelajakda amaliyotga tadbiq qila 
olish imkoniga ega bo’lishi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, talaba mavzusini o’z 
mutaxassisiligi yo’nalishiga qarab tanlasa, bu ishning muvaffaqiyatli bajarilishi va 
ijobiy baholanishida alohida ahamiyatga ega bo’ladi. 
Kurs ishi mundarijasini (rejasini) (2-ilova) o’qituvchidan maslahat olib 
tuzish maqsadga muvofiq.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə