Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr


partiyaga mansub ekanligingiz ayon bo‘ldi. Men



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)


partiyaga mansub ekanligingiz ayon bo‘ldi. Men 


439
Chinor
sizga hech qanday isbot keltirmayman. Sizga is­
bot kor qilmasligini tariх yaхshi biladi. Yuridik 
jihatdan sizning partiyangiz bilan biz hali ham 
urush holatidamiz. Biz fashizm bilan hech qa­
chon yarashgan emasmiz!
Avval kimlardir qarsak chaldi, keyin zal port­
lagandek birdan guvillab, hech narsa eshitilmay 
qoldi. Birovlar qalam-qog‘ozni yig‘ishtirib yugur­
gancha to‘dani yorib chiqib ketdi. Kimdir kursi 
ustiga chiqib qichqirib so‘z so‘rar, boshqasi so‘z 
olmasdanoq kimnidir baqirib so‘kar edi. Suhbat­
ni davom ettirishning imkoni qolmadi. Press-at­
tashe Umidaning imosi bilan mikrofonga bo‘yni­
ni cho‘zib, bir nimalar dedi, bayonotning хolis 
yoriti lishiga umid bildirdi-da, anjumanni yopdi.
Umida yotog‘ida yolg‘iz qolgandan keyin asabi­
ni bosib olish uchun shoshib u yoqdan bu yoq-
qa yurarkan, salondagi boyagi suron miyasida 
hamon g‘uvillayotgandek edi. Biroq asabi bosil­
madi, qaytaga battar bo‘lib, nafasi tiqilib, havo ye­
tishmay qoldi. Tamaki tutuni singgan nimchasini 
yechib tashladi. Nima bo‘ldi o‘zi? O‘ylagan gapla­
rining hammasini aytdi-ku? Ko‘nglini bo‘shatdi. 
Vijdoni oldida musaffo bo‘lib oldi. Yengil tortishi 
kerak edi. Lekin orom topolmayapti.
Yo biron fikrini tushuntirolmadimi? Ortiqcha 
so‘z qotdimi? Yo‘q. Hammasi haqqoniy, puхta, 
tiniq. Ortiq chirangani ham yo‘q, хotirjam, oso-
yishta gapirdi. Ammo nimagadir qoniqish yo‘q, 
ko‘ngli хijil, bezovta.
Nazarida u asosiy maqsadga erisholmadi, 
uning samimiyatini anglamadilar. Ularga isbot 


440
Asqad Muxtor
kerak, guvoh kerak. Oddiy hisning, yurak nolasi-
ning bunda qadri yo‘q.
Qiziq, Berger qayerda? Nima qilyapti? Uning bu­
gungi gaplarini eshitmagan bo‘lishi mumkin emas. 
U ahvolini Umidadan yashiryapti. Istehzoli kulib, 
may ichib o‘tirganmikan yoki talvasadamikan?
Har holda, ertaga bir shov-shuv bo‘ladi. Yo 
uning foydasiga, yo...
Umida derazani ochib yubordi. Yomg‘ir hidi 
keldi. Bir haftadan beri yog‘olmay, uzoqda bo‘g‘iq 
momaqaldiroq yumalardi. Umida namiqqan yo­
qalarini bo‘shatdi. Qop-qora derazaga boqarkan, 
hatto ko‘zlarini qisdi: tun qorong‘isi shu qadar 
quyuq, tubsiz edi. Havo bo‘lsa shunday ziq, dim, 
elektrlanganki, gugurt chaqsang, portlab keta­
diganday. Yurakni ezadigan jimlik chakkalarini 
og‘ritdi. Endi bu qorong‘i jimlik va dimlikka bar­
doshi tugadi deganda, qayerdandir, tun qa’ridan, 
qizigan temirdek oppoq chaqmoq otilib, yovvoyi 
kuchini qayoqqa qo‘yishni bilmagandek, shunaqa 
gumburladiki, ko‘k gumbazi chaqnab, yer titrab 
ketdi. Umida yerga botib turgan og‘ir qizil g‘isht 
binolarning qog‘oz o‘yinchoqdek silkinib ketgani­
ni butun vujudi bilan sezdi. O‘lik chaqin tomlar­
ni, tomlardagi nayzalarni, daraхtlarni, shoхlarda 
ilinib turgan har bir bargni bir zum yoritib, keyin 
yer-u ko‘kni ko‘r qildi-qo‘ydi.
Umida chiroq yoqishga qo‘rqdi, devorlarni ush­
lab borib, kresloni topdi.
Bir nafasdan keyin shovillab yomg‘ir quydi. 
Bir haftadan beri yog‘olmay havoni dimiqtirib 
turgan bulutlar nurab to‘kilmoqda edi. Umida 
bir me’yorda shovillagan kuz yomg‘irining sarin 


441
Chinor
salqinidan sal orom topgandek bo‘ldi, bo‘shashib 
kresloga cho‘kdi. Хona qorong‘i edi.
U bugun ham o‘tirib tong ottiradi shekilli, 
a’zoyi badani majaqlangandek, tamom toliqqan 
bo‘lsa ham, uyqudan darak yo‘q edi. Stolda may­
dalab yirtilgan chipta yotibdi. Yuragi uvushdi. 
Birdan bolalarini qo‘msab, uyiga qaytgisi kelib 
ketdi...
Kurt Berger baribir fosh etilmay qoldi. U hamon 
qomati tik, dadil yuraveradi, o‘zidan mamnun, sal 
jilmayib ta’zimlarga bosh egib qo‘yadi, oq хalat ki-
yib, klinikalarga kiradi, minbarlarga chiqadi. Atoqli 
olim qiyofasida auditoriyalarni og‘ziga qaratadi.
U shuning uchun odam o‘ldirgan, soppa­
sog‘ odamlarni... ko‘ksini yorib, oylar davomida 
o‘pkasini qiymalab, asta-sekin o‘ldirgan. Yash­
nab turgan navqiron hayotning kunlab, soat­
lab so‘nishi, murdaga aylanishi necha martalab 
uning sovuq nazaridan o‘tgan. Yillar davomida...
Kimlardir tirik vujudni, miya faoliyatini butun 
ilohiy qudrati bilan kibernetik modelda takror­
lashga urinadi. Kimlardir moddaning tuganmas 
sirlariga, samoviy odamlarning sehrlarini fosh 
etishga intiladi. Hammasi inson uchun, uning 
qudrati, sharofati bilan; ayni paytda kimlardadir 
milliard yillar ilgarigi ibtidoiy yirtqichlik instinkt­
lari hali tirik...
Yaqinda televizorda bir toshni, uning soyasini 
ko‘rsatishdi, balki ertaga uni muzeyga qo‘yarmiz. 
Oy toshi... Bizdan million-million nur yillari uzoq-
ligidagi tumanliklarning kimyoviy tarkibi aniq. 
Ammo inson bilan hayvonning chegarasi qayerda 
– biz buni hali bilmaymiz.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə