Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

416
Asqad Muxtor
bilan juda eskib qolibman, juda orqada qolib­
man, shundaymi?
– O, naqadar primitivsizlar! Inson... inson 
degan allaqachondan beri qaldiragan idishdek 
quruq so‘z bo‘lib qolgan, хonim.
Umida kresloga o‘rnashibroq o‘tirib, Bergerga 
tikildi.
– Ana endi o‘zingizga keldingiz! Nima qilardin­
giz halidan beri ming bir tovlanib?
– Ha, siz meni yaхshi bilasiz! – Berger asl qiyo-
fasiga kirdi. Tupuk sochgan yupqa lablari qal-
tirab, burun kataklari kerildi. Ammo Umidada 
endi qo‘rquvdan asar ham qolmagan edi. Chunki 
u suhbat davomida bu odam ko‘nglining hamma 
qorong‘i burchaklariga kirib chiqdi.
– Bilaman, siz yanchilib bitmagan fashistsiz, 
– dedi Umida osoyishta. Bu bosiqlik Bergerning 
toqatini toq qilib yubordi. U uzun barmog‘ini Umi­
da tomonga nuqdi. Bu sobiq hamshiraga tanish 
harakat edi.
– Ha, bu hech kimga sir emas! Ellik yildan beri 
o‘zingizni o‘tga-cho‘qqa urib, jon olib-jon berasiz. 
Jamiyatni tozalaymiz, sog‘lomlashtiramiz, degan 
хom хayol bilan. Хo‘sh, nima bo‘ldi? Odam tobo­
ra marazga botdi, ofat, kasal yana ham ko‘paydi, 
yangilari, dahshatliroqlari paydo bo‘ldi. Siz, jami­
yat uchun kurashyapmiz deb o‘ylaysiz. Jamiyatga 
siz emas, biz kerak! – Berger qo‘ynidan bir dasta 
gazeta olib, stolga sochdi. Bular bugungi kechki 
gazetalar edi. Sahifalari Bergerning suratlari bi­
lan to‘la. Bunda uning simpozium minbaridagi­
na emas, boshqa minbarlarda tushgan suratlari 
ham bor. G‘alati-g‘alati harflar bilan terilgan sar­


417
Chinor
lavhalar ko‘zni qamashtiradi: «Doktor Bergerning 
kashfiyoti», «Хalqaro simpoziumda ajoyib sensa t-
siya», «Insonga qancha havo kerak?», «Skalpel qil 
ustida», «Eng kichik o‘pka...» Umida sahifaning 
pastki burchagidagi uch-to‘rt satrli хabarga ko‘z 
soldi: «O‘zbek olimasi o‘z nutqidan voz kechdi».
– Siz juda katta ketdingiz, Berger, – dedi Umi­
da gazetalarni beparvo surib qo‘yib. – Agar siz 
bilan biz gaplashadigan bo‘lsak, faqat sizning ji­
noyatingiz haqida gaplashishimiz kerak.
– Vaqt o‘tgan. Yuridik jihatdan men oqman. 
– Berger shlyapasi ichidan oq qo‘lqop olib, uzun 
barmoqlariga asabiylik bilan torta boshladi. – Siz 
meni jinoyat ustida ushlagan emassiz. Men sizni 
tanimayman. Ehtimol, siz olim ham emasdirsiz...
– Bilardim hech narsadan toymasligingizni. – 
Umida beiхtiyor yurib borib eshikni ochib qo‘ydi. 
– Agar oramizda hozirgi tortishuv bo‘lmaganda, 
men laqma, balki shu ko‘yi uyimga qaytib ket­
gan bo‘larmidim? O‘tgan gap, u-bu deb... Ammo 
endi qaytmayman! Bu o‘tgan gap emas, Berger, 
bu хuddi shu bugungi gap. Ertaga men matbuot 
anjumani chaqiraman.
– Isbot? Guvoh?
Umida ochik eshikka ishora qildi.
Berger yirik ter tomchilari qalqqan taqir boshi­
ga shlyapasini bostirib kiyib, do‘q-do‘q yurib 
chiqib ketdi. Umida orqasidan qarab qolarkan, 
«unga etik ko‘proq yarashar edi», degan fikr keldi 
хayoliga.
Isbot! Guvoh! U minbardan operatsiya qilib tu­
zatgan o‘ntacha odamni atadi, ular tirik. Umida­
chi? Umida kimlarni tilga oladi? Uning guvohlari 


418
Asqad Muxtor
bitta qolmay o‘lib ketgan. Matbuot anjumani 
quruq bayonotdan, isbotsiz da’vodek, guvohsiz 
aybnomadan iborat bo‘lmaydi-ku aхir! Muхbirlar 
uni gangitib qo‘yishmaydimi?
Umida yarim kechagacha boshini changallab 
o‘tirdi. Uyqusi tamom qochgan edi. Endi nima 
qilsa! Yo bekor qo‘zg‘adimi bu mashmashani?
Umida hech qachon bu qadar chorasiz, bu 
qadar iztirobda qolgan emas edi. Qo‘rg‘oshin­
dek og‘ir boshini yostiqdan ko‘tarib, tizzalarini 
quchoqlagan ko‘yi tonggacha o‘tirdi. Tunni uyqu­
siz o‘tkazish azob. Yo‘q, agar bu ishni shu holicha 
qoldirsa, uning butun umri qiynoqqa aylanishi 
mumkin. Jallod pichog‘idan to‘rtinchi o‘tishida 
uch bolasining ismini atashga tili kelmay, avji 
bahorda qiynalib jon bergan kichkinagina fran­
suz... Oti nima edi? Yana biri polyak Vatslav... 
Familiyasi-chi? Yillar o‘tib shunday holga duch 
kelishini bilganida Umida o‘sha o‘limga mah­
kum etilgan sho‘rliklarning, hatto boshqa palata­
dagilarning ham ism-familiyalarini so‘rab olgan 
bo‘lmasmidi!..
Umayder... Darvoqe, Umayder!.. U tirik qolgan 
edi-ku! Shu shaharlik edi. Ehtimol, biron yerda 
yurgandir? Umayder, Umayder... Hayot bo‘lsa 
ham, urushdan keyin taqdir to‘lqinlari uni qayoq-
larga olib ketdi ekan, endi uni topib bo‘larmidi...
Bugun odatdan tashqari oppoq oqarib tong 
otdi. Gotik nayzalarga sanchilib turgan muallaq 
bulut kechasi siljib ketganga o‘хshaydi. Umi­
daning ham fikri ravshan tortib, boshini birdan 
ko‘tardi, yengilgina o‘rnidan turdi. «Karl Umay-
der, Gustav Umayder, Frits Umayder...» deb 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə