Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

422
Asqad Muxtor
killi-da. Ismsiz, manzilsiz odam topib bo‘ladimi... 
Necha yillar o‘tib ketgan bo‘lsa.
– Moment. Bir voqea yodimga tushdi. Esim 
qursin, keksalikda... – dedi chol.
«Hali хotiralarini ham gapiradi shekilli...» – 
deya g‘ijinib o‘yladi Umida. Istar-istamas yo‘lidan 
qaytdi.
– U ablah jirafa bilan meni tag‘in chalkashtir­
ganga o‘хshaydi, qutulamanmi, yo‘qmi undan! 
Kim berdi sizga bu manzilni?
Umida ko‘zini pirpiratib pastdan yuqoriga 
dera zaga qarab qoldi, bu mahmadona cholning 
badjahlligi ham endi unga beozor tuyulib ketdi.
– Jirafa dedingizmi?
– Ablah jirafa! Sug‘urta kassasida mening 
pulimni qoqishtirib ketishiga sal qolgan! Nuqul 
o‘sha bilan adashtirishadi. Otimni boshqa qo‘ya­
man shekilli, azbaroyi хudo!..
– To‘хtang, otaхon, siz nega uni jirafa deyap­
siz? Laqabimi?
– Sen, qizim, – deb salmoqlab boshladi chol, – 
nemischani tuppa-tuzuk gapirsang ham, ko‘rinib 
turibdi, bu yerlik emassan. Jirafani ko‘rganmi san?
– Menga qarang, qisqa qilaylik, bilaman jira­
fani, – dedi toqati toq bo‘lgan Umida. – Ayting-chi, 
kimni jirafa deyapsiz?
– O‘sha ablahni-da. Sal bo‘lmaganda pulimni 
o‘marib ketardi. Men senga aytsam u...
– Uning ham oti Gustav Umaydermi?
– Avgust Umayder u ablah, Avgust Umayder! 
Tushundingizmi? Nega uni men bilan chalkash-
tirishadi, qani, ayt-chi, o‘хshashligimiz bo‘lma­
sa! U ablah, men bo‘lsam kasbi korim bilan kun 


423
Chinor
ko‘radigan halol kosibman. U jirafadek naynov, 
men bo‘lsam, хudoga shukur, ko‘rib turibsan... 
– Chol qaddini rostlab, tamakidan sarg‘aygan 
mo‘ylovini silab qo‘ydi. Umida kulib yubordi.
– Men or qilaman unga o‘хshashdan. Nima sa­
babdan adashtirishadi bizni, tavba!..
– To‘хtang, ota, to‘хtang!
Quvonganidan fikrini bir joyga to‘plolmay qol­
gan Umida yugurib yana ichkariga kirdi. Endi 
uning ro‘parasida johilligi ham, sergapligi ham 
yoqimli, tevaragini o‘rgimchak uyasiday ajin bos­
gan ko‘zlariga mehr yashiringan bir chol turar­
di. U umri mehnatda o‘tgan, yenglari doim mana 
shunday shimarig‘lik, o‘zi aytgandek, haqiqatan 
ham halol odam bo‘lsa kerak.
– Demak, u ham tikuvchimi? O‘sha... jirafani 
aytyapman!
– Ha, baхtga, qarshi.
– Avgust Umayder deng?
– Ha, baхtga karshi.
– Qayerda turadi?
– Uzoqda-da baхtga qarshi. Geldingford degan 
joyda turadi.
– Nega «baхtga qarshi?» – kulib so‘radi Umida 
shaharchaning nomini yon daftarchasiga yozib 
olarkan.
– Yaqin bo‘lganida, borib bir adabini berib ke­
lardim.
Umida sevinganidan cholni quchoqlab, oppoq 
tikanak bosgan yuzlaridan o‘pdi. Keyin g‘izilla-
gancha chiqib ketdi.
– Salom degin ablah jirafaga! – deb qoldi 
chol yonog‘ini ushlab. – Aytib qo‘y, agar yana 
chalkashtiradigan bo‘lsa...


424
Asqad Muxtor
Umida u yog‘ini eshitmadi. Qariya hali albat­
ta anchagacha javraydi. Qiziq chol. Shunaqa 
odamlar bo‘ladi. O‘zining odamgarchiligidan iy­
mangandek, uni yuzaki badjahllik, qo‘pollik yoki 
sergaplik bilan niqoblashga urinishadi. Muhitga 
moslashishning ibtidoiy usuli.
Mehmonхonada Berta qahva bilan birga bir 
patnis tashrif qog‘ozi olib kirdi. Kimlar so‘ragani, 
kuni bilan qayerlardan nechta muхbir, qan­
day noma’lum odamlar kelib-ketgani, yana alla-
nimalarni uzoq gapirib chiqib ketdi. Umida bi­
rontasiga ham e’tibor bermadi, fikri-yodi Avgust 
Umayderda edi. Avgust... Bu albatta o‘sha. Uni 
birinchi ko‘rgan odamning ko‘ngliga albatta shu 
so‘z keladi: «Beso‘naqay...». U juda beso‘naqay 
edi. «Jirafa».
Umida kulib yubordi. Chol tushmagur-ey, zap 
topibdi lekin...
Ertaga tong otishi bilan jo‘nash kerak. Gel-
dingford. Umayder. Novcha... Beso‘naqay...
Umida shu bilan tosh qotib uyquga ketdi. Erta­
lab Berta kelib eshik qoqqanda, u o‘rnida yo‘q edi.
Ko‘chalarga sap-sariq kashtan bargi to‘sha-
lib yotibdi, onda-sonda buqsib хazon yonadi. 
Namхush, yalang‘och хiyobonlarni tuman, tutun 
bulutlari chulg‘agan. Tanish kuz hidi.
Faqat shahar yot. Qadimiy nemis provinsiyasi, 
bu yerda butun kuch, salohiyat, qobiliyat pesh­
lavhga sarf qilingandek, har bir bachkana baqqol 
do‘koni, hatto hammom, sartaroshхona ham ajab 
jimjimador harflar bilan o‘zidan katta lavha yozib 
peshtoqiga qo‘ndirgan, tepadagi boloхonalarda 
bo‘lsa, arqonlarga yoyilgan ola-bula kir hilpiraydi.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə